"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.21K subscribers
31.9K photos
3.89K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#SPUTNIK_PODSTANSIYASI
#SERGELI_TETK

⚡️110/35/10 KV KUCHLANISHLI «SPUTNIK» PODSTANSIYASINING QUVVATI 80 000 KVAGA YETKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi 259-son Qaroriga asosan Toshkent shahrida joylashgan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi podstansiyalarni modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 110/35/10 kV kuchlanishli «
Sputnik» podstansiyasida olib borilmoqda.
«
Sputnik» podstansiyasida shu kunga qadar:

📌 Modernizatsiya dasturi doirasida «Turonelektromontaj» MCHJ tomonidan podstansiyada yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarni oʻrnatish boʻyicha qurilish-montaj ishlari davom etmoqda;

📌 Podstansiyadagi mavjud 2 dona 25 000 kVA kuchlanishli transformatorlari 40 000 kVA bo`lgan yuqori kuchlanishli transformatorlariga amalga oshirilmoqda;

📌 OPU binosi qurilib, ayni vaqtda pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning avgust oyida 110/35/10 kV «
Sputnik» podstansiyasining quvvatini oshirish hamda aholini ishonchli elektr energiyasi bilan ta`minlash maqsadida podstansiyadagi mavjud T-2 25 000 KVAli transformator o‘rniga 40 000 KVA quvvatli yangi transformator ishga tushirildi. Buning natijasida podstansiyada 15 000 KVA qo`shimcha quvvat yaratildi.

Eslatib o‘tamiz: 2024yilning noyabr oyining boshida mabjud T-1 25000 KVAli transformator o‘rniga 40000 KVA quvvatli yangi transformator ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Hozirda, T-1 40000 KVA transormatorni montaj ishlari tugatilish bosqichida. Ishlar yakunlangandan so‘ng podstansiyaning umumiy quvvati 80000 KVA ga yetkaziladi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#SPUTNIK_PODSTANSIYASI
#SERGELI_TETK

⚡️110/35/10 KV KUCHLANISHLI «SPUTNIK» PODSTANSIYASINING QUVVATI 80 000 KVAGA YETKAZILDI

2024yilning noyabr oyining boshida mabjud T-1 25000 KVAli transformator o‘rniga 40000 KVA quvvatli yangi transformator ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Hozirda, T-1 40000 KVA transormatorni montaj ishlari tugatilish bosqichida. Ishlar yakunlangandan so‘ng podstansiyaning umumiy quvvati 80000 KVA ga yetkaziladi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram