"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.97K subscribers
35.7K photos
4.39K videos
16 files
17.8K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Feruza mavzesi hududidagi ko'p qavatli uylarda elektr energiyasidan uzilish sodir bo'lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 31-may kuni soat 22:35 da tuman hududida joylashgan «Lafarga» podstansiyasidan chiquvchi yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada, tumanning yuqorida ko'rsatilgan hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Mirzo Ulug'bek tuman elektr ta'minoti korxonasining tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan ushbu holat nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so'ng mazkur hudud kech soat 00:05 da elektr ta'minotiga qayta ulangan.

Ayni vaqtda, tumanning yuqorida keltirib o'tilgan manzil hududlaridagi ko'p qavatli aholi yashash xonadonlari to'liq elektr energiyasi bilan ta`minlangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI


Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahri Yunusobod tumani «Buyuk Turon» mahallasining Niyozbek yo`li 5-tor ko`chasidagi eski simyog`och hanuzgacha qarovsiz yotganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur holat bo`yicha, Toshkent shahar Yunusobod tumani «Buyuk Turon» mahallasining Niyozbek yo`li 5-tor ko`chasidagi eski simyog`och tuman elektr ta`minoti korxonasining tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan olib tashlanligini ma`lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani «Azamat», «Uyg'onish», «Xumoyun», «Ahmad Yugnakiy», «Traktorsoz», «Yalong'och» MFYlarida qisman elektr energiyasidan uzilish sodir bo'lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 8-iyun kuni soat
19:50 da tuman hududida joylashgan «Yalang'och» podstansiyasidan chiquvchi yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada, tumanning yuqorida ko'rsatilgan hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Mirzo Ulug'bek tuman elektr ta'minoti korxonasining tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan ushbu holat nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so'ng mazkur hudud kech soat 21:15 da elektr ta'minotiga qayta ulangan.

Ayni vaqtda, tumanning yuqorida keltirib o'tilgan manzil hududlaridagi ko'p qavatli aholi yashash xonadonlari to'liq elektr energiyasi bilan ta`minlangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanining 6,7,8,9,13,14,17,19- mavzelarida hamda «Katta Hasanboy» mahallasi hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 14-iyun kuni Yunusobod tumani hududidagi 110/10/6 kVli «Beshqo‘rg‘on» podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasining shikastlanishi natijasida favqulotda avariya holatida elektr ta'minotida o'chishlar yuzaga keldi. Favqulotda yuzaga kelgan nosozlikni tezkor va xavfsiz bartaraf etish maqsadida mavjud kuch transformator to‘liq o‘chirilgan.

Natijada, mazkur podstansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlovchi Yunusobod tumanining ayrim qismlari elektr energiyasiz qolgan. Shu kunning o`zidayoq tezkor brigadalar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi natijasida holat to‘liq bartaraf etilib, hududlar bosqichma-bosqich qayta tarmoqqa ulanganligini ma`lum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani S-4-mavzesi hududidagi ko`p qavatli uyning elektr energiyasida uzilishlar bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 17-iyul kuni soat 14:02 da Yunusobod tumani S-4-mavzesi hududidagi ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta`minlovchi TP-2147-sonli transformator punktida yuklama ortishi oqibatida elektr qurilmasi shikastlangan. Ushbu nosozlik natijasida vaqtinchalik elektr energiyasi uzilishi yuzaga kelgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida nosozlik bartaraf etilib, soat 17:25 da iste’molchilarga elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani «Obod» MFY hududidagi aholi xonadonlarining elektr energiyasida uzilishlar bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 17-iyul kuni soat 17:02 da Yunusobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi «Karamurutskaya» podstansiyasida nosozlik yuzaga kelishui natijasida elektr energiyasida qisqa muddatli uzilish yuzaga kelgan. Mazkur, «Obod» MFY da podstansiyada yuzaga kelgan nosozlik natijasida vaqtinchalik elektr energiyasidan uzilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida nosozlik bartaraf etilib, soat 18:07 da iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahrining Yashnobod tumani Aviasozlar 4-mavzesi hududidagi ko`p qavatli aholi xonadonlarida tungi vaqtda hech qanday ogohlantirishsiz elektr taʼminotidan uzilishlar bo`lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 18-iyun kuni tungi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Aviasozlar 4-mavzesi hududidagi ko`p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta`minlovchi quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli ta`mirlangan yer osti elektr uzatish kabel tarmog`ini ulash (yoqish) ishlari olib borish vaqtida vaqtinchalik elektr ta`minotidan uzilish holati kuzatilgan, ulash ishlari yakunlangach soat 06:00 da qayta tarmoqqa ulangan.

Ayni vaqtda, tumanning yuqorida keltirilgan hududida yashovchi ko`p qavatli aholi xonadonlari elektr taminoti bilan toliq ta`minlangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahrining Yashnobod tumani hududidagi aholi xonadonlarida soat 18:35da elektr taʼminotidan uzilishlar bo`lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 18-sentyabiyunr kuni soat 18:35 da tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli ta`mirlangan yer osti elektr uzatish kabel tarmog`ining shikastlanishi natijasida vaqtinchalik elektr ta`minotidan uzilishlar yuzaga kelgan.

Shu kunning o`zidayoq, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJning Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasining avariyaga qarshi tezkor guruhi tomonidan olib borilgan avariya tiklov ishlari natijasida soat 21:00da elektr ta’minoti qayta tiklangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Oqqo'rg'on, Oydin, Darxon, X.Olimjon, Lashkarbegi
, Asaka, M.Ismoiliy MFYlarida qisman elektr energiyasida uzilish sodir bo'lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 21-iyun kuni soat
18:45 da Yunusobod tumani hududida joylashgan «Astronomicheskaya» podstansiyasini ta'minlovchi yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada, tumanning yuqorida ko'rsatilgan hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Toshkent
shahar elektr ta'minoti tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan ushbu holat nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so'ng mazkur hudud kech soat 21:35 da elektr ta'minotiga qayta ulangan.

Ayni vaqtda, tumanning yuqorida keltirib o'tilgan manzil hududlaridagi ko'p qavatli aholi yashash xonadonlari to'liq elektr energiyasi bilan ta`minlangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
RASMIY MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Nurafshon koʻchasi Sag'bon chorrahasida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari oxiriga yetkazilmaganligi va buning oqibatida avtotransport vositalarining harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelayotganligi haqida murojaat bildirilgan.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.


Olmazor tumani hududini uzluksiz va yuqori sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida, pudratchi tashkiloti tomonidan «Bibliotechnaya» podstansiyasidan loyiha doirasida yangi barpo etilayotgan taqsimlash punktigacha 2700 metr uzunlikdagi 10 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ini tortish ishlari boshlangan. Qurilish-montaj jarayonlari doimiy kuzatuv ostida kechayu-kunduz rejimida olib borilmoqda va qat'iy nazorat ostida amalga oshirilmoqda.

Mazkur infratuzilmaviy ishlarning to‘liq yakunlanishi joriy yilning 10-iyul sanasiga mo‘ljallangan bo‘lib, shuningdek, ushbu kabel tarmog‘i o‘tuvchi Nurafshon ko‘chasi hamda Sag‘bon chorrahasidagi yo‘l kesishmasida olib borilayotgan ishlar 3-iyulga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram