#Energetika_xavfsizligi_oyligi
#Yangi_Ozbekiston_PS
⚡️ YASHNOBOD TUMANIDA YANGI YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYA QURILMOQDA
🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan Yashnobod hamda Mirzo Ulug`bek tumanlarining «Tashisti», «Bahor», «Tuzel», «Jarboshi», «Iqtidor», «Ijodkor», «Alisherobod», «Chingeldi», «Temuriylar», «Zakovat», «Jasorat» MFYlarining aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida, «Jarboshi» MFY hududida 110/35/10 kV kuchlanishli «Yangi O`zbekiston» podstansiyasi qurilmoqda.
Bugungi kunda podstansiyada sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan:
➖ Mazkur podstansiya uchun 2 ta uzunligi 8,7 km bo‘lgan 110 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ini tortish ishlari tugatildi.
➖ Uzunligi 8,7 km bo‘lgan 110 kVli elektr uzatish tarmog‘i uchun 8700 metr transheya qazilib, 8700 metr lotok oʻrnatildi (jami 52 200) metr uzunlikda kabel tarmog‘ini tortish ishlari yakunlanib, 66 ta mufta montaj qilindi.
➖ Yangi podstansiya uchun 2 ta yuqori kuchlanishli 63 MVAli transformator o‘rnatilib montaj ishlari olib borildi. Shuningdek, loyiha doirasida oʻrnatilishi lozim boʻlgan rejadagi 110 kVli KRUE, 35-10 kV qurilmalarini o`rnatildi.
📊 Hozirda, sinov-sozlash ishlari va tashqi obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.
Podstansiya qurilishidan ko’zlangan maqsad, Yashnobod va Mirzo Ulug`bek tuman hududlaridagi Yangi O`zbekiston bogi` hamda yangi barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi hududlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash shuningdek «Tuzel» podstansiyasini yukini yengillatish hamda aholiga yanada sifatli elektr energiyasi yetkazib berishdan iboratdir.
📊 Podstansiyaning dastlabki quvvatlari joriy yil yakuniga qadar to‘liq quvvatlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
📌 Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi PQ-91-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.
✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati
🌐 Telegram