#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Е-Antikorrupsiya” loyihasi ishga tushiriladi
“Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–240, 11.05.2022 y.) qabul qilindi
🔰Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Е-Antikorrupsiya” loyihasi to‘liq ishga tushiriladi:
🔸davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
🔸“Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri”ni shakllantirish va yuritish;
🔸korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish.
🖥 Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshiriladi.
✅ Shuningdek, 2023 yil 1 yanvargacha davlat boshqaruvi organlarida quyidagi talablar asosida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi:
▫️vakant lavozimlarni eʼlon qilishdan tortib, tanlov o‘tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron tarzda amalga oshirish;
▫️tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni to‘plash va unga ishlov berish;
▫️kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish;
▫️xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy o‘qitish;
▫️kadrlar bo‘yicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish.
@huquqiyaxborot
Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️ https://t.iss.one/toshetk

Telegram
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ish haqi miqdori oshirildi
“Ish haqi miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi
✅ Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 iyundan:
🔸byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 12 foizga oshiriladi;
🔰 O‘zbekiston hududida:
🔸mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 920 000 so‘m;
🔸bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 300 000 so‘m etib belgilandi.

Qonunchilikdagi yangiliklar: jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uchun to‘lov 10 ish kunida amalga oshiriladi
Hukumat qarori (247-son, 14.06.2023 y.) bilan Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, elektr oldi-sotdi shartnomasi asosida sotiladi.
☑️ Bunda:
🔹 jismoniy va yuridik shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatgan quvvati 1 MVtgacha quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektrning o‘z ehtiyojidan ortiqchasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sotib olinadi;
🔹 elektr energiyasini ishlab chikaruvchi o‘zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shahslarga o‘z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin;
🔹 elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining o‘z elektr tarmoqlari mavjud bo‘lmagan holatlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarmog‘idan tranzit xizmatlari uchun idoralararo tarif komissiyasi hujjatlarida belgilangan tarif asosida to‘lovlarni amalga oshirgan holda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib beriladi.
🗓 Yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga kadar:
🔸 “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) Davlat budjetidan 1 000 sumdan subsidiya ajratiladi (“Soliq” mobil ilovasi orqali);
🔸 jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z extiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to'lab beriladi.
▶️ Elektr energiyasini sotib oluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori uchun elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish uskunasi (pribor)ning ma’lumotlariga ko‘ra tomonlar o‘rtasida imzolangan ko‘rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi va hisob-fakturani olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.

Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uchun to'lov 10 ish kunida amalga oshiriladi
Hukumat qarori (247-son, 14.06.2023 y.) bilan Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya…

“Yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (275-son, 06.07.2023 y) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, Hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash, yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maksadida:
▶️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash uchun 2 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada 150 milliard so‘m budjet ssudasi ajratiladi.
➡️ https://t.iss.one/toshetk
“Yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (275-son, 06.07.2023 y) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, Hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash, yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maksadida:
▶️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash uchun 2 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada 150 milliard so‘m budjet ssudasi ajratiladi.
➡️ https://t.iss.one/toshetk
Telegram
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o'tkazishda ishtirok etishi mumkin.

Forwarded from MINENERGY.UZ
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etiladi
“Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-166, 28.09.2023 y.) qabul qilindi.
🔰Farmonga koʻra:
🔹elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “Oʻzenergosotish” AJ tashkil etiladi;
🔹“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini tashish va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral elektr energiyasi uzatish tizimi operatori etib belgilanadi;
🔹Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (energetika bozori regulyatori) tashkil etiladi.
🗓 2024-yil 1-iyuldan elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasi “Oʻzenergosotish” AJ tomonidan va magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan toʻliq amalga oshiriladi.
📆 2025-yil 1-yanvardan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlari boʻyicha majburiyatlari “Oʻzenergosotish” AJga toʻliq oʻtkaziladi.
🗒 2025-yil 1-yanvargacha “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlari “Oʻzenergosotish” AJga qaytadan rasmiylashtiriladi.
▶️ 2024-yil 1-fevralgacha xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyoti ishlab chiqiladi.
📝 2024-yil 1-maygacha “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatish, “Oʻzenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va xarid qilish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibi tasdiqlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
MAYNING FAOLIYATI QUYOSH ENERGIYASI BILAN AMALGA OSHIRILADI
“Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi tо‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat rо‘yxatidan о‘tkazildi (rо‘yxat raqami 3461, 29.09.2023 y.)
Nizom bilan О‘zbekiston hududida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish hamda faoliyatni tashkil etish tartibi belgilandi.
Unga kо‘ra, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Maynerlar iste’mol qilingan elektr energiyasini hisobga olish uskunasini о‘rnatib, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yagona elektr energetika tizimiga ulanishi mumkin.
Maynerlar о‘z faoliyatini faqat rо‘yxatga olingan paytda kо‘rsatilgan manzilda, yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
О‘zbekiston hududida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
yashirin mayningni;
anonim kripto-aktivlar mayningini;
rо‘yxatga olingan paytda kо‘rsatilgan manzilga mos kelmaydigan manzilda mayningni;
ruxsatnomasiz mayningni.
Maynerlar mayningni amalga oshirish natijasida olingan kripto-aktivlarni О‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bо‘lgan kripto-birjalar orqali sotishga haqli.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) rahbari tomonidan tasdiqlangan ekspert komissiyasi taqdim etilgan arizani 15 kunda kо‘rib chiqadi hamda ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish tо‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Vakolatli organ ekspert komissiyasining xulosasi asosida 5 kun ichida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish tо‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qо‘yilgan holda elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi.
Arizani kо‘rib chiqish hamda ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun yig‘im undirilmaydi. Ruxsatnoma 5 yil muddatga beriladi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

❗️Chiqindi pulini to‘lamaganlarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi
“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–5-son, 04.01.2024-y.) qabul qilindi
✅ Farmon bilan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini foto va video qayd etish vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi.
Bunda tarbirkor jarima sifatida undirilgan mablag'ning 20 foizi miqdorida pul bilan rag'batlantiriladi.
🍀 Har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko‘rsatgan sanitar tozalash korxonalari xodimlari uchun “Tabiat uyg'unligi himoyachisi” tanlovi o'tkaziladi.
➡️ Mazkur xodimlardan 100 nafarining davlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktining to‘liq summasi to‘lab beriladi.
☑️ Har yili “Eng toza mahalla” tanlovi o‘tkazilib, tanlovda g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga chiqindi yig‘ish maydonchasi qurish, chiqindi konteynerlarini o‘rnatish va daraxt ekish uchun jami 500 million so‘m pul hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil beriladi.
🔰 2024-yil 1-apreldan:
🔹ko‘chmas mulk hamda avtotransportlar bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashda qarzdorlik mavjudligi Yagona elektron tizim orqali onlayn tekshirilib, qarzdorlik bartaraf etilgach notaril harakat amalga oshiriladi;
🔹barcha sanitar tozalash korxonalari Yagona elektron tizim orqali xizmat ko‘rsatadi, tizimga ulanmagan korxonalar bilan shartnoma bekor qilinadi va ular xizmat ko‘rsatadigan hududlar davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa korxonaga beriladi.
❕Chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish hamda abonentlar hisobini yuritish faqatgina Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi billing tizimi, elektron to‘lov tizimlari yoki tijorat banklarining to‘lov qabul qilish kassalari orqali amalga oshiriladi.
📲 Shuningdek, chiqindi xizmatlari uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib boriladi.
🔘 Qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:
1️⃣-bosqichda – Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2024-yil 1-iyundan – 6 oylik qarzdorlik uchun;
2️⃣-bosqichda – respublikaning barcha hududlarida 2024-yil 1- noyabrdan – 3 oylik qarzdorlik uchun;
3️⃣-bosqichda – respublikaning barcha hududlarida 2025-yil 1- yanvardan – 1 oylik qarzdorlik uchun.
🗓 2024-yil 1-iyundan maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshiriladi (aholi mustaqil saralagan chiqindilar bundan mustasno).

❗️Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini import qilishda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (13-son, 08.01.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi tomonidan:
➖ 2024-yil 1-fevralgacha “Yashil energiya” axborot tizimi to‘liq funksional rejimida ishga tushiriladi va Energetika vazirligiga o‘tkazilishi ta’minlanadi;
➖ “Yashil energiya” axborot tizimining uzluksiz ishlashi va kiritilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi doimiy nazorat qilinadi.
✔️ Quyidagilarga ruxsat beriladi:
🔹qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga;
🔹mazkur import qilish faoliyati bilan 3 yildan ortiq davr mobaynida shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelgan tadbirkorlarga 6 oy muddatga bojxona to‘lovlarini ta’minlash qo‘llanilmagan holda, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lashga.
❕Bunda tadbirkorlar tomonidan oxirgi 3 yil davomida to‘langan bojxona to‘lovlarining miqdori to‘lov muddati uzaytiriladigan summaning 50 foizidan oshmaydigan miqdorini tashkil etishi lozim.
🚫2024-yil 1-martdan texnik hujjatlarida yoki markirovkasida quyosh elementlarining sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi “A”, “V”, “S” va “D” tegishli sinfi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan quyosh panellarini chetdan olib kirish taqiqlanadi.
📝 Quyosh panellari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy bo'lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladi.
✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini baholash bo‘yicha sinov laboratoriyasi faoliyati tashkil etiladi.
📋 Import qiluvchilar tomonidan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DUKning muvofiqlikni baholash organlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.

❕Elektromobillar uchun alohida joylar ajratiladi
☑️ Qonunga ko‘ra, elektrda ishlaydigan transportlar uchun alohida joylar ajratiladi. Bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkin.
🚫 To‘xtab turish joylaridan foydalanishga monelik qiladigan to‘siqlarni va boshqa konstruksiyalarni o‘rnatish taqiqlanadi.
📝 To‘xtab turish joylariga transportlarning kirishini, ulardan chiqishini va bu joylarda harakatlanishini tashkil etish maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan loyihaga muvofiq amalga oshiriladi.
📌 Umumiy foydalanishdagi to‘xtab turish joylarining egalari to‘xtab turish joylaridan foydalanish qoidalarini hamma uchun qulay bo‘lgan joylarga tanishib chiqish uchun joylashtirishi shart.
—————
#Новости_законодательства
❕Для электромобилей выделяются отдельные места
☑️ Согласно Закону, для транспортных средств, работающих на электродвигателе, выделяются отдельные места. В таких местах может быть создана возможность подключения к электрическим источникам питания.
🚫 Запрещается установка ограждений и иных конструкций, препятствующих использованию мест стоянок.
📝 Организация въезда, выезда и движения транспортных средств на местах стоянок осуществляется в соответствии с проектом, согласованным со специально уполномоченными государственными органами.
📌 Владельцы мест стоянок общего пользования обязаны размещать правила пользования местами стоянок общего пользования в общедоступных местах для ознакомления.

“Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlardan foyda solig‘i olinmaydi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-906-son, 07.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
✳️ “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quvvati 300 kVt va undan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
🚫 Shuningdek, “Soliq kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar, daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Axborot 24: “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada rivojlantirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.
🌐 https://t.iss.one/toshetk

❗️Elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshiriladi
“O‘zbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida”gi Prezident Qarori (PQ-132-son, 18.03.2024 y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga ko‘ra, investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qo‘shish bo‘yicha Investor bilan muzokaralar olib boriladi:
🔹Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;
🔹Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;
🔹mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;
🔹ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni Qo‘shma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish;
🔹sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash hamda kafolatli servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;
🔹barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan Investorga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish.