Poytaxt_adliya
1.21K subscribers
5.61K photos
802 videos
19 files
3.63K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
#Adliya_yangiliklari 📣

⚡️ Bugun Yakkasaroy tuman hokimligi binosida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
➡️Targ‘ibot tadbirida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi raisi, tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi, “Madad” NNT direktori va boshqa tegishli bo‘lim mas’ullari hamda tumandagi sovrindor sportchilar, iqtidorli yoshlar va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
🔼 Tadbir davomida Yakkasaroy tumani IIO FMBda Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha Idoralararo komissiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda voyaga etmaganlarni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular o‘rtasida jinoyachilikni oldini olish borasida olib borilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_yangiliklari 📣

📝 Respublikasi ishchi guruhining Shayxontohur tumanida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan sayyor sudi va uchrashuvi o‘tkazildi.
☑️Shayxontohur tumani, Bog‘ ko‘cha MFY hududida joylashgan 102-maktab majlislar zalida va Gulbozor MFYda Respublika ishchi guruhi a‘zolari tomonidan sektor rahbarlari, MFY mas’ullari, mahalla faollari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbir davomida jinoyatlarni kelib chiqish sabablari, bunga imkon bergan shart-sharoitlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir qilinayotgan jinoyatlar, psixotrop moddalarni iste’mol qilish qanday oqibatlarga olib kelishi hamda qanday javobgarlik keltirib chiqarishi haqida ma’lumot berildi, shu bilan birga sayyor sud majlisi ham tashkil etildi.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_yangiliklari
#Davlat_xizmatlari
#Fuqarolar_qabuli

Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazida fuqarolarnining xizmatlardan foydalanish va qabul qilish jarayonidan fotolavhalar.

Telegram: https://t.iss.one/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_tayinlov

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.

Ushbu lavozimga adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Shoxrux Qudratjonovich Mamatqulov tayinlandi.

Shoxrux Mamatqulov 1992-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Shoxrux Qudratjonovich Mamatqulovni mazkur tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va muvaffaqiyat tilaydi!

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari
#Davlat_xizmatlari
#Xalqaro_hamkorlik

Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi Barqaror va tezkor ijtimoiy ta’minot agentligi raisi Farid Mammadov boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekistondagi ishchi tashrif doirasida joriy yilning 19-oktabrida Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdilar.

Zamonaviy markazimizda fuqarolarga davlat xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ozarbayjonlik hamkasblarimiz tomonidan yuqori baholandi.

Muloqot davomida tomonlar aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini isloh qilish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga takomillashtirish xususida fikr almashdilar.

Telegram | Facebook | Veb sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yangiliklari
#Loyiha

📣 O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish taklif qilinmoqda

Batafsil videorolikda

Telegram | Facebook | Veb sayt