TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12.7K photos
1.35K videos
74 files
5.21K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Shayxontohur
#Mahallabay

4-sektor ishchi guruhi mahallalarda o'rganish ishlarini olib borishdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshchiligida joriy yilning 6-dekabr kuni Shayxontohur tumanida 4-sektorga qarashli 14 ta MFY larda ishchi guruh tomonidan Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi xodimlariga ijtimoiy sohalarni ko‘zdan kechirish, muammolarni hal etilishi bo‘yicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

Ishchi guruh a'zolari "Charxnovza", Zangiota" va "Chorsu" MFY idoralarida bo‘lib, fuqarolarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash uchun mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mahalla raislariga tushunchalar berishdi. Shu bilan birga, fuqarolarning yashash joyiga chiqqan holda muammo va takliflari o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#raqamlashtirish #YTT

Toshkent shahri bo'yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘sish dinamikasi

2022-yil 1-dekabr holatiga –
Yakka tartibdagi tadbirkorlar 28,7 mingtaga yetib, yil boshiga nisbatan 8,9%ga (2,4 mingta) oshgan.

📊O‘sish ko‘rsatkichi sohalar kesimida:
🔹chakana savdo – 7,9 % (1 238 ta);
🔹hunarmandchilik – 7,6% (217 ta);
🔹maishiy xizmat koʻrsatish – 7,7% (176 ta);
🔹boshqa faoliyat turlari – 8,0 % (485 ta).

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Konstitutsiya
#Bayram

Konstitutsiya-baxtimiz Qomusi!

Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab ko'plab tashkilotlarda Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari o'tkazilmoqda. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida ham ushbu ulug' ayyom ko'tarinki kayfiyatda tashkillashtirildi.🎊

Tadbirni boshqarma boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov ochib berdi. Shundan so'ng qutlug' ayyomga tashrif buyurgan san'atkorlar badiiy chiqishlari orqali yig'ilganlarga estetik zavq ulashdi.

Zero, Konstitutsiya va qonun ustuvor bo'lgan yurtimizga bundanda g'o'zal bayramlar yarashadi!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Konstitutsiya
#Bayram

Faollar munosib taqdirlanishdi

Xususan, bayram so'ngida Toshkent shahar davlat soliq boshqarma boshlig'i tomonidan, soliq sohasiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelayotgan 28 nafar iste'dodli va faol xodimlar prezidentimizning " O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishonlari hamda boshqarma boshlig'ining farxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Kamtarona mehnatlari yuksak mukofotlangan xodimlarga bu e'tibor, kelajakda ularning yanada shijoat bilan ishlashlari uchun kuch-g'ayrat bag'ishladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Zotan, bugun biz tashlayotgan qadamlar kelajakda albatta o'z natijasini ko'rsatadi!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB