"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.98K subscribers
35.8K photos
4.39K videos
16 files
17.8K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Bilasizmi

Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma’lumotlar har oyda yuboriladi


🗓 Qonunchilikka ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oylik ma’lumot “bazaviy me’yor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste’molchilarga yuboriladi.

🌐 https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

❗️Ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun pul beriladi
.

Batafsil infografikada👆

🌐 https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oilaga kimlar kiradi?

🔰 Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi.

📌 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilmagan oilalar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishlari mumkin. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning qo‘shimcha ro‘yxati shakllantiriladi.

Telegram
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, maishiy iste'molchi o'z xohishiga ko'ra, 2 oydan ko'p bo'lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to'lab qo'yishi mumkin va bunda tarif o'zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

📌 Shuningdek, tariflar o'zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to'lovni amalga oshirgan iste'molchi 2 oydan ortiq bo'lmagan muddatga qo'shimcha to'lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.

▶️ Manba

🌐 https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

Quyosh elektr stansiyasini to‘liq o‘z mablag‘idan qurganlarga kompensatsiya beriladi


✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming soʻm);

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming soʻm);

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming soʻm);

🔹2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming soʻm);

🔹5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (17 mln soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).

🌐 Telegram
#Bilasizmi

Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda yordamlashgan shaxslar undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofotlanadi


🔰Qonunchilikka ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

🌐 Telegram
#Bilasizmi

Ishlatilgan elektr energiyasi hisobi haqida tezkor ma’lumot olish uchun telegram bot ishga tushirilgan


Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflari hisobini oson hisoblash maqsadida telegram bot ishga tushirilgan.

Telegram bot (@e_tariffbot) orqali elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha tezkor kalkulyator ishlamoqda.

Botdan foydalaning va elektr hisobi haqida tezkor ma’lumotlarga ega bо‘ling.


🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Aholi xonadonlariga o‘rnatilgan quyosh panellaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga uzatilgan qismi uchun Soliq qo‘mitasi har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab berishi belgilangan.

👉Video manbasi


🛎 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#Bilasizmi

Quyosh elektr stansiyasini to‘liq o‘z mablag‘idan qurganlarga kompensatsiya beriladi


✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o‘rnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo‘lganda BHMning 7 barobar;

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo‘lganda BHMning 10 barobar;

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo‘lganda BHMning 15 barobar;

🔹2 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 20 barobar;

🔹5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o‘zlashtirilganda va tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlanganda).

🌐 Telegram
#Bilasizmi

Quyosh suv isitish qurilmalarini to‘liq o‘z mablag‘idan o‘rnatganlarga kompensatsiya beriladi


❇️ Qonunchilikka ko‘ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensatsiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt⋅soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo‘lganda BHMning 5 barobar;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt⋅soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo‘lganda BHMning 7 barobar.

🌐 Telegram
#Bilasizmi

Quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektr ming so‘mdan sotib olinadi


✳️ Quyosh paneli o‘rnatgan aholi tomonidan o‘z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovatt⋅soati uchun 1 000 so‘mdan subsidiya beriladi, ya’ni davlat elektrni aholidan 1000 so‘mdan sotib oladi.

🖥 Mazkur subsidiyani olish uchun “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

🏢 Tadbirkorlar tomonidan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan har bir kilovattsoat elektr 720 so‘mdan sotib olinadi. Bunga oid shartnomani tuzish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman (shahar) filiallariga murojaat qilish lozim.

🌐 Telegram
#Bilasizmi

Quyosh suv isitish qurilmalarini to‘liq o‘z mablag‘idan o‘rnatganlarga kompensatsiya beriladi


❇️ Qonunchilikka ko‘ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensatsiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt⋅soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo‘lganda BHMning 5 barobar;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt⋅soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo‘lganda BHMning 7 barobar.

🌐 Telegram
#tarix_va_haqiqat #bilasizmi

🚙 URUSH YILLARIDA YARATILGAN "JAJJI" ELEKTROMOBIL
➡️ Fransiya tarixida shunday sahifa mavjud: kichik "Peugeot VLV" fashist armiyasiga nisbatan "nafrat" tuyg'usi ostida yaratilgan va aynan uning elektr motori bosqinchilarni aldashga imkon bergan.

➡️ 1941 yil. Ishg'ol qilingan Fransiyada benzinli avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish taqiqlandi - barcha yoqilg'i Gitler armiyasi ehtiyojlariga sarflandi. Ammo erkinlikni sevuvchi fransuzlar bu muammoga yechim topdilar:

➡️ Elektr quvvatli "Peugeot VLV" (Voiture Légère de Ville) avtomobili tufayli barcha cheklovlar muvaffaqiyatli chetlab o'tildi. Mana u qanday edi:

🔹 Kapot ostida to'rtta 12V akkumulyator mavjud bo'lib, ular 80 kmgacha quvvat zaxirasini ta'minlay olardi;

🔹 Atigi 3 ot kuchiga ega elektr motor avtomobilni 36 km/soatgacha tezlashtirdi;

🔹 Kuzov shunchaki ixcham emas, balki o'ta ixcham edi - uzunligi 2,7 m dan oshmasdi, mashina esa atigi 348 kg og'irlikda edi.


➡️ Har qanday transport vositasi hashamatli bo'lgan va butun mamlakat velosipedga o'tishga majbur bo'lgan davrda bu yetarli edi.

➡️ "Peugeot VLV" jami 377 nusxada ishlab chiqarilgan va 1943 yilda nasistlar tomonidan  ishlab chiqarilishi taqiqlagan. Asosan, model urush davridagi eng muhim ishchilar - pochtachilar va shifokorlarni tashish uchun foydalanilgan.

🌐 Telegram
#Bilasizmi

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi


🔰Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

🔹aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

🔹davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

🔹korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-134-son, 02.04.2025-y.)ga muvofiq 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.


🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-134-son, 02.04.2025-y.)ga muvofiq 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.


🌐 Telegram
#Bilasizmi

❗️Aholiga tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya va bir martalik moddiy yordam beriladi
🔰 Bir martalik moddiy yordam kimlarga ajratiladi?

Batafsil infografikada👆

🌐 Telegram | Instagram
#Bilasizmi

❗️Kompensatsiya kimlarga beriladi?

Batafsil infografikada👆


🌐 Telegram| Instagram
#Bilasizmi

❗️Kompensatsiya qancha miqdorda beriladi?

Batafsil infografikada👆

🌐 Telegram