"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.85K subscribers
35.6K photos
4.37K videos
16 files
17.7K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prezident tomonidan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-939-son, 07.08.2024 y.) imzolandi

🔰 Qonun elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

📌 Elektr energetikasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni quyidagilar amalga oshiradi:

Vazirlar Mahkamasi;
Energetika vazirligi;
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi;
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.

Vazirlar Mahkamasi elektr energetikasi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.

🏢Energetika vazirligi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

🗂 Quyidagilar elektr energiyasi bozorining ishtirokchilaridir:

▫️elektr energiyasi bozori operatori;
▫️ishlab chiqaruvchi;
▫️elektr energiyasini saqlash tizimi operatori;
▫️uzatish tizimi operatori;
▫️markaziy xarid qiluvchi;
▫️treyder;
▫️taqsimlash tizimi operatori;
▫️taʼminotchi;
▫️isteʼmolchi.

⚠️ Tariflar va to‘lovlarni belgilash uslubiyati hamda uning asosida tartibga solinadigan tariflar va to‘lovlar Energetika bozori regulyatori tomonidan belgilanadi. Qabul qilingan tariflar va to‘lovlar kuchga kirishidan kamida 15 besh kun oldin eʼlon qilinadi. Hech qanday tarif yoki to‘lov orqaga qaytish kuchiga ega emas.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

🌐 Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-940-son, 07.08.2024 y.) imzolandi

🔰Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.

✔️Shuningdek, u yoqilg‘i-energetika resurslarini isteʼmol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

🏢 Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

📜 Maxsus vakolatli davlat organi quyidagilarni amalga oshiradi, jumladan:

🔹davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;

🔹energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimini yuritadi.

📁 Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi sohasidagi davlat nazorati O‘zenergoinspeksiya hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

📌Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

🌐 Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi


“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-132-son, 30.08.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, 5 ta yo‘nalishdan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:

🔹ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari ro‘yxati;

🔹amaliy tadbirlar rejasi.

🗓 2024-yil 1-noyabrdan:

davlat dasturlari asosida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi;

Prezident qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo‘yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o‘z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so‘mgacha oshirishga ruxsat etiladi.

⚠️ 2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi.

🌐 Telegram
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_soligi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatganlik uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi jismoniy shaxslar soliq summasini kamaytirishi mumkin:

📉 uy -joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) foydalanuvchi shaxslar – o‘rnatilgan oydan e’tiboran 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda –  mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran – 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 2 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Imtiyoz faqat 1 marta 1 ta uy-joy fondi ko‘chmas mol-mulk obyektiga nisbatan energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma’lumotnomaga asosan beriladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o‘rnatilgan taqdirda qo‘llaniladi.

👉
Soliq kodeksi 421-moddasi

—————

#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #налог_на_имущество

Налоговые льготы за установку возобновляемых источников энергии (ВИЭ)

Уменьшить сумму налога могут лица:

📉 использующие ВИЭ общей мощностью до 100 кВт на объектах недвижимого имущества жилого фонда - в течение 3 лет с месяца их установки;

☀️при установке солнечных панелей с системой накопления электрической энергии мощностью не менее 25% от мощности солнечных панелей — в течение 10 лет с месяца ввода этих панелей в эксплуатацию.

❗️Сумма налога уменьшается на сумму, не превышающую 2 БРВ.

Льгота предоставляется только 1 раз в отношении 1 объекта недвижимого имущества жилого фонда на основании справки, выданной энергоснабжающей организацией об использовании физическим лицом ВИЭ, и применяется при установке физическим лицом установок ВИЭ общей мощностью свыше 1 кВт.

👉
ст.421 НК

🌐 Telegram | Facebook | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yiliga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni
qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish;

🔹aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;

🔹tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash;

🔹o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash;

🔹“yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish;

🔹respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasida samarali davlat nazorati amalga oshiriladi

“Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-20-son, 10.02.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

🔹yoqilg‘i-energetika resurslarini behuda sarflash hamda ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash;

🔹sifatsiz yoqilg‘i mahsulotlari realizatsiyasiga chek qo‘yish borasida davlat nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini soddalashtirish.

📝 Jumladan, Prezidentning 2023-yil 24-maydagi Farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O'zenergoinspeksiya) tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va iste’mol qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.

🌐 Telegram | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi


Hukumat qarori (91-son, 13.02.2025 y.) bilan "Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi


Nizom elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash, litsenziya to'lovlarini hisoblash va to'lash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartib-taomillari va shartlarini belgilaydi.

Nizom “Elektr energetikasi to'g'risida”gi Qonunida litsenziyalanishi belgilangan elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlariga (kichik turlariga) nisbatan tatbiq etiladi. Har bir litsenziya kichik turi uchun alohida litsenziya olinadi.

Nizom talablari quyidagi hollarda nisbatan tatbiq etilmaydi:

yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan holda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr energiyasini saqlash tizimlariga;
quvvati 5 MVt dan kam bo'lgan elektr stansiyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
o'z ehtiyojlari uchun elektr energiyasini saqlashda ishlatiladigan elektr energiyasini saqlash uskunasidan foydalanuvchilarga.

Litsenziyalash Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko'rsatish uchun “Litsenziya” AT orqali amalga oshiriladi.

Talabgor litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT, davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda belgilangan ma'lumotlarni ko'rsatgan va qo'shimcha hujjatlarni ilova qilgan holda ariza to'ldiradi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasida samarali davlat nazorati amalga oshiriladi

“Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-20-son, 10.02.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

🔹yoqilg‘i-energetika resurslarini behuda sarflash hamda ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash;

🔹sifatsiz yoqilg‘i mahsulotlari realizatsiyasiga chek qo‘yish borasida davlat nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini soddalashtirish.

📝 Jumladan, Prezidentning 2023-yil 24-maydagi Farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O'zenergoinspeksiya) tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va iste’mol qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasida samarali davlat nazorati amalga oshiriladi
Manba: PF-20-son, 10.02.2025-yil.

—————

#Новости_законодательства

❗️Будет реализован эффективный государственный контроль в сфере противодействия незаконному использованию энергоресурсов

Источник: УП-20, 10.02.2025.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi.

Manba: VMQ 91-son, 13.02.2025-yil.

—————

#Новости_законодательства

❗️Установлены процедуры лицензирования видов деятельности в сфере электроэнергетики.

Источник: ПКМ-91, 13.02.2025.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartib-taomillari belgilandi.

Manba: VMQ 91-son, 13.02.2025-yil.

—————

#Новости_законодательства

❗️Установлены процедуры лицензирования видов деятельности в сфере электроэнергетики.

Источник: ПКМ-91, 13.02.2025.

🌐 Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-101-son, 14.03.2025 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari o‘rtasida “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

📝 Bitim 2024-yil 13-noyabrda Boku shahrida imzolangan.

🏢 Energetika vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni ta’minlaydi.

—————

#Новости_законодательства

❗️Принято постановление Президента «Об утверждении международного договора» (№ ПП-101, от 14.03.2025 г.)

🔰 Согласно постановлению, утверждено Соглашение между Азербайджанской Республикой, Республикой Казахстан и Республикой Узбекистан о стратегическом партнерстве в области развития и передачи «зеленой» энергии.

📝 Соглашение было подписано в городе Баку 13 ноября 2024 года.

🏢 Министерство энергетики определено компетентным органом, ответственным за реализацию указанного международного договора.

Кабинет Министров и руководители соответствующих министерств и ведомств после вступления в силу данного международного договора в установленном порядке обеспечат контроль за реализацией его положений.

🌐 Telegram | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo va  Samarqand viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarorlari (PQ-116-son, PQ-117-son, PQ-118-son 24.03.2025 y.) qabul qilindi.

Batafsil


#Новости_законодательства

❗️Электроэнергия будет вырабатываться путем сжигания твердых бытовых отходов


Приняты постановления Президента (№ПП-116, №ПП-117, №ПП-118 от 24.03.2025 г.) о мерах по реализации инвестиционных проектов по производству электроэнергии путем сжигания твердых бытовых отходов в г. Ташкенте, Андижанской, Наманганской, Ферганской, Ташкентской, Кашкадарьинской и Самаркандской областях.

Подробнее

🌐 Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

“Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-63-son, 27.03.2025-y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga asosan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi (Agentlik) tashkil etiladi.

✔️Energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va taʼsir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

💸2025-yil 1-iyuldan aholi uy-joylarining energiya auditini o‘tkazish xarajatlari hamda quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizi va issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining 40 foizini, lekin BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplash uchun Agentlik tomonidan subsidiya ajratiladi.

📌2025-yil 1-sentyabrgacha Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi ishga tushiriladi.

📃 Agentlik huzurida byudjetdan tashqari Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

❇️2025-yil 1-oktyabrga qadar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun texnologiyalar energiya samaradorligining “yashil” standartlari joriy etiladi.

🌐 Telegram| Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Energiya resurslari behuda sarflanishining oldini olish tizimi takomillashtiriladi

“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-133-son, 01.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, hududlarda isteʼmolchilarni muqobil energiya resurslaridan foydalanishga o‘tkazish hamda energiya tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish orqali 2,5 milliard kVt•soat elektr energiyasini va 1,1 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilishga erishish maqsadida quyidagilar belgilandi. Jumladan:

🔸isteʼmolchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish hamda qo‘shimcha 74 mingdan ortiq obyektda jami quvvati 785 MVt bo‘lgan quyosh panellarini va 9 mingdan ortiq 1,2 mln litrli quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga 1,6 milliard kVt•soat elektr energiyasini tejash;

🔸aholisi ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan 300 ta mahallada quvvati 100 MVtdan ortiq kichik quvvatli fotoelektr stansiyalarini barpo etish hisobiga 45 million metr kub tabiiy gazni tejash;

🔸budjet tashkilotlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanishni kengaytirish hisobiga 39 million metr kub tabiiy gazni tejash.

❇️2025-yilda “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirish doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, isteʼmolchilarni muqobil energiyaga o‘tkazish, energiya tejamkor va samarador texnologiyalarni joriy qilish dasturi tasdiqlanadi.

📌2025-yil 1-maygacha Energetika vaziriligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining “Yashil imtiyoz” axborot tizimi hamkor tijorat banklarining tegishli axborot dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

🌐 Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-134-son, 02.04.2025-y.) qabul qilindi.

🌐 Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi

🔰Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy etiladi:

🔸Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda “O‘zsuvta’minot” AJning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbari lavozimiga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) xodimlari tayinlanadi;

🔸eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari bevosita Agentlikka bo‘ysunadi;

🔸eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish Agentlik hamda eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.

🏢 Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish hamda malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-iyulgacha “E-anticor.uz da ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining elektron reyestrini yuritish, hisobotni elektron taqdim etish, anonim so‘rovnomalar o‘tkazib e’lon qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-134-son, 02.04.2025-y.) qabul qilindi.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-134-son, 02.04.2025-y.) qabul qilindi.

🌐 Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mustaqilligimizning 34 yilligi yuksak saviyada nishonlanadi

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.

📙 Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.

✔️ Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.

📜 “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.

🌐 Telegram