"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.15K subscribers
32.9K photos
4.04K videos
16 files
16.7K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanining 19-mavze hududida elektr energiyasidan uzilish sodir bolganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 23-noyabr kuni soat 10:00 da «Yunusobod» podstansiyasidan chiquvchi fider Buxoro-1 a,b va Buxoro-2 a,b uzatmasidan ta`minlanuvchi yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmog`ining shikastlanishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada, tumanning «Shoshtepa» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr ta'minotida uzilish sodir bo‘lgan.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» MCHJning Yunusobod tuman elektr ta`minoti korxonasining tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan shu kunning o`zidayoq yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog`ida yuzaga kelgan nosozlik soat 19:40 da to`liq bartaraf etilgandan so'ng elektr energiyasi qayta tiklanganligini ma`lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani 17-mavze hududidagi TP-3145-sonli transformator punktidagi elektr hisoblagichlar uchun o`rnatilgan shitlar ochiq holda turganligi, bu holat yo'lovchilar uchun xavfli ekanligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ayni vaqtda, Yunusobod tumanining 17-mavze hududidagi ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi TP-3145-sonli transformator punktidagi ochiq holatda turgan elektr hisoblagichlar uchun o`rnatilgan shitlar tuman elektr ta`minotining tezkor brigada xodimlari tomonidan olib tashlanganligini ma'lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT
MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumani hududida yashovchi “Marina Avnapova”ning murojaatida u ishlatgan elektr energiyasi isteʼmoli notoʻgʻri hisoblanib, hisob raqamidan koʻp pul yechilgani toʻgʻrisidagi murojaat e`lon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Istemolchi murojatiga asosan Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta`minoti xodimlari tomonidan manzilga chiqilganda uy egasi uyda yo'qligi, elektronhisoblagich uy ichida bo`lganligi sababli hisoblagichni ko'rish imkoni bo'lmadi. Shu sababli, baza orqali tekshirilganda Marina Avnapovaga tegishli xonadon hisoblagichi bir oyda bir marotaba aloqaga chiqayotgani va iste`mol uchun qilinayotgan to'lovlar bo'yicha muammo yo'qligi ma`lum bo`ldi.

Istemolchi Marina Avnapova 2024 yil 16-noyabr kuniga qadar elektr hisoblagichning 15975 ko'rsatgich holatiga 98547 so'm qarzdorlik mavjud. Shu sababli iste`molchi tomonidan elektr energiyasi iste`moli uchun hisobraqamidan to`lovlar notog`ti hisoblanmaganligini ma`lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Sergeli tumani hududida elektr energiyasidan uzilishlar boʻlayotgani haqida videomurojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 259-son Qaroriga asosan Toshkent shahar hududidagi mavjud barcha podstansiyalarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, Sergeli, Yangihayot va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kV kuchlanishli «Teplichnaya» va «Sputnik» podstansiyalarida ham modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Tegishli Davlat dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, poytaxt tumanlarining barcha hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Poytaxt tumanlari hududidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida,  elektr energiyasidan qisqa muddatli uzilishlar haqida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJning
rasmiy telegram kanali (https://t.iss.one/toshetk) orqali muntazam e'lon berib borilmoqda.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Sergeli, Mirobod, Yunusobod, Uchtepa va Yashnobod tumanlarida 7-8 kundan beri har kuni elektr energiyasidan uzilish sodir bolayotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi ta`minotini yaxshilash va istemolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, poytaxt tumanlari hududlaridagi barcha 35-110 kVli podstansiyalarda elektr qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va o'z muddatida almashtirilishi kerak bo’lgan qurilmalarni yangilash, rejaga muvofiq modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Elektr energiyasidagi yuklamani teng taqsimlash maqsadida, iste’molchilarni podstansiyalardagi mavjud ikkinchi transformatorga o'tkazilib, taʼmirlash ishlari elektr energiyasi yetarli bo'lgan vaqtdagina olib borilmoqda.

Yillik rejaga muvofiq yuqori kuchlanishli 35-110 kV boʻlgan podstansiyalarda olib borilayotgan mukammal taʼmirlash ishlari yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida favqulodda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali holatlarni oldini olish hamda iste'molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.

Shu sababli, yuqorida keltirilgan tuman hududlaridagi ayrim aholi yashash xonadonlarida elektr ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda, Sergeli, Mirobod, Yunusobod, Uchtepa va Yashnobod tumanlaridagi iste'molchilar elektr ta’minoti bilan to'liq ta'minlangan.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanining 10-mavze hududidagi 12-sonli ko`p qavatli uyda elektr energiyasidan uzilish sodir bo`lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 259-sonli Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida 35-110 kVli podstansiyalarda modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish hamda 2023-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Toshkent shahrining barcha hududlarida tuman elektr taʼminoti tomonidan keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, isteʼmolchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta`minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan joylarda 110/35 kVli podstansiyalarda, transformator punktlarida mukammal taʼmirlash, 0,4 kVli havo hamda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilgan.

Mazkur ta`mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr taminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Olmazor tumani hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo'lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 259-sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida 35-110 kVli podstansiyalarda modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish hamda 2023-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Toshkent shahrining barcha hududlarida tuman elektr taʼminoti tomonidan keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, isteʼmolchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Olmazor tuman elektr taminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan joylarda 110/35 kVli podstansiyalarda, transformator punktlarida mukammal taʼmirlash, 0,4 kVli havo hamda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilgan.

Mazkur ta`mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr taminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAAT TEZKOR HAL ETILGAN

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani «Hasanboy» MFY hududidagi Hasanboy ko'chasi 77 uy oldidagi temir beton ustunini mashina urib yuborganidan so'ng, ustun yo'lda yotganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur holat boyicha, Toshkent shahar Yunusobod tumani «Hasanboy» mahallasining Hasanboy ko'chasi hududidagi HL- 0,4 kV bo`lgan past kuchlanishli havo elektr uzatish kabel tarmog'ining temir beton tayanch ustunida yuzaga kelgan nosozlik shu kunning ozidayoq tuman elektr ta`minoti korxonasining tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo`lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 259-sonli Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida 35-110 kVli podstansiyalarda modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish hamda 2023-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Toshkent shahrining barcha hududlarida tuman elektr taʼminoti tomonidan keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, isteʼmolchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta`minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan joylarda 110/35 kVli podstansiyalarda, transformator punktlarida mukammal taʼmirlash, 0,4 kVli havo hamda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilgan.

Mazkur ta`mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr taminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida 380 V kabelda yong`in bo`lganligi haqida xabar eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

27- dekabr soat 00:19 da Chilonzor tuman elektr ta`minotining tezkor dispetcherlik xizmatiga tuman hududidagi «Yubileyniy» kafesida yong`in sodir bo`lganligi haqida kelib tushgan murojaatga asosan shu vaqtning o`zidayoq tezkor brigada xodimlari yuborilgan. Yong`in tumanning S-mavzesi hududidagi «Rayhon» kafesi yonida joylashgan «Yubileyniy» umumiy ovqatlanish majmuasida bo`lganligi aniqlandi. Tezkor brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan hududdagi iste’molchi balansida bo'lgan TP-4060-sonli transformator punkti tarmoqdan ajratilgan.

Yong`in sababli 0,4 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ida chaqnash yuzaga kelgan. Yong`inni kelib chiqish sabablari hali aniqlanmagan. Holat bo`yicha tegishli mutasaddi xodimlar tomonidan o`rganilmoqda.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tararrufidagi Chilonzor tuman elektr ta'minotining tezkor guruh xodimlari tomonidan avariyani bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan.

Ayni vaqtda, hudud elektr energiyasi bilan ta`minlangan.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram