TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.83K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
71 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirobod #4_sektor #sarhisob

🔷Mirobod tuman hokimligining boshqaruv xodimlari va sektor rahbarlari uchun ekspress-trening tashkil etildi

Joriy yilning 23-aprel kuni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojantirish agentligining Toshkent shahar filiali rahbari boshchiligida Mirobod tumani hokimligi xodimlari uchunekspress-trening tashkil etildi.

Tadbir avvalida "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-49-sonli Farmon mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi. Shundan so‘ng, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, jamoada natijadorlikka erishish, shaxsiy rivojlanish va faoliyat samaradorligini oshirish kabi bugungi kun davlat xizmatchilari uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda ma’lumotlar berildi.

Treningni o‘tkazishdan maqsad — hokimyat xodimlari o‘z ishini samarali olib borish jarayonini jadallashtirish, hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo‘lida o‘zaro birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berishdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Sergeli #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

🔷"Sergeli kichik sanoat zonasi"da faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga ko'mak beriladigan bo'ldi

Joriy yilning 23-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizda joylashgan "Sergeli kichik sanoat zonasi"ga tuman soliq inspeksiyasi rahbari hamrohligida tashrif buyurdi va tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir. Mazkur muassasada 88 ta tadbirkorlik subyekti ish olib boradi va ularda jami 957 nafar ish o'rni yaratilgan.

Boshqarma boshlig'i bu yerdagi barcha tadbirkorlar bilan alohida-alohida uchrashgan holda qonun doirasida ishlab, faoliyatni kengaytirish va yangi ish o'rinlari yaratishga e'tibor berish kerak ekanligini, shuningdek, barqarorlik reytingida yuqori toifaga o'tishda hamda boshqa masalalarda qanday yordam lozim bo'lsa ko'rsatilishini ta'kidladi. Shundan so'ng, mutasaddi tashkilotlarga muayyan sabablarga ko'ra faoliyati to'xtab qolgan tadbirkorlarning faoliyatini yuritishga ko'maklashish bo'yicha kerakli ko'rsatma hamda topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i "Bektemir kichik sanoat zonasi"da ish olib boradigan 14 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir. Ma'lumot o'rnida, mazkur muassasada aholi uchun jami 770 nafar ish o'rni yaratilgan.

Boshqarma boshlig'i bu yerdagi barcha tadbirkorlar bilan alohida-alohida uchrashgan holda qonun doirasida ishlab, faoliyatni kengaytirish va yangi ish o'rinlari yaratishga e'tibor berish kerak ekanligini, shuningdek, barqarorlik reytingida yuqori toifaga o'tishda hamda boshqa masalalarda qanday yordam lozim bo'lsa ko'rsatilishini ta'kidladi. Shundan so'ng, mas'ul tashkilotlarga zarur yordamlarni ko'rsatish bo'yicha kerakli ko'rsatma va topshiriqlarni berib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram