"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.15K subscribers
32.2K photos
3.93K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Yongin_xavfsizligi_oyligi

YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZILMOQDA

2023-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda «Yong‘in xavfsizligi oyligi» o‘tkazilmoqda. «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta`minoti korxonalari ham mazkur tadbirlarda faol qatnashmoqda.


👉Batafsil:
https://telegra.ph/YONGIN-XAVFSIZLIGI-OYLIGI-UYUSHQOQLIK-BILAN-OTKAZILMOQDA-12-05

Ma’lumot o‘rnida, «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta`minoti korxonalarida «Yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar 15-dekabrga qadar davom etadi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#tavsiya
#yongin_xavfsizligi_oyligi

Elektr simlari ustidan gilam yoki boshqa narsalarni qo‘ymang.

Bu, simlarning qizib ketishiga va yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

🌐 Telegram
#tavsiya
#yongin_xavfsizligi_oyligi

Shtepselni to‘liq kiriting!

Aks holda, kontaktning yaxshi ta’minlanmasligi natijasida qizib ketish va yong‘in yuzaga kelishi mumkin.

🌐 Telegram
#energetika_xavfsizligi_oyi
#yongin_xavfsizligi_oyligi

⚡️YONG‘IN
XAVFSIZLIGI OYLIGI DOIRASIDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILMOQDA

Joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha mamlakatimizda «Yong‘in xavfsizligi oyligi» o‘tkazilmoqda. Ushbu oylikning asosiy maqsadi – yong‘in xavfsizligini ta’minlash, xavfli holatlarning oldini olish, aholi va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishdan iborat.

Mazkur oylik doirasida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda belgilangan chora–tadbirlar asosida Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasida fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda ishchi xodimlar ishtirokida yong‘in va tabiiy ofatlar vaqtida tezkor va to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik va yong‘inlarni xavfsiz va tezkor bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan avariya holatida xavfsizlik choralari ko‘rish va yong‘in xavfini kamaytirish bo‘yicha ko‘nikmalar namoyish etildi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan ushbu oylik doirasida joylarda qator amaliy o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari natijasida xodimlarning xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirilib, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bora sidagi sa’y-harakatlar kuchaytirilmoqda.

Bunday tadbirlar yong‘in
xavfsizligi madaniyatini shakllantirish va xavfsiz hayot tarzini ta’minlashga xizmat qiladi.


✍️
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#tavsiya
#yongin_xavfsizligi_oyligi

Shtepselni to‘liq kiriting!

Aks holda, kontaktning yaxshi ta’minlanmasligi natijasida qizib ketish va yong‘in yuzaga kelishi mumkin.

🌐 Telegram
#tavsiya
#energetika_xavfsizligi_oyligi
#yongin_xavfsizligi_oyligi

Xonadoningizda elektr tarmoqlarni haddan tashqari yuklashdan saqlang!

Elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash uchun bir vaqtda bir nechta elektr jihozlarini ulashdan saqlaning.

🌐 Telegram