TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.82K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 10-12-aprel dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 13-aprelga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 10-12 апреля - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 13 апреля.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉ст.5 НК
👉ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#yarmarka #obod_mahalla

🔷Tadbirkor elga madadkor

"Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida tashkil etilgan ushbu yarmarkada Toshkent shahar hokimi va o'rinbosarlari, Shahar prokurori hamda poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'i ishtirok etdi. Ko'rgazmada obodonlashtirish, qurilish hamda ta'mirlash ishlarida bevosita foydalaniladigan importbop mahsulotlarni ko'zdan kechirdilar.

Tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yurtimizni chiroyini boyitibgina qolmay iqtisodiy taraqqiyotini o'sib borishida tovarlarning turini hamda sifat darajasini oshirish, eksport hajmini ko'paytirish uchun kerakli barcha chora tadbirlarni ko'rish lozimligi ta'kidlandi.

Davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga ko'plab imtiyozlar hamda imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Olib borilayotgan bunday islohotlar jamiyat taraqqiyotida muhim omillardan hisoblanadi. O'tkazilayotgan bunday yarmarkalar Davlat va tadbirkor o'rtasida mustahkam ko'prik sifatida xizmat qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#tabrik

Qadrli hamkasblar, aziz Vatandoshlar!

Sizni barcha mo‘min-musulmonlar katta shod-u xurramlik bilan kutib olayotgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman. Bu ayyom mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamjihatlik va ezguliklar bayrami sifatida barchamiz uchun alohida qadrlidir.

Muqaddas Islom dini jamiyat birligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi uchun ham, odatda, Hayit bayramida yaqinlar, qarindoshlar, do‘st-u yorlar va bemorlar holidan xabar olinadi, ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatiladi, o‘zaro samimiy tilaklar bildiriladi. Shu kunlarda bunday savobli amallar yanada ko‘payishiga ishonaman.

Ushbu ulug‘ kunda barchangizni Ramazon hayiti bilan chin dildan tabriklayman! Muborak oyda qilgan ibodatlaringiz, ezgu duolaringiz ijobat bo‘lsin! Xonadoningizdan mudom tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka arimasin, savobli ishlarda bardavom bo‘ling! Yurtimizdagi tinchlik, taraqqiyot, xalqimiz farovonligi barqaror va bardavom bo‘lsin! Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar kunlarda bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olish nasib etganidan xursandmiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin! Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz!

Yuksak hurmat va ehtirom ila,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#tabrik

☪️ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Fazilatli
kechgan ulug‘ oyda yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun qilingan duoyi fotihalar Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin.

Ezgulik, mehr-oqibat, ma’naviy poklanish ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

🔷Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi


Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga tabaqalashgan miqdorlarda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Soliq kodeksining 482 va 483-moddalariga quyidagi qoʻshimchalar kiritilmoqda:
🔹01.01.2025-yilga qadar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga mol-mulk va yer soliqlarini 50 %dan 100 %gacha kamaytirilgan stavkalarda toʻlash;
🔹barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona toʻlovlari boʻyicha taʼminotsiz va foizsiz 3 oydan 12 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilmoqda.

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qayta_aloqa

SOLIQ ORGANLARI BILAN QAYTA ALOQA

Soliq organlari va soliq to‘lovchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasida konstruktiv onlayn muloqotni tashkil etish maqsadida “Soliq organlari bilan qayta aloqa” axborot tizimi ishga tushirilganini ma'lum qilamiz.

Xabar yo'llash uchun:
1. Soliq qo‘mitasining soliq.uz saytiga kiriladi;
2. “Bizga xabar yuboring” xizmati tanlanadi.
*xabar yuboruvchi “Soliq” mobil ilovasi foydalanuvchisi bo'lishi lozim.

Tizim foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtishi uchun avtomatik ravishda interaktiv platformaga yoʻnaltiradi.

3. Platformaga oʻtgandan soʻng, “xabar yuborish” tugmasi bosiladi. Ochilgan oynaga savol matni kiritiladi va zarur hollarda hajmi 5 mb.dan katta boʻlmagan faylni ilova qilish mumkin.

Jarayonni yakunlash uchun “keyingi qadam” tugmasi bosiladi.

Savollar va xabarlarni 24/7 rejimda yuborish mumkin.
Javoblar ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha beriladi.


"Tadbirkor va soliqchi" telegram guruhi faoliyati ”Qayta aloqa” AT da davom ettiriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram