TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.94K subscribers
12.4K photos
1.32K videos
73 files
5.06K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Men_donorman
#Toshkent_shaharDSB

Sog'lom donorlar - salomatlik kafolatidir!

Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab ko'plab tashkilotlarda najot istab, kimningdir yordamiga muhtoj bemorlar uchun qon topshirish aksiyalari olib borilmoqda.

Shu jumladan 9-dekabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida ham 🩸 shahar qon quyish markazi "Qon preparatlari" IICHK Sayyor guruhi bilan hamkorlikda 🩺 "Men Donorman" aksiyasi o'tkazildi.

Boshqarmaning 40 dan ortiq ko'ngilli xodimlari ushbu hayriya tadbirida donor sifatida ishtirok etib,🌡 bir qancha bemorlar hayotini saqlab qolishda, ularning umid bilan boqqan ko'zlarini quvonchga to'ldirishda o'zlarining beg'araz hissalarini qo'shishdi. Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko'maklashing!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Sergeli
#Yangihayot
#Seminar

Soliq to'lovchilar bilan uchrashuv
Bugun Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining mas'ul xodimlari poytaxtimizning Sergeli tumanida tadbirkor va soliq to'lovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkillashtirishdi. Unda soliq sohasiga oid yangiliklar va o'zgartirishlar haqida so'z bordi.

30 ga yaqin ishtirokchilar tashrif buyurgan seminarda har kim o'zini qiynayotgan sohaga oid savollariga mutasaddilardan javob olishdi. Boshqarmaning soliq solish bo'yicha maslahat bo'limi xodimlari tadbir davomida Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlarning tom ma'noda ko'makchisiga aylandi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
umumiy_ovqatlanish_new.xlsx
19.9 KB
#MXIK

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun MXIKlar

Joriy yilning 28-noyabridan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun MXIKlarning yangi takomillashtirilgan roʻyxati tadbirkorlik subyektlari foydalanishi uchun joylashtirildi.

Ushbu havoladan yangi ro‘yxatni yuklab oling
biriktirilgan faylni yuklab oling

❗️2022-yil 10-dekabrdan nazorat-kassa texnikalari xotirasida yangilangan MXIKlar ishlatilishi lozim.
———————————
#ИКПУ

ИКПУ для общепита

С 28 ноября текущего года для пользования субъектов предпринимательства размещен новый усовершенствованный перечень кодов ИКПУ для заведений общественного питания.

Скачайте по 👉 ссылке
Скачайте прикрепленный файл

❗️С 10 декабря 2022 года в памяти контрольно-кассовой техники следует использовать обновленные ИКПУ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#madhiya

1992-yil 10-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Bugun, milliy o‘zligimiz, xalqimizning asriy orzulari, buguni va kelajagi aks etgan davlatimiz madhiyasi qabul qilinganiga 30 yil to'ldi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash har birimizning vatanparvarlik burchimizdir.

Davlat soliq qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etadi❗️

Vatanimiz hurligi, kuch-qudrati va buyuk kelajagimizni madh etuvchi bu ohang toabad baralla yangrasin!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashritish

📢DSQ tomonidan taqdim etilayotgan tahliliy ma’lumotlardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun Fiskal tahlillar kanalini kuzatib boring 👉https://t.iss.one/fiskaltahlil
_______
#цифровизация

📢Подписывайтесь на канал Fiskal tahlillar, чтобы быть в курсе аналитических данных, представляемых ГНК 👉https://t.iss.one/fiskaltahlil
#savol_javob

Savol:
Nazorat -kassa texnikasining qo'llanilishi majburiy bo'lgan holatda, ularni qo'llamasdan savdoni amalga oshirganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan soliq kodeksida qanday javobgarlik choralari mavjud?

Javob:

Nazorat-kassa texnikasining va hisob-kitob terminallarining qo'llanilishi majburiy bo'lgan holatda, ularni qo'llamasdan savdoni amalga oshirganlik 5 mln so'm miqdorida moliyaviy jarima solishga sabab bo'ladi ( Soliq kodeksining 221-modda 1-qismi). Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to'g'risidagi qarori olingan kundan e'tiboran 10 kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to'langanda, jarima miqdori 2 barobarga kamaytiriladi (Soliq kodeksining 218-modda 4-qismi). Yuridik shaxs xuddi shunday huquqbuzarlik bo'yicha 1 yil ichida takroran javobgarlikka tortilganida, jarima miqdori 2 barobar oshiriladi ( Soliq kodeksining 218-modda 5-qismi).

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB