"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.27K subscribers
31.5K photos
3.84K videos
16 files
16.1K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#QAROR_IJROSI
#YUNUSOBOD_TET

QAROR ASOSIDA JOYLARDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta’minoti tomonidan tuman hududidagi iste`molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, mazkur tumanning «Minor» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi TP-560-sonli transformator punktidan ta`minlanuvchi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzunligi 1,2 km bo`lgan quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi.

🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.

🛠 Bu boradagi ishlar hali yakunlangani yo'q. Elektr energiyasi bo'yicha olib borilayotgan ishlardan xabardor bo'lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 Diqqat, E'LON!

POYTAXTIMIZDAGI QUYIDAGI TUMANLARNING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR QURILMALARINI REKONSTRUKSIYA VA MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI SABAB ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILDI

🛠 Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida bugun, 16-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o`chirildi:

📍YASHNOBOD tumanining: «Arg`in» hamda «Bahor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

📍YUNUSOBOD tumanining: Markaz 6-dahasi, «Registon» va «Qo`shchinor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 15:00 gacha;

📍CHILONZOR tumanining: «Dilxush» hamda «Qatortol» MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

👉 O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari»AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

💡O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan hozirda poytaxtimizdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini va transformator punktlarini yangilash, modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🎦 Jarayonlar va natijalar – lavhamizda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Qonunchilikdagi yangiliklar: jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uchun to‘lov 10 ish kunida amalga oshiriladi

Hukumat qarori (247-son, 14.06.2023 y.) bilan Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, elektr oldi-sotdi shartnomasi asosida sotiladi.

☑️ Bunda:

🔹 jismoniy va yuridik shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatgan quvvati 1 MVtgacha quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektrning o‘z ehtiyojidan ortiqchasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sotib olinadi;

🔹 elektr energiyasini ishlab chikaruvchi o‘zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shahslarga o‘z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin;

🔹 elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining o‘z elektr tarmoqlari mavjud bo‘lmagan holatlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarmog‘idan tranzit xizmatlari uchun idoralararo tarif komissiyasi hujjatlarida belgilangan tarif asosida to‘lovlarni amalga oshirgan holda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib beriladi.

🗓 Yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga kadar:

🔸 “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) Davlat budjetidan 1 000 sumdan subsidiya ajratiladi (“Soliq” mobil ilovasi orqali);

🔸 jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z extiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to'lab beriladi.

▶️ Elektr energiyasini sotib oluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori uchun elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish uskunasi (pribor)ning ma’lumotlariga ko‘ra tomonlar o‘rtasida imzolangan ko‘rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi va hisob-fakturani olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.
#QAROR_VA_IJRO
#YAKKASAROY_TET

«QUSHBEGI»MAHALLASIDAGI TRANSFORMATOR TA'MIRLANDI

🛠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, Yakkasaroy tuman elektr ta'minoti tomonidan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarini mukammal ta'mirlash rejasiga muvofiq hududlarda ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

🛠 Jumladan, tuman elektr ta'minoti mutaxassislari tomonidan tumanning «Qushbegi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan transformator punkti mukammal ta'mirdan chiqarildi.

🛠 Amalga oshirilayotgan bu kabi ta'mirlash ishlari natijasida elektr qurilmalarni sifatli va uzoq muddat xizmat ko‘rsatishiga erishiladi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#animasiya #yangiloyiha

Yangi "Mehnat kodeksi"da belgilangan Dam olish va tanaffuslar to'g'risida animasion rolik!

➡️
https://t.iss.one/toshetk
#QAROR_VA_IJRO
#YASHNOBOD_TET

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan, Yashnobod tumani Aviasozlar 3-mavze hududidagi 48- va 49-sonli kop qavatli aholi yashash xonadonlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, hududdagi mavjud 0,4 kVli TP-1870-sonli transformator punktidagi 400/10 kVAli transformatorda mukammal tamirlash ishlari olib borilmoqda.

🛠 Ta'mirlash jarayonlarida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🛠 Ayni vaqtda, hududda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
O‘zbekistonda ilk yirik shamol turbinasi o‘rnatildi

Birinchi yirik turbinaning quvvati 4,7 MVtni tashkil qiladi. Qurilish Navoiy viloyatining Tamdin tumanida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasining qurilishi doirasida amalga oshirilmoqda.

Yangi shamol turbinasining balandligi 97 metrni, har bir parrakning uzunligi esa 77 metrni tashkil qiladi. Loyiha doirasida yana 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi. Shamol elektr stansiyasining ilk quvvatlari joriy yil oxirigacha ishga tushiriladi.

#Uzbekistan #shamolenergiyasi
В Узбекистане установлена первая крупная ветряная турбина

Мощность первой крупной турбины составила 4,7 МВт. Строительство производится в рамках возведения ветряной электростанции общей мощностью 500 МВт в Тамдинском районе Навоийской области.

Высота новой ветряной турбины составляет 97 метров, а длина каждой лопасти — 77 метров. В рамках проекта будет установлено еще 111 ветряных турбин. Первые мощности ветряной электростанции будут введены в эксплуатацию к концу текущего года.

#Узбекистан #энергияветра
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini
platforma orqali uydan chiqmagan holda va imtiyozli narxlarda xarid qilish mumkin.

Batafsil ushbu videorolikda👆

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soatiga 1000 so‘mdan subsidiya beriladi.

Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun mablag‘lar har oy “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
IRENA: qayta tiklanuvchi energiya manbalarining o‘sishi bo‘yicha Osiyo yetakchilik qilmoqda

IRENAning 2023-yildagi Qayta tiklanuvchi quvvatlar statistikasi hisoboti shuni ko‘rsatadiki, 2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlarining butun dunyo bo‘ylab o‘sishining qariyb 60 foizi Osiyo hissasiga to‘g‘ri keldi va bu yil oxiriga kelib jami 1,63 Teravatt (TW) qayta tiklanuvchi quvvatga ega bo‘ldi. Ushbu o‘sishning katta qismi Xitoyda sodir bo‘ldi.

Osiyoda dunyo aholisining 50 foizdan ortig‘i istiqomat qiladi va so‘nggi yillarda mintaqada iqtisodiy o‘sish kuzatildi. Mahalliy iqtisodiyotning o‘sishi bilan mintaqada energiyaga bo‘lgan talab dunyoning boshqa joylariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda.

Mintaqadagi hukumatlar qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha rejalarini belgilab oldilar. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida Osiyo qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish bo‘yicha Shimoliy Amerika va Yevropani ortda qoldirdi.

Global miqyosda qayta tiklanuvchi quvvatlar 2022-yilda 9,6 foizga o'sdi va butun dunyo boylab rekord darajadagi 295 GWni qoshdi. Hisobotda aytilishicha, bu otgan yili qoshilgan barcha energiya quvvatlarining 83 foizini tashkil etadi va otgan yil oxiriga kelib qayta tiklanuvchi ishlab chiqarish quvvatini 3372 GWga yetkazdi.

—————

IRENA: Asia leads charge in renewable energy growth

IRENA’s report Renewable Capacity Statistics 2023 shows that in 2022, Asia accounted for nearly 60 percent of the worldwide increase in renewable energy generating capacity, resulting in a total of 1.63 Terawatt (TW) of renewable capacity by year end. A huge part of this increase occurred in China.

Asia is home to more than 50 percent of the world's population, and in recent years, the region has experienced phenomenal economic growth. With the rise of local economies, the energy demand in the region is increasing faster than anywhere else in the world.

Governments in the region have outlined aspirational plans to accelerate the development of renewable energy. As a result of these efforts, Asia has surpassed North America and Europe in terms of its renewable energy generation.

Globally, renewable capacity grew by 9.6 percent in 2022, adding a record 295 GW worldwide. This accounts for 83 percent of all power capacity added last year and brings the global renewable generation capacity to 3,372 GW by the end of last year, the report said.