"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.24K subscribers
31.8K photos
3.88K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari / #yashil_transport

Fakt 24: Norvegiya dunyoda elektromobillar eng ko‘p bo‘lgan davlatga aylandi.

🌐 Telegram
#xorij_xabarlari

Xitoy tarixdagi eng katta shamol turbinasini ishga tushirdi


Xitoy yaqinda tarixdagi eng katta shamol turbinasini ishga tushirdi. Bu haqda “Eco News” xabar bermoqda. Qayd etilishicha, “Mingyang Smart Energy” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan turbina dengiz sathidan taxminan 152 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.

Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, 20 MVt quvvatga ega innovatsion shamol turbinasi kompaniyaning texnologik yutuqlari cho‘qqisini ifodalaydi va shamol energetikasi sohasida yangi rekordlarni o‘rnatadi.

Nashrgа ko‘ra, qurilma shamol sharoitiga qarab 10 dan 20 MVtgacha quvvat ishlab chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, landshaft nuqtayi nazaridan u 260 metrdan 292 metrgacha bo‘lgan eng katta rotor diametriga ham ega.

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: Kanadadagi eng yirik olmos koni quyosh fotoelektr stansiyasiga aylantirilmoqda.

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari / #yashil_transport

Fakt 24: Germaniyada 2028-yildan boshlab vodorodli avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshlanadi.


🌐
Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: Irlandiyada birichi po‘lat-havo akkumulyatorli energiya saqlash inshooti barpo etiladi.

🌐 Telegram
#xorij_xabarlari

Dunyodagi birinchi yarim suv ostida suzuvchi dengiz shamol stansiyasi rekordlarni yangiladi


Portugaliya qirg‘oqlarida to‘rt yildan beri ishlayotgan dunyodagi birinchi yarim suv ostida suzuvchi “WindFloat Atlantic” shamol stansiyasi elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining rekordini yangilashda davom etmoqda.

“WindFloat Atlantic” orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Xususan, unda ishlab chiqarish hajmi 2022-yilda 78 gigavatt⋅soatga va 2023-yilda 80 gigavatt⋅soatga yetgan. 2024-yil iyul oyida jami 320 gigavatt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu har yili Porto shimolidagi Viana-du-Kashtelo shahrida 25000 dan ortiq uy xo‘jaliklarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga imkon beradi.

Dengizdagi shamol stansiyasi Portugaliya sohillaridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. U 8,4 megavatt quvvatga ega uchta “Vestas” shamol turbinasidan iborat bo‘lib, dengiz tubiga zanjirlar bilan mahkamlangan uchta ustunli yarim suv ostida suzuvchi platformalarga o‘rnatilgan. 20 kilometr uzunlikdagi kabel uni quruqlikdagi podstansiyaga ulaydi.

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24
: AQShda quyosh energiyasidan quvvatlanadigan mobil parranda fermasi namoyish etildi.

🌐 Telegram
#xorij_xabarlari

Xalqaro energetika agentligi: “Konditsionerlar elektrtromobillar kabi energiya iste’moli o‘sishining asosiy omillaridan biridir”


“2035-yilga qadar dunyoda konditsionerlardan foydalanish hajmining ortishi elektr energiyasi iste’molini oshirishning asosiy omillaridan biri bo‘ladi”, deb yozadi “Financial Times” Xalqaro energetika agentligi (XEA)ga tayanib.

Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030-yilgacha havoni sovitish uchun qo‘shimcha 697 TVt elektr energiyasi kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlar markazlari sun’iy intellekt uchun kerak bo‘ladigan hajmdan uch baravar ko‘pdir.

Elektromobillarga bundan ham ko‘proq, ya’ni 854 TVt elektr energiyasi kerak bo‘ladi. XEAning ta’kidlashicha, konditsionerlarga bo‘lgan talabning shiddat bilan o‘sishi rivojlanayotgan mamlakatlarda turmush darajasining ko‘tarilishi, shuningdek, global isishning natijasidir.

🌐 Telegram
#xorij_xabarlari

BMW o‘zining Sharqiy Bavariyadagi ikkita zavodining tomidagi bo’sh hududni “Sunrock Holding Deutschland GmbH” kompaniyasiga ijaraga beradi. Mazkur kompaniya esa bu yerga quyosh panellarini o‘rnatib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida avtomobil ishlab chiqaruvchisiga elektr energiyasini sotadi.

“Dingolfing” zavodining tomida o’rnatiladigan 11,1 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi Germaniyadagi eng yirik stansiyalardan biri bo‘ladi.

Ushbu zavoddagi quyosh elektr stansiyasining maydoni 100 ming kvadrat metrdan ziyodroq bo’lishi kutilmoqda. Regensburgdagi zavodda esa bu raqamlar birmuncha soddaroq – 25 000 kvadrat metr va 2,9 MVt.


🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24
: AQSHning Yuta shtatida quvvati 2 gigavattga teng bo‘lgan giotermal elektr stansiyasini barpo etish rejalashtirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu loyiha 2 milliondan ortiq uy xo‘jaligini “yashil” energiya bilan ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu shtatda 350 ming uy xo‘jaligini sof energiya bilan ta’minlovchi geotermal stansiya barpo etilishi haqida xabar berilgan edi.

🌐 Telegram