"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.57K subscribers
34.7K photos
4.2K videos
16 files
17.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Bilasizmi

Energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish uchun “yashil energiya” bank moliya produkti amalga kiritiladi

Qonunchilikka ko‘ra, Markaziy bank va tijorat banklarining tadbirkorlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va o‘rnatish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun “yashil energiya” bank moliya produkti amalga kiritilishi belgilangan.

Rasmiy kanalimiz ⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

Ko‘p qavatli uylar qurilishini loyihalashtirishda quyosh panellari o‘rnatilishi talab qilinadi


✳️ Qonunchilikka ko‘ra, yangi ko‘p qavatli uylar qurilishini loyihalashtirishda ularning tomlari bo‘sh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy qilinishi belgilangan.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

Davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiya to‘g‘risidagi axborotni yuqori turuvchi mansabdor shaxsga xabar qilishi kerak

❗️Davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart.

Agar davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar ko‘rishi, shu jumladan yuqori turuvchi davlat organini (mansabdor shaxsini) yoki korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organini darhol xabardor qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

Barcha “zapravka”lar elektr energiyasining bir qismi quyosh panellari orqali qoplanishi lozim


✳️ Respublikadagi barcha yoqilg‘i (avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz) quyish shoxobchalarining maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi ta’minotining kamida 50 foizi ushbu obyektlarda o‘rnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi talab etilishi belgilangan.

➡️https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv tarzda amalga oshiriladi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda ko'rsatilishi beliglangan.

⚠️ Bunda, proaktiv tarzda davlat xizmatini ko‘rsatish fuqarolarning murojaatini kutmasdan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning o‘z tashabbusi bilan amalga oshirilishi tushuniladi.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berganlar rag‘batlantiriladi


🔰 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Telegram
#Bilasizmi

Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma’lumotlar har oyda yuboriladi


🗓 Qonunchilikka ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oylik ma’lumot “bazaviy me’yor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste’molchilarga yuboriladi.

🌐 https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

❗️Ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun pul beriladi
.

Batafsil infografikada👆

🌐 https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oilaga kimlar kiradi?

🔰 Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi.

📌 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilmagan oilalar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishlari mumkin. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning qo‘shimcha ro‘yxati shakllantiriladi.

Telegram
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, maishiy iste'molchi o'z xohishiga ko'ra, 2 oydan ko'p bo'lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to'lab qo'yishi mumkin va bunda tarif o'zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

📌 Shuningdek, tariflar o'zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to'lovni amalga oshirgan iste'molchi 2 oydan ortiq bo'lmagan muddatga qo'shimcha to'lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.

▶️ Manba

🌐 https://t.iss.one/toshetk
#Bilasizmi

Quyosh elektr stansiyasini to‘liq o‘z mablag‘idan qurganlarga kompensatsiya beriladi


✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming soʻm);

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming soʻm);

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming soʻm);

🔹2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming soʻm);

🔹5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (17 mln soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).

🌐 Telegram
#Bilasizmi

Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda yordamlashgan shaxslar undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofotlanadi


🔰Qonunchilikka ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

🌐 Telegram