Resume - Laylo Sobir qizi.pdf
491 KB
Men kopirayterman. Tajribam salkam 4 yil
🔔 Bir vaqtning o‘zida 50 dan ortiq loyihalar uchun post yozganman va yoza olaman. Shu sababli, yana loyihalar izlayapman.
✅ Agar sizning jamoangizga:
➖ Tezkor;
➖ Tajribali;
➖ Real loyihalar bilan ishlagan;
➖ Brend TOV'iga mos postlar yozib beradigan kopirayter kerak bo‘lsa, menga bog‘laning.
✔️ Ssenariylar (she'riy, monolog, dialog);
✔️ Mana shu kabi loyihalarga mos SMM postlari;
✔️ Sayt uchun maqolalar (namuna);
✔️ PR maqolalar (namuna);
✔️ Katalog va naming uchun postlar, posterlar uchun o‘zgacha sarlavhalar yozib beraman;
✔️ Hamkorlarimning men haqimdagi fikrlari bu yerda;
✔️ Shaxsiy blogim ham bor;
✔️ Portfolio — @tongqizi11
📌 Rezyume, portfolio va men ishlagan loyihalar ro‘yxatini keltirdim. Samimiyat, jamoaviy ruh, halollikni qadrlayman. Berolgan qiymatimga yarasha jamoada o‘z o‘rnim bo‘lishini xohlayman.
📋 Hamkorlik uchun:
@Sobirqizi11
➖ Tezkor;
➖ Tajribali;
➖ Real loyihalar bilan ishlagan;
➖ Brend TOV'iga mos postlar yozib beradigan kopirayter kerak bo‘lsa, menga bog‘laning.
✔️ Ssenariylar (she'riy, monolog, dialog);
✔️ Mana shu kabi loyihalarga mos SMM postlari;
✔️ Sayt uchun maqolalar (namuna);
✔️ PR maqolalar (namuna);
✔️ Katalog va naming uchun postlar, posterlar uchun o‘zgacha sarlavhalar yozib beraman;
✔️ Hamkorlarimning men haqimdagi fikrlari bu yerda;
✔️ Shaxsiy blogim ham bor;
✔️ Portfolio — @tongqizi11
@Sobirqizi11
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1👏1
Forwarded from Qishloqlik kopirayter 🇺🇿
ISH TOPISH UCHUN SHPARGALKA
Tajriba asosida yozilgan yo‘riqnoma
1. Assalomu alaykum. Men Laylo Sobir qizi — 4 yillik tajribaga ega kopirayterman. Ushbu “shpargalka” ish izlash jarayonida men qo‘llagan va natija bergan real usullarga asoslanib tayyorlangan.
2. Bir vaqtning o‘zida 50 dan ortiq loyihalar uchun post yozganman va yoza olaman. Agar siz ham:
➖ Tezkor
➖ Tajribali
➖ Real loyihalar bilan ishlaydigan
➖ Brend TOV'iga mos postlar yozib beradigan kopirayter bo‘lsangiz yoki bo‘lishni istasangiz, ish topishingizga asqatadigan "shpargalka" sizga kerak bo‘lishi mumkin.
3. Ish topish usullarim bilan bo‘lishaman
❄️ Frilans sahifalarga e’lon bering:
Qisqa, lo‘nda, portfolio va kontaktlar bilan. (Ammo mening eʼlonim doim uzun bo‘lgan🙃)
❄️ Brendlarga o‘zingiz yozing:
Kontentini kuzating, taklif bering, ammo sahifasining yuritilishini yomonlamang.
"Assalomu alaykum. Men kopirayterman. Tajribam 1 oy+. Yanada ko‘proq loyihalar bilan ishlab sohada kuchli mutaxassis bo‘lmoqchiman. Sizlarga o‘z xizmatimni taklif etaman. Agar bu sizga qiziq bo‘lsa, ijobiy javob kutaman. Quyida resume va portfoliomni qoldiraman" — qabilida yozsangiz ham bo‘ladi. Portfoliongizda faqat ustozingiz bergan topshiriqlar bo‘lmasin. Yo‘lingizda uchragan mahsulot yoki xizmatga o‘zingiz yozavering. Sinov uchun berilgan tzlarni ham joylab boring.
❄️ SMM olamidagi, marketolog va shu kabi tanishlaringizdan tavsiya qilishlarini so‘rang:
Yaqin do‘stlar orqali “tanishtirib yubor” tizimi ham sizga qo‘l kelishi mumkin.
❄️ Portfolioni muntazam yangilab boring. Avvalgi mijozlar bilan aloqa saqlab turing – bir kuni ularning o‘zlari qayta aloqaga chiqishlari ehtimoli katta. Menda shunday bo‘lgan. Kopirayter izlagan bir insonga taklifnoma bo‘yicha yozib berdim. Qisqagina edi va ko‘p vaqtim ketmadi. Pulini o‘tkazib bermoqchi bo‘lganda, shart emas, roziman dedim va oradan 5-6 oy o‘tib o‘sha inson menga ish taklif qildi. Albatta yaxshigina maosh evaziga...
❄️ Bonus tavsiyalar va yordamlar berib boring. Masalan, men doim:
➖ Sahifani shablonlashtirishga;
➖ Bio, shapka kabilarda yordamlashishga;
➖ Slogan topishga yordamlashaman. Sahifani o‘rganib chiqib, o‘z takliflarimni beraman.
📌 Rezyume va portfolio tayyorlash bo‘yicha mini-tiplar:
— Portfolioga: 5–10 ta (iloji bo‘lsa, tepada aytganimdek, ko‘proq yozib) turli formatdagi ishlaringizni joylashtiring;
— Rezyumengiz aniq bo‘lsin. Canva ilovasida o‘zingiz yasab olsangiz ham bo‘ladi. Tajribangiz, egallagan lavozimlar, ishlagan brendlaringiz aniq ko‘rsatilgan bo‘lsin.
🖇️ Yakuniy so‘z:
Ushbu shpargalkadagi har bir qadam sinovdan o‘tgan. Sizda ham ishlashi mumkin. Yana savollar bo‘lsa, izohlarga yozing. Imkon boricha javob berishga harakat qilaman.
Aytgancha, vakansiyalarga yozishda rad etilsangiz, hech qachon stressga tushmang! 50 marta rad etilgan bo‘lsangiz, 51-martasida sizni qabul qilishlari mumkindir ehtimol. Faqat taslim bo‘lmang! Kopiraytingda ish ko‘p, topishda birozgina ter to‘ksangiz kifoya. Ana o‘shandan keyin sizni o‘zlari izlab kelishadi.😉
Tajriba asosida yozilgan yo‘riqnoma
1. Assalomu alaykum. Men Laylo Sobir qizi — 4 yillik tajribaga ega kopirayterman. Ushbu “shpargalka” ish izlash jarayonida men qo‘llagan va natija bergan real usullarga asoslanib tayyorlangan.
2. Bir vaqtning o‘zida 50 dan ortiq loyihalar uchun post yozganman va yoza olaman. Agar siz ham:
➖ Tezkor
➖ Tajribali
➖ Real loyihalar bilan ishlaydigan
➖ Brend TOV'iga mos postlar yozib beradigan kopirayter bo‘lsangiz yoki bo‘lishni istasangiz, ish topishingizga asqatadigan "shpargalka" sizga kerak bo‘lishi mumkin.
3. Ish topish usullarim bilan bo‘lishaman
Qisqa, lo‘nda, portfolio va kontaktlar bilan. (Ammo mening eʼlonim doim uzun bo‘lgan🙃)
Kontentini kuzating, taklif bering, ammo sahifasining yuritilishini yomonlamang.
"Assalomu alaykum. Men kopirayterman. Tajribam 1 oy+. Yanada ko‘proq loyihalar bilan ishlab sohada kuchli mutaxassis bo‘lmoqchiman. Sizlarga o‘z xizmatimni taklif etaman. Agar bu sizga qiziq bo‘lsa, ijobiy javob kutaman. Quyida resume va portfoliomni qoldiraman" — qabilida yozsangiz ham bo‘ladi. Portfoliongizda faqat ustozingiz bergan topshiriqlar bo‘lmasin. Yo‘lingizda uchragan mahsulot yoki xizmatga o‘zingiz yozavering. Sinov uchun berilgan tzlarni ham joylab boring.
Yaqin do‘stlar orqali “tanishtirib yubor” tizimi ham sizga qo‘l kelishi mumkin.
— Portfolioga: 5–10 ta (iloji bo‘lsa, tepada aytganimdek, ko‘proq yozib) turli formatdagi ishlaringizni joylashtiring;
— Rezyumengiz aniq bo‘lsin. Canva ilovasida o‘zingiz yasab olsangiz ham bo‘ladi. Tajribangiz, egallagan lavozimlar, ishlagan brendlaringiz aniq ko‘rsatilgan bo‘lsin.
Ushbu shpargalkadagi har bir qadam sinovdan o‘tgan. Sizda ham ishlashi mumkin. Yana savollar bo‘lsa, izohlarga yozing. Imkon boricha javob berishga harakat qilaman.
Aytgancha, vakansiyalarga yozishda rad etilsangiz, hech qachon stressga tushmang! 50 marta rad etilgan bo‘lsangiz, 51-martasida sizni qabul qilishlari mumkindir ehtimol. Faqat taslim bo‘lmang! Kopiraytingda ish ko‘p, topishda birozgina ter to‘ksangiz kifoya. Ana o‘shandan keyin sizni o‘zlari izlab kelishadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1👏1
-2147483648_-212853.jpg
46.4 KB
Prays 💳
🌚 Bo‘lajak "matvassa"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5🔥4🤩2
Forwarded from Al-sahiyuz
"Obbooo, yana uyqusizlik... Jongayam tegdi!"
— deganlar uchun maxsus
😴 21st Century brendidan Melatonin 3 mg — tabiiy uyquga qaytish yo‘lida yordam beradi.
✔️ 90 ta tabletka;
✔️ GMO va glutensiz;
✔️ Har kuni yotishdan oldin 1 dona ichiladi;
✔️ Uyqu sifatini yaxshilaydi va tinchlantiradi
🙂 Al-Sahiy — barchasi bir nuqtada!
🔔 Yangiliklarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo'ling!
📷 Instagram💬 Telegram💬 Facebook📍 Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🥰1🎉1
Ko‘tara tarvuzlar bor 🍉
➖ Chet elga eksport qilishga;
➖ Ichki bozorga tarqatishga tarvuzlar kerak bo‘lsa, bog‘laning.🍉
Manzil: Ko‘kdala tumani.
Bog‘lanish:
📞 (99)660-91-08
📝 @T_Umirov
➖ Chet elga eksport qilishga;
➖ Ichki bozorga tarqatishga tarvuzlar kerak bo‘lsa, bog‘laning.
Manzil: Ko‘kdala tumani.
Bog‘lanish:
📞 (99)660-91-08
📝 @T_Umirov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩3❤1
Forwarded from Al-sahiyuz
Tovasiz oshxona — eshiksiz uydek go‘yo! 🍳
🍳 Shunday emasmi, begoyimlar?! Oshpazlik mahoratini ishga solishda, bir-biridan shirin quymoqlarni va hattoki tort tayyorlashda ham asqatadigan tovalar Al-Sahiy'da sizni kutmoqda!
🍳 Endi "quymog‘im yopishib qoldi, o‘xshab chiqadigan retsept qaysi?" — deb, kayfiyatingiz buzilmaydi. Kukmara tovalari — jon rohati!
💵 Bizda 1 000 000 so‘mdan oshgan xaridlarga 20% chegirma tayyor!
🔔 Yangiliklarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo'ling!
🙂 Al-Sahiy — barchasi bir nuqtada!
🔔 Yangiliklarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo'ling!
📷 Instagram💬 Telegram💬 Facebook📍 Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2
Yo‘lda sen ishlagan va post yozgan brendlarni ko‘rsang, o‘zgacha faxr hissini tuyarkansan 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰3❤1🔥1
#Zomin_seminari_2025
Tog‘dan tog‘dek ilhom bilan...
7 yil. Kim uchundir uzoq, kim uchundir arzimasgina tuyulgan yil. Men bu kunni 2018-yildan buyon kutganman. Ishtirokchi tengdoshlarimga, ijodkorlarga havas bilan boqqanman. Shukrki, bu havasim haqiqatga aylandi. Endi men ham bu seminar anjumanning ishtirokchisiman!
Onalik va boshqa vazifalar deb ijod olamimda birmuncha sokinlik muhiti hukm surayotgandi. To‘g‘ri, yozardim, ammo avvalgiday tez-tez emas! Hozir-chi? Seminar davom etayotgan davr oralig‘ida ilhomim qaynadi. Ko‘hna tog‘lar bag‘rida ko‘hna va zalvori baland dardlar, muammolarni olib chiqib, yechim bera oladigan asarlar yoza olishim uchun kuch olib keldim.
Ustozlarimiz Kenesboy Karimov, Maʼmura Zohidova, Nurilla Choriyevlardan ham hikoyalarimizning har biriga astoydil fikr bildirganlaridan minnatdorman. Garchi nasr yo‘nalishidan qatnashgan bo‘lsamda, bu qalbim nazmga ham, bolalar adabiyoti-yu sarguzashtlarga ham hamohang ekanini chuqur anglayman. Nazmdagi "bir patnis baxt" jumlalarimga ijobiy baho qo‘ygan ustoz Sirojiddin Sayyidning fikrlari meni judayam ruhlantirdi. Yozishdan to‘xtab qolay deganimda, so‘zlari bilan ilhomimga cho‘g‘ qalagan, yozishdan to‘xtamasligimni bot-bot takrorlagan Ustoz G‘ulom Abdiyevga esa alohida tashakkurlarim bor! Anglamim shu: adabiyot, ijod — yurak davosi!
Ruhim tog‘dek... Endi o‘z missiyamni bilaman. Endi qaysi ruhda davom etishni, yozarlarim aynan kimlar uchun kerakligini yurakdan his etib qaytdim. Ustozlarning mahorat darslari, bebaho xazinaga teng tavsiyalari bizning ijod yo‘limizni quyosh misoli yoritib turishi shubhasiz. Zomin tog‘larida kechgan har bir lahzam uchun minnatdorman! Biz — ustozlar, yoshlar, O‘zbekiston xalqi — birgalikda katta kuchmiz! Biz olamga nafi tegadigan, yuraklarga ezgulik urug‘ini qaday oladigan, go‘zallik ulashadigan asarlar yarata olamiz!
***
Yoningga men uzoq yo‘l bosib keldim,
Ko‘kdalam bag‘ridan tashladim qadam.
Hali hayratlarim o‘lmagan — bildim,
Demak, to‘xtamasdan yozurman men ham!
Toshlar diyorida ajib yashillik,
To‘yib sipqoraman tog‘ning havosin.
Eng katta anglamim mustahkamlandi
Adabiyot, ijod — yurak davosi!
Qalb degan buloqda qaynamish so‘zlar,
Ruhim chaqnoqlari quyoshdan yorqin.
Bu yasham, bu anglam, bu ilhom uchun,
Senga tashakkurlar aytaman, Zomin!
Bekmurodova Laylo Sobir qizi
Zomin seminari ishtirokchisi
(Qashqadaryo viloyati)

❤6🔥3🥰3