TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.82K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#yarmarka #obod_mahalla

🔷Tadbirkorlar uchun yarmarka tashkil etildi

Joriy yilning 8–9-aprel kunlari Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan poytaxtimizdagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqargan mahsulotlar yarmarkasi bo'lib o'tmoqda. Unda shahrimizning barcha mahallalarida "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida obodonlashtirish, qurilish hamda ta'mirlash ishlarida bevosita foydalaniladigan importbop mahsulotlar ko'rgazma qilindi.

Mazkur yarmarkada 50 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda hamda yo'lakchalar uchun bruschatkalar, ko'p qavatli uylarning fasad qismini bo'yash, suv oqavalari uchun tegishli bo'lgan moslamalar, bolalar va sport maydonchalari kabi aholiga bugungi kunda zarur bo'ladigan tovarlar o'rganib chiqilib, eng sifatlisini poytaxtimizga joriy qilish masalasi ko'rilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yarmarka #obod_mahalla

🔷 Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan poytaxtimizdagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqargan mahsulotlar yarmarkasi bo'lib o'tmoqda.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana sotishda cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilish belgilangan.  Bunda 12% QQS summasi ham ustamaning tarkibida bo‘ladimi?


▫️Chetdan olib kelinadigan va mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari vositachilar sonidan qatʼiy nazar ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda ustama belgilandi.
▫️Chakana savdoda esa, ulgurji narxidan 20 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llaniladi.
▫️Ijtimoiy dorixonalar tomonidan ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, xarid qilish narxi yoki ulgurji narxning 10%idan ortiq bo‘lmagan cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda sotiladi.
👉 VMQ-185-son 06.04.2017-yil

Bunda tovar tannarxiga dastlab ulgurji savdoda ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) QQSsiz narxiga 15%, chakana savdoda ulgurji narxiga 20 % miqdorida ustama qo‘yiladi va 12 % miqdorida QQS hisoblab realizatsiya qilinadi.
👉 Soliq kodeksi-248-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#sayyor_qabul

2024-yil yanvar-mart oylarida sayyor qabullarda 22 mingdan ortiq murojaat hal etildi


2024-yil yanvar-mart oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 3 936 ta sayyor qabullarda 29 396 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan:
▫️hal etilgan – 22,6 mingta (76,9%);
▫️tushuntirish berilgan – 4,6 mingta (15,6%);
▫️o‘rganish jarayonida – 2,1 mingta (7,3%);
▫️rad etilgan – 37 ta (0,1%).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 390 ta;
📍Qashqadaryo viloyati 372 ta;
📍Samarqand viloyati 353 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 10-12-aprel dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 13-aprelga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 10-12 апреля - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 13 апреля.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉ст.5 НК
👉ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#yarmarka #obod_mahalla

🔷Tadbirkor elga madadkor

"Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida tashkil etilgan ushbu yarmarkada Toshkent shahar hokimi va o'rinbosarlari, Shahar prokurori hamda poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'i ishtirok etdi. Ko'rgazmada obodonlashtirish, qurilish hamda ta'mirlash ishlarida bevosita foydalaniladigan importbop mahsulotlarni ko'zdan kechirdilar.

Tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yurtimizni chiroyini boyitibgina qolmay iqtisodiy taraqqiyotini o'sib borishida tovarlarning turini hamda sifat darajasini oshirish, eksport hajmini ko'paytirish uchun kerakli barcha chora tadbirlarni ko'rish lozimligi ta'kidlandi.

Davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga ko'plab imtiyozlar hamda imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Olib borilayotgan bunday islohotlar jamiyat taraqqiyotida muhim omillardan hisoblanadi. O'tkazilayotgan bunday yarmarkalar Davlat va tadbirkor o'rtasida mustahkam ko'prik sifatida xizmat qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram