Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Muhim
Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi
Joriy yilning 22- iyul kuni soat 16:00 da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi o‘tkaziladi.
Majlis kun tartibida 2022-yil birinchi yarim yilligida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarni muhokama qilish belgilangan.
Hay'at majlisida vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linma rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlari, adliya muassasalari rahbarlari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari va mas'ul xodimlari ishtirok etadi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_eslatma
💳Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtirishni unutmang!
Batafsil: 👆🏻👆🏻👆🏻videoda
Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
💳Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtirishni unutmang!
Batafsil: 👆🏻👆🏻👆🏻videoda
Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Muhim
📣 Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 16-iyul kuni soat 10-00 da Toshkent shahar adliya boshqarmasida intellektual mulkga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari uchun sayyor qabul tashkil etiladi.
Qabulda o‘z intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari murojaatlari oʻrganiladi hamda muammolarini hal etishga koʻmaklashiladi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim
Giyohvandlikdan qanday tuzalish mumkin? Shifokor bilan suhbat
Giyohvandlik qanday kasallik, uni uy sharoitida davolash mumkinmi, “o‘tirib qolish” qancha davom etadi, undan davolanish uchun nega maqbul fursat qachon, an’anaviy narkotik moddalarga qaraganda zamonaviy “tabletka”lar xavfsiz, ulardan qutulish osonmi, nima uchun yoshlar bu kasallikka moyil bo‘lmoqda, giyohvand moddalar bevosita ichki organlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi, bemorlar qanday davolanadi? Shu va shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari Furqat Bahromov javob berdi.
To‘liq video: 👉 https://youtu.be/B4eEYm7FL54
📌 Kanalga ulanish

#muhim_eslatma!
📢 Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga!
Adliya vazirligi ogohlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori talablariga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1-fevralgacha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etishlari shart.
Hisobot shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Hisobotlarni taqdim qilish Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (e-ngo.uz) orqali amalga oshiriladi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 239-moddasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘ladi.