"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.29K subscribers
31.6K photos
3.85K videos
16 files
16.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani 19-mavze hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bolganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qarori ijrosini ta`minlash hamda 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan tuman hududlarida keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, isteʼmolchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, Yunusobod tuman elektr ta`minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan joylarda transformator punktlarida mukammal taʼmirlash, 0,4 kVli havo hamda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilgan.

Shu sababli ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.


Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Ayni damda Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz – 1 (S-1) dahasida tunda aholiga tinchlik bermay texnikalar ishlayotganligi sababli, aholining noroziligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qarori ijrosini taminlash hamda 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, poytaxt tumanlarida keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 12-oktyabridan 13-oktyabriga oʻtar kechasi soat 00:00 da Mirzo Ulug'bek tumani «Shahrisabz» MFY Oʻzbekiston ovozi koʻchasidagi aholi yashash xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, «ADO» podstansiyasidan «Moskva» taqsimlash punktigacha boruvchi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish uchun tunda avtomobillar harakati kam vaqtda yoʻlning asosiy qatnov qismida yer qazish ishlari olib borilgan. Shu sababli aholi tomonidan norozilik kelub chiqqan.

Aytish oʻrinliki, mazkur olib borilayotgan ishlar aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda tunda kichik halqa avtobil yoʻlining avtomobil qatnovi kam boʻlgan vaqtda unumli foydalanish maqsadida tungi vaqtda olib borilgan.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkentda elektr energiyasi yoʻqligi Chorsu (Beruniy) koʻchasi chorrahasidagi svetoforlar ishlamayotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 13-oktyabr kuni soat 09:50 da Shayxontoxur tuman hududiga qarashli bo'lgan 110/35/10/6 kV bo'lgan «Ayniy» podstansiyasidan chiquvchi fider Uygʻur-1, Uygʻur -2 uzatmasidan ta'minlanuvchi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli yer ostidan oʻtgan kabel tarmog'ining shikastlanishi natijasida avariya holatida oʻchishlar kuzatilgan.

Natijada, tumanning Chorsu bozori atrofidagi Beruniy koʻchasida vaqtinchalik elektr energiyasidan uzilish holatlari kuzatilgan.

Shayxontoxur TETKning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan shu vaqtning oʻzidayoq tekshiruv ishlari olib borilib, soat 11:40 nosozlik bartaraf etilib qayta tarmoqqa ulangan.

Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan
.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkentda yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida avariya bo`lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 14-oktyabr kuni soat 16:06 da Mirzo Ulug`bek, qisman Yashnobod va Mirobod tumani hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «Lafarga» va «Salarskaya» podstantsiyalaridan chiquvchi Vodil-1 tarmog`idan ta`minlanuvchi 45- va 46-ustun (opora) oralig`idagi 110 kVli yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog'ida noqulay ob-havo, yomg`ir yog`ishi, daraxt shoxlarining sinishi natijasida qisqa tutashuv yuzaga kelib, favqulodda avariya holatida qisqa muddatga elektr ta'minotida uzilish sodir bo‘ldi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» MCHJning Yuqori kuchlanishli tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xizmati tomonidan yuqori kuchlanishli havo tarmog`ida yuzaga kelgan nosozlik soat 17:05 da to`liq bartaraf etilgandan so'ng elektr energiyasi qayta tiklanganligini ma`lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Bugun Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida elektr tarmog‘idagi uzilishlar “Ipoteka banki” faoliyatidagi bir qator muammolarga sabab bо‘lganligi tо‘g‘risida xabar e’lon qilindi.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 16-oktabr kuni soat 09:23 da Olmazor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/6 kV boʻlgan "Sokin" podstansiyasidagi 110 kVli yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holatida qisqa muddatga uzilish sodir bo‘ldi.

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Olmazor tuman elektr ta’minoti
korxonasining podstansiyalarga xizmat korsatish tezkor navbatchi xodimlari  tomonidan yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik soat 10:25 da toliq bartaraf etilgandan so'ng elektr energiyasi qayta tiklanganligini ma`lum qilamiz.

Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, bank faoliyati “Elektr qurilmalar tuzilish qoidalariga” binoan yuqori toifalangan obektlar rо‘yxatiga kirishi sababli,  elektr energiyasidan uzilishlar natijasida ish faoliyatiga jiddiy zarar yetkazilishi yoki toyifalangan qurilmalar oʻchib qolmasligini oldini olish maqsadida qoʻshimcha texnik shartlar olgan holda zahira taʼminoti boʻyicha UPS va dizel generatorlari boʻlishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlarida 7-8 kundan beri har kuni elektr energiyasidan uzilish sodir bolayotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi katta avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida poytaxt tumanlaridagi podstansiyalarda mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida rejaga asosan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, yillik rejaga asosan Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/10/6 kV boʻlgan «Astronomicheskaya», «Qodiriy», «Vodilt» hamda «Sazit» podstansiyalaridagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini yangilash, modernizatsiya qilish ishlari ham rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Elektr energiyasidagi yuklamani teng taqsimlash maqsadida, iste’molchilarni podstansiyadagi mavjud ikkinchi transformatorga o'tkazilib, taʼmirlash ishlari kunduz kuni elektr energiyasi yetarli bo'lgan vaqtdagina olib borilmoqda.

Yillik rejaga muvofiq yuqorida keltirib keltirib o`tilgan podstansiyalarda olib borilayotgan mukammal taʼmirlash ishlari yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida favqulodda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali holatlarni oldini olish hamda iste'molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.

Shu sababli, mazkur tuman hududlaridagi ayrim aholi yashash xonadonlarida elektr ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlaridagi iste'molchilar elektr ta’minoti bilan to'liq ta'minlangan.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI» MCHJ DISPETCHERLIK XIZMATLARINING ALOQA RAQAMLARI DOIMIY FAOLIYAT YURITMOQDA

Joriy yilning oktabr oyida «Milliy TV»ning «Gapirmasak bo`lmaydi» teledasturida qatnashgan ayol Mirobod tuman elektr ta`minotining 71 291-15-92 telefon raqamiga hech qachon tushib bo`lmasligi, avariyalar vaqtida qo`ng`iroqlarni qabul qilmaslik uchun ataylab telefon go`shagini ko`tarib qo`yilishi kabi masalalar yuzasidan tezkor-dispetcherlik guruhiga nisbatan ommaga o`z e`tirozlari bildirganligi haqida videolavha efirga uzatildi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur murojaat yuzasidan, joriy yilning 7-oktabrdan 11-oktabrgacha bo‘lgan muddatda Mirobod tuman elektr ta’minotining tezkor-dispetcherlik guruhining tezkor-dispetcherlik aloqa xizmati faoliyati “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilgan.

Tekshiruv guruhi tomonidan o`rganilganda, Mirobod tuman elektr ta’minotining 71 291-15-92 telefon raqamiga bir vaqtning o‘zida bir necha shaxs telefon qilishi mumkinligi, lekin birinchi qo‘ng‘iroq qilgan shaxs Tezkor-dispetcherlik guruhi operatori bilan bog‘lana olishi mumkin, operator birinchi bog`langan telefon raqam bilan gaplashib bo`lib aloqani uzganidan so`ng, ikkinchi navbatda turgan telefon bilan bog`lana oladi. Iste`molchi tuman elektr ta’minotining 71 291-15-92 telefon raqamiga bog`lanib ularning suhbati cho`zilganda, boshqa navbatda turganlar buni sezmay uzun gudok ketganida, operator javob bermaydi degan tahmin bilan telefon go`shagini qo`yadi va bu aholining yuqori turuvchi tashkilotlar va nazorat qiluvchi organlarga asosli murojaatlarini keltirib chiqarishga yoki OAVda muhokamalarga sabab bo`lishiga olib kelmoqda. Biroq, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan tekshiruv ishlari vaqtida telefon aloqasi sifatli ishlab turganligi va qo`ngiroqlar qabul qilib borilayotganligi ma`lum bo`ldi.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Mirobod TET tomonidan ham mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududdagi elektr qurilmalarida mukammal ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Aytish o'rinliki, istemolchi sonining ko`payishi xususan yuklamaning ortishi natijasida yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida favqulotda avariya holaida elektr ta`minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan.

Bunday hollarda aholi bilan doimiy aloqani yo'lga qo'yish hamda iste'molchilarga avariyaviy holatlarda zarur axborotlarni berish maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta'minoti korxonalarida zarur aloqa raqamlari doimiy ravishda ishlashi yo'lga qo'yilganligini alohida ta'kidlash lozim.

Yuqorida keltirlgan Mirobod tuman elektr ta'minotining tezkor-dispetcherlik guruhining 71 291-15-92 telefon raqami bilan bog'lanish vaqtida esa uzun gudoklarning ketishi kuzatilgan. Bunday hollarda aholi bilan ishlash raqamlariga murojaatlarning keskin ko'payshi natijasida aloqa raqamlari band holatda bo'lishi bilan izohlash mumkin.

Ayni paytda, poytaxt tuman elektr ta'minoti korxonalarining dispetcherlik xizmatlatlaridagi aloqa nomerlari doimgidek uzluksiz faoliyat olib bormoqda.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Shayxontohur tuman elektr ta`minoti korxonasining dispetcherlik xizmatiga qo'ng'iroq qilib tusha olmaganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan mazkur holat to'liq o'rganilib quyidagilarni ma'lum qiladi.

Joriy yilning, 14-oktabr kuni soat tungi 01:00dan 03:00 gacha vaqt oralig`ida Shayxontohur tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi quvvati 35/10/6 kV bo`lgan «Xadra» podstansiyasida ta`mirlash ishlarni xavfsiz va sifatli bajarish maqsadida, tumanning ayrim hududlarida vaqtinchalik elektr energiyasida uzilishlar kuzatilgan.

Bunday hollarda aholi bilan doimiy aloqani yo'lga qo'yish hamda iste'molchilarga avariyaviy holatlarda zarur axborotlarni berish maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta'minoti korxonalarida zarur aloqa raqamlari doimiy ravishda ishlashi yo'lga qo'yilganligini alohida ta'kidlash lozim.

Yuqorida keltirilgan Shayxontoxur tuman elektr ta'minoti korxonasi bilan bog'lanish vaqtida esa qisqa gudoklarning ketishi kuzatilgan. Bunday hollarda aholi bilan ishlash raqamlariga murojaatlarning keskin ko'payshi natijasida aloqa raqamlari band holatda bo'lishi bilan izohlash mumkin.

Ayni paytda, poytaxt tuman elektr ta'minoti korxonalarining dispetcherlik xizmatlatlaridagi aloqa nomerlari doimgidek uzluksiz faoliyat olib bormoqda.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐
Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Sergeli tumani hududida joylashgan 7-sonli maktab oldidagi transformator punkti atrofi temir panjara bilan oʻrab qoʻyilmaganligi jiddiy xavf tug`dirishi haqida xabar eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan mazkur holat to'liq o'rganilib quyidagilarni ma'lum qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil iyuldagi 1383-sonli roʻyhatga olingan hamda Elektr energetika nazorati boʻyicha Davlat inspeksiyasining 2004-yil 21-maydagi 207-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish” qoidalarining 4-ilova 3-bandida transformator punktlari eshiklari doimo berkitilib, qulflangan boʻlishi kerakligi belgilab oʻtilgan. Shunga koʻra shahar turidagi transformator punktlari eshiklari maxsus qulflar bilan qulflangan boʻlishi kerak.

Ammo shunday transformator punktlari Respublikamizda mavjudki, bu transformatorlar qishloq turidagi transformatorlarga mansub boʻlib, ushbu transformatorlarning tok oʻtkazuvchi qismlarga yaqinlashish xavfi yuqori boʻlib, ushbu turga mansub transformatorlarning tashqi yon atrofi temir panjaralar bilan oʻrash tavsiyaviy harakterga ega boʻlib, bu orqali qoʻshimcha himoya zonasini tashkil qilgan holda turli baxtsiz holatlarni oldini olgan boʻlamiz.

Shu sababli ayrim transformator punklarining yon atrofini temir panjaralar bilan oʻrash mumkinligi va aksincha ayrim turdagi transformator punktlari atrofini temir panjaralar bilan oʻrash shart emasligi keltirib oʻtilganligini ma`lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Kadisheva bozorida kuni bilan svet bo`lmaganligi  haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ma'lum boʻlishicha, Yashnobod tumani hududida joylashgan Aviasozlar dehqon bozori binosi 2024-yil 11- noyabr kuni yuridik isteʼmolchi 500 000 000 soʻmlik qarzdorligi mavjud boʻlganligi bois  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 31-maydagi «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari»ga asosan Yashnobod TET xodimlari tomonidan mavjud debitor qarzdorlik uchun elektr tarmogʻidan oʻchirib qoʻyilgan.

Hozirgi kunda, Aviasozlar Dehqon bozori qarzdorlik uchun 400 000 000 so`m to`lov amalga oshirilgan bo`lib, Yashnobod TET tomonidan qayta tarmoqqa ulanib berilganligini ma'lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐
Telegram