Poytaxt_adliya
1.21K subscribers
5.61K photos
802 videos
19 files
3.63K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
#Adliya_tayinlov

Toshkent shahar Adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Muxammadiyev No‘mon Usmonovich Toshkent shahar Adliya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

N.Muxammadiyev 1982-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

N.Muxammadiyev o‘z faoliyatini 2004-yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Adliya vazirligining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_tayinlov

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.

Ushbu lavozimga adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Shoxrux Qudratjonovich Mamatqulov tayinlandi.

Shoxrux Mamatqulov 1992-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Shoxrux Qudratjonovich Mamatqulovni mazkur tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va muvaffaqiyat tilaydi!

Telegram | Facebook | Veb sayt