TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#oʻquv_mashgʻulot #korrupsiya

🔷Soliq xizmati xodimlari uchun o'quv mashg'uloti tashkil etildi

Joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlariga navbatdagi kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Unda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, uning ayanchli oqibatlaridan ogoh bo'lish, har bir xodim o'z kasbiga vijdonan mas'uliyat bilan yondashishi va soliq to'lovchilar bilan muomala madaniyatiga amal qilgan holda odob-axloq doirasida faoliyat yuritishi kerakligi ta'kidlandi hamda belgilab berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish bo'yicha qo'shimcha ko'rsatmalar berildi.

Qolaversa, tizimdagi yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun misollar bilan tushuntirildi va berilgan topshiriqlarni bo‘lim boshliqlari o‘z nazoratiga olishi kerakligi hamda xodimlar kesimida alohida-alohida ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #sayyor_qabul

Aholi muammolari o‘z yechimini topmoqda

Sayyor qabul o‘tkazish tizimi fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy hal etish, muhim ma’lumotlar va qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining topshirig‘iga asosan, poytaxtimizning Yunusobod tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari hamda tuman 4- sektor rahbari ishtirok etdi.

Qabulda 50 dan ziyod fuqaro o‘z murojatlari bilan ishtirok etdi. Subsidiya asosida 6 nafar fuqaroga tikuv mashinasi, 2 nafariga moddiy yordam, 5 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo‘lsa 4 nafar murojatchining sog‘ligini tiklsh uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqaroning maktabgacha ta‘lim muassasasiga yo‘llanma masalasi shu joyning o‘zida hal etildi. Qolgan masalalar o‘rganib chiqish uchun mas'ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi.

Ushbu davr mobaynida soliq organlarining elektron xizmatlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1198 raqami orqali 24/7 rejimda faoliyat olib boruvchi Call-markazga murojaat qilish mumkin.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 21:00 часов 21 марта до 09:00 часов 23 марта будут проводиться профилактические работы.

В этот период порталы электронных налоговых услуг будут временно недоступны.

За консультацией можно обратиться в круглосуточный Call-центр по номеру 1198.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z ahdiga vafo qilmagan kishi,
Na sevimli bo‘lur va na izzatmand.

Sa’diy Sheroziy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Ko‘chmas mulkni baholash natijalarini soliq organlariga yubordik, ammo ular rad etildi. Bunga sabab nima?

💬Mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq solinadigan baza 1 kv.m uchun minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas.

Agar ko'chmas mulk obyektining 1 kv. metr qiymati eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulkni mustaqil baholatishga haqli.
👉Soliq kodeksining 412-moddasi

Bunda, mustaqil baholash soliq solinadigan bazani aniqlash uchun o'tkazilishi kerak. Agar baholash soliq to'lovchi tomonidan boshqa maqsadlarda amalga oshirilgan bo'lsa, uning natijalari soliq organlari tomonidan qabul qilinmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mol_mulk_va_yer_soligi

🔷Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram