TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #yashil_makon

🌱Poytaxtimiz tumanlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi jadal davom etmoqda

Atrof-muhit hamda ob-havoning tozaligi insoniyat uchun eng zarur manbalardan hisoblanadi. Yurtimizning har bir qarich yeriga ekilayotgan daraxt ko’chatlari ekologiyamizning tayanchidir.

Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahar prokurori o'rinbosari hamda Yashnobod tumani sektor rahbarlari boshchiligida tumanning "Alimkent" mahallasiga 150 donadan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. Shuningdek, har bir nihol to'g'ri unib-o'sib ketishi uchun tomchilatib sug'orish tizimi joriy qilindi.

Ma'lumot o'rnida, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkillashtirilgan bu kabi tadbirlar tumandagi 67 ta mahalla hududida olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mol_mulk_va_yer_soligi

🔷Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#deklaratsiya

O‘qish uchun kontrakt to‘langan fuqarolarga 311 mlrd so‘mdan ortiq daromad solig‘i qaytarildi

O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.
👉 Soliq kodeksi 378-modda

2023-yilda 260,7 ming nafar fuqaroga professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun to‘langan 311,9 mlrd so‘m daromad solig‘i qaytarildi.

Imtiyozdan foydalanish uchun jami yillik daromad to‘g‘risida deklaratsiya topshirish lozim.
👉 Videoqo'llanma
__________
#декларация

Более 311 млрд сумов налога на доходы вернули гражданам за оплату контрактного обучения

Суммы заработной платы и другие доходы налогоплательщика, подлежащие налогообложению, направляемые на оплату за обучение (свое, своих детей, а также супруги (супруга) в возрасте до 26 лет) в профессиональных и высших образовательных организациях РУз, не подлежат налогообложению.
👉 ст.378 НК

В 2023 году за оплату обучения в профессиональных и высших образовательных организациях 260,7 тысячам граждан вернули 311,9 млрд сумов уплаченного налога на доходы.

Чтобы воспользоваться льготой, необходимо подать декларацию о совокупном годовом доходе.
👉 Видеоинструкция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda "Minor" masjidi avtoturargohi pulli bo‘lgani aytilgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan "Minor" jome' masjidi avtoturargohi kirish qismida transport ulovi egalariga sana va vaqt ko‘rsatilgan maxsus talon topshirilmoqda. Turargohdan chiqishda mazkur talon tekshirilib, avtomobilini 1 soatgacha qoldirgan fuqarolardan hech qanday pul talab qilinmayapti. Ya'ni avtoturargohdan 1 soat foydalanish tekin, ammo bundan ortiq vaqt davomida avtomobilini qoldirganlardan xizmat haqi olinib, onlayn nazorat kassa texnikasidan QR-kodli chek taqdim etilmoqda.

Avtomobillarini turargohga joylashtirib, kunlab, hattoki, haftalab qoldirib ketadigan fuqarolar masjidga ibodat maqsadida kelgan insonlarga noqulaylik tug‘dirayotganligi, shuningdek, jamoat hamda avtoulovlar xavfsizligini ta'minlash uchun ham shunday yo‘l tutilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Agar mehnatim unsin desang — ishning ko‘zini top.

Abay

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-aprel

mart oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JSHODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 апреля 2024 года последний день

за март:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. №1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Uchtepa #yashil_makon

🌿Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari samarali kechmoqda. Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i ko‘rsatmasiga binoan, Uchtepa tumanining 4-sektor hududiga qarashli "Shirin" mahallasida 400 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi. Quvonarlisi, bunday xayrli ishlarda mahalla faollari hamda boshqa servis kompaniyalari ham birday ishtirok etmoqda.

Hududlarni obod manzillarga aylantirish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi ishlar ekologik muvozanatni ta’minlashga xizmat qilayapti. Hozirgi vaqtda ushbu loyiha ijrosi davom ettirilayotganing boisi ham shundadir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram