Poytaxt_adliya
1.47K subscribers
6.62K photos
909 videos
20 files
4.16K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
Forwarded from Sevara Urinbayeva
#Tayinlov

Akbar Djurabayevich Tashkulov Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi

Akbar Tashkulov 1971 yilda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (kunduzgi) tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. A. Tashkulov 2005—2013 yillarda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2013—2017 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 avgustdagi farmoniga asosan A. Tashkulov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

2017 yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda edi.
Adliya vazirligi jamoasi Akbar Djurabayevichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida, mas'uliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Forwarded from Sevara Urinbayeva
#Tayinlov

Мухаммадиев Актам Зайниддинович Президент қарорига мувофиқ адлия вазирининг ўринбосари этиб тайинланди.

А. Мухаммадиев 1977 йилда Қашқадарё вилоятининг Китоб туманида туғилган, маълумоти олий, 1999 йилда Тошкент давлат юридик институти бакалавриат, 2001 йилда магистратура босқичини тамомлаган, мутахассислиги ҳуқуқшунос.

А. Мухаммадиев ўз меҳнат фаолиятини 2001 йилда Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг етакчи маслаҳатчиси лавозимидан бошлаб, вазирликнинг турли масъул лавозимларида ишлаган.

2017 йилдан бугунги кунга қадар Тошкент вилоят адлия бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият юритган.

Адлия вазирлиги жамоаси Мухаммадиев Актам Зайниддиновични ушбу тайинлов билан табриклайди ва уларнинг келгуси ишларида, масъулиятли лавозимларида муваффақият тилайди.

Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими
#Tayinlov

⚡️Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi

Adliya vaziri buyrug‘i bilan Omonov Abdulxamid Abduqaxxorovich Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Omonov Abdulxamid Abduqaxxorovich – 1985-yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti– oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi.

2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 2018-yilda Toshkent shahar Uchtepa tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimidan boshlab, Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda vazirlik tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

A.Omonov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi A.Omonovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
#Tayinlov

⚡️Адлия вазирига ўринбосар тайинланди

Абдусаттаров Тулкин Сайфуллаевич Президент қарорига мувофиқ адлия вазирининг ўринбосари этиб тайинланди
.

Т. Абдусаттаров 1978 йилда Жиззах вилоятида туғилган, маълумоти олий, 1999 йилда Самарқанд давлат университетини, 2003 йилда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетини, 2007 йилда Ўзбекистон миллий университетини тамомлаган, мутахассислиги ҳуқуқшунос.

У ўз меҳнат фаолиятини 2003 йилда Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси фалсафа ва ҳуқуқ институти кичик илмий ходими лавозимидан бошлаган.

2019 йил сентябрь ойидан Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк агентлиги директори лавозимида фаолият юритиб келган.

Адлия вазирлиги жамоаси Тулкин Сайфуллаевичга ушбу масъулиятли лавозимида муваффақият тилайди.
#Tayinlov

Toshkent shahar yuridik texnikumiga direktor tayinlandi.

Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Аliev Аzamat Hamraqulovich Toshkent shahar yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

A.Aliyev 1990-yilda Surxondaryo viloyatida tugʼilgan, maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Аzamat Hamraqulovich shu kunga qadar Toshkent shahar yuridik texnikum direktorining oʼquv ishlari boʼyicha birinchi oʼrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Аzamat Hamraqulovichni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Tayinlov

Toshkent shahar adliya boshqarmasida yangi
tayinlov amalga oshirildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Maxmasoliyev Bahrom Sobir o‘g‘li Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

B.Maxmasoliyev 1994-yilda Samarqand viloyatida tugʼilgan, maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

B.Maxmasoliyev shu kunga qadar Boshqarmaning huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi B.Maxmasoliyevni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Tayinlov

Adliya vaziriga yangi o'rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Nu'mon Usmonovich Muxammadiyev adliya vaziri o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nuʼmon Muxammadiyev 1982-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug'ilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 2004-yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. 2009–2013-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2016–2023-yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Nuʼmon Usmonovichning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube