"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.98K subscribers
35.7K photos
4.38K videos
16 files
17.8K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#MUNOSABAT

NOSOZLIK BARTARAF ETILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yashnobod tumani Botkina ko'chasi hududidagi transformator punktida yong'in bo'lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddi xodimlari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ma'lumki, havo haroratining keskin isib ketishi natijasida elektr energiyasiga bo'lgan talab ortib joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish qurilmalarida qisqa tutashuv holati yuzaga kelgan.

Xususan, bugun 12-iyul kuni soat 12:20 da Yashnobod tumani Botkina ko'chasi hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-2556-sonli transformator punktida yuklamaning ortib ketishi natijasida transformator punktidagi mavjud balans elektr hisoblagichi (konsentrator)da qisqa tutashuv natijasida yong'in sodir bo'lgan.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tararrufidagi Yashnobod tuman elektr taminoti korxonasining tezkor guruh xodimlari tomonidan avariyani bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, shu kunning o'zidayoq soat 14:15da avariya holati bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda, Yashnobod tumani Botkina ko'chasi hududida yashovchi aholi xonadonlari elektr taminoti bilan barqaror ta'minlangan
.


«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram