"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.17K subscribers
33K photos
4.04K videos
16 files
16.7K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanida 17-sonli shahar klinik shifoxonasi qarshisida yuqori kuchlanishli ustundan sim uzilib, yong'in chiqqanligi yuzasidan  xabar tarqaldi

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» MCHJ ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.

Avval xabar berilganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» MCHJ tomonidan poytaxt tumanlar hududida keng ko'lamli modernizasiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Xususan, iste'molchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, Jamiyatning Yuqori kuchlanishli tarmoqlarini ekspluatasiya qilish xizmati tomonidan yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan joylarda quvvati 110 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari yangilanmoqda.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach 110 kVli havo tarmog'ida sinov ishlari olib borilgan vaqtda kuchlanish berilganda, hududdagi ustunlardan biridagi chig'anoq yuqori kuchlanish berilgan vaqtda singan va yerga tushib qurigan o'tlarda yong'in kelib chiqargan.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidaek, yuqori kuchlanishli kabel tarmog'i uzilmagan va elektr energiyasida uzilishlar bo'lmagan.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong


🍀 Assalomu alaykum, xayrli tong Azizlar!

🍀 Murodbaxsh chorshanba tongingiz muborak boʻlsin!

🍀 Umrimizning yana bir qaytarilmas tongi xayrli boʻlsin!

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐 https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 12 - iyun haftaning chorshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#DIQQAT_ELON

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILDI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 12- iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chirildi:

Bektemir tumani: «Iyik ota » MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 18:00 gacha;

Uchtepa tumani: «Shofayzibog'i», «Degrez», «Nishabariq», «Sharq yulduzi» hamda «Beshqayrag'och» MFYlarining ayrim hududlarida bugun soat  09:00 dan 16:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababliy yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24 | “The Star” gazetasi: Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda “yashil” energiya sohasidagi loyihani amalga oshiradi.

🛎 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energiya_samaradorlik

Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish qurilmasi — barcha elektr qurilmalarini quvvat isroflari va kuchlanish pastligidan xoli bo‘lishiga xizmat qiladi. Ya’ni, elektr tarmoqlarining ishonchliligini orttiradi.

Qurilma shuningdek, elektr energiyasi xarajatlarini qisqartiradi, uning sifatini oshirib, isroflarini kamaytiradi hamda elektr ta’minoti barqarorligiga xizmat qiladi.

🛎 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
Yunusobod tumani va Andijon shahrida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadonlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bо‘limi, DXX va ETK xodimlari hamkorligida о‘tkazilgan tezkor tadbirda “Chingiz Aytmatov” kо‘chasida yashovchi A.R. о‘z uyining yertо‘lasida  4 ta tо‘plamdagi “Antminer” va “Bitmain Technologies” mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 236,7 mln sо‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Andijon shahar bо‘limi, DXX, IIB va “О‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida о‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Navbahor” hamda “Hamkorlik” MFY hududidagi xonadonda yashovchi 2 nafar fuqaro о‘z uylarida jami 11 ta tо‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 159,5 mln sо‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#MUNOSABAT

NOSOZLIK BARTARAF ETILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yashnobod tumani Botkina ko'chasi hududidagi transformator punktida yong'in bo'lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddi xodimlari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ma'lumki, havo haroratining keskin isib ketishi natijasida elektr energiyasiga bo'lgan talab ortib joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish qurilmalarida qisqa tutashuv holati yuzaga kelgan.

Xususan, bugun 12-iyul kuni soat 12:20 da Yashnobod tumani Botkina ko'chasi hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-2556-sonli transformator punktida yuklamaning ortib ketishi natijasida transformator punktidagi mavjud balans elektr hisoblagichi (konsentrator)da qisqa tutashuv natijasida yong'in sodir bo'lgan.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tararrufidagi Yashnobod tuman elektr taminoti korxonasining tezkor guruh xodimlari tomonidan avariyani bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, shu kunning o'zidayoq soat 14:15da avariya holati bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda, Yashnobod tumani Botkina ko'chasi hududida yashovchi aholi xonadonlari elektr taminoti bilan barqaror ta'minlangan
.


«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#buqiziq

Biz har kuni elektr energiyasidan foydalanamiz, lekin bu haqda qanchalik ma'lumotga egamiz?

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸 Yer yuzida 8 milliardga yaqin odam yasharkan, shular orasida hech kimga "turtilmasdan", hech kimning "oyog'in bosmasdan", hech kimning ko'nglini  vayron qilmasdan, hech kimsaning boshini egmasdan yashay bilish chin insoniylik ekan....

🌸 Ana shunday inson bo'lish barchamizga nasib etsin, Azizlar!

🌸 Assalomu alaykum!


     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ      
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz 👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 13 - iyun haftaning payshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#DIQQAT_ELON

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILDI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 13 - iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chirildi:

Bektemir tumani: «Iyik ota » MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Dombirobod» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Mirobod tumani: «Oybek» MFYning ayrim hududlarida bugun soat  10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababliy yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk