"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.15K subscribers
32.2K photos
3.93K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#QAROR_IJROSI
#YASHNOBOD_TET

YASHNOBODDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH VA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan tashqarida jazirama issiq ob-havo kuzatilishiga qaramay, tadbirkorlik sub’yektlari, ijtimoiy soha ob’yektlari hamda aholi xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Xususan, joylarda mavjud transformator punktlarini bosqichma-bosqich ta’mirlash, yangilarini o‘rnatish, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarini tortish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

🛠 Jumladan, Yashnobod tuman elektr taminoti tomonidan tumanning «Arg'in» MFYning Eski Arg'in kochalari hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarildi. Hozirda ushbu hududga 500 metrdan ortiqroq yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻi tortilib, ushbu yangi tortilgan havo tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda. 

🛠 Natijada, 500 nafarga yaqin iste`molchilarning elektr energiyasi taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_jarayon

🇺🇿 Biz barchamiz Oʻzbekistonmiz!

2023-yil 9-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
Energetika sohasidagi hamkorlik

Toshkent shahrida 3-iyul kuni Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikalari Energetika vazirlarining navbatdagi uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Davlatlarimiz rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanib borayotgani, koʻp qirrali hamkorlik tobora kengayayotgani alohida taʼkidlandi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chogʻida barcha sohalar qatori energetika sohasidagi hamkorlikka ham alohida eʼtibor qaratilayotgani, gidroenergetikadagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan “Qambarota GES-1» qurilishini jadallashtirishga kelishilgani qayd etildi.

Uchrashuvda ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi elektr uzatish liniyalarini qurish hamda suv resurslaridan unumli foydalanish bilan bogʻliq tashkiliy va huquqiy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Joriy yilda suv resurslaridan samarali foydalanish, kuz-qish davrida energiya tizimidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, Qirgʻiz Respublikasi Energetika vaziri T. Ibrayev va Qozogʻiston Respublikasi Energetika vaziri A. Satkaliyev tomonidan tegishli protokollar imzolandi.

Shu kunning oʻzida Qirgʻiz Respublikasi Energetika vaziri T. Ibrayev va Qozogʻiston Respublikasi Energetika vaziri A. Satkaliyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov qabul qildi.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
#yangi_qaror_loyihasi
#muhokama

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi tayyorlanib, https://regulation.gov.uz/oz/d/81778 manzilida joylashtirildi.

Qaror loyihasi boʻyicha muhokamalar 12-iyul soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Agar Sizning ham ushbu qaror loyihasi boʻyicha biron-bir fikr-mulohazangiz yoki taklifingiz boʻlsa, https://regulation.gov.uz saytida avtorizatsiyadan oʻtib, koʻrsatilgan link ostidagi maxsus belgilangan maydonchada yozib qoldirishingiz mumkin.

Barchangizdan isteʼmolchi sifatidagi huquqingizga daxldor boʻlgan ushbu qaror loyihasini yanada mukammallashtirish yuzasidan takliflarni kutib qolamiz.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸 Bugungi kunimiz boshqa kunlarimiz kabi juda muhimdir... Bu kunni shunchaki yashab o'tmaylik. Qandaydir muhim ishlar qilingki xotiralaringizda ajib faxr bilan qolsin...

🌸 Sizga, xayrli kun tilovchilar bisyor bo'lsada,  men ham sizlarga bugungi kuningiz xayrli bo'lsin deyman.

🌸 Assalomu alaykum, Azizlar!

🌸 Murodbaxsh chorshanba tongi xayrli boʻlsin!

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali                    ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 5 - iyul haftaning chorshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi boshlangan kun barchangizga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#Qaror_va_ijro
#Yashnobod_TET
           
    YASHNOBODDA ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
    
  
🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti tomonidan  aholiga uzluksiz va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida, keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🛠 Xususan, Yashnobod tuman elektr ta’minoti mutaxasislari tomonidan tumanning «Bahor» mahalla fuqarolar yigʼinining U.Nosir hamda Donishmand ko'chalari hududida joylashgan TP-753-sonli transformator punktidan chiquvchi elektr uzatish havo tarmog`idagi yangi tortilgan SIP kabel tarmog’ini yakuniy montaj qilish va iste’molchlarni yangi tarmoqqa  ulash ishlari olib borilmoqda.

🛠 Olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi mahalliy isteʼmolchilarni sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan
.



✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#nazorat

Iyun oyida 6,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yilning iyun oyida Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 265 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan 13,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida tizimga 6,1 mlrd soʻm zarar keltirilganligi maʼlum boʻldi. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
#Jarayon
#Yunusobod_TET

NOSOZLIK O‘Z VAQTIDA BARTARAF ETILDI

🛠 Yunusobod tuman elektr ta'minoti mutaxassislari tomonidan elektr energiyasini yetkazib berishda yuzaga kelgan nosozliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

🛠 Jumladan, tumanning 14- va 19 -mavzelarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi RP "Buxoro" taqsimlovchi punktidan chiquvchi fider Urgench uzatmasidan taminlanuvchi 6 kVli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘idagi nosozlik maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi. Hudud elektr energiyasi bilan to'liq ta'minlandi
.



✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk