TKTI.UZ | Rasmiy kanal
5.81K subscribers
34.9K photos
2.3K videos
515 files
7.92K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-34
📩 [email protected]
https://tkti.uz
AntiKorrupsiya: +998954798086
t.iss.one/TKTIantikorrupsiya_bot
t.iss.one/TKTI_rektoriga_murojaatbot

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
#Xizmat_safari
#Mahalla_yettiligi
#Metodik_koʼmak

✔️Hududlarda "Mahalla yettiligi" faoliyatiga ko'maklashish, "davlat organlarining mahallaga tushib ishlash" tamoyilini joriy etish orqali aholi muammolarini mahallalarning o'zida hal etish maqsadida vazirlik, idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanib ishchi guruh a'zolarini hududlarga chiqish vazifasi belgilandi.

🇺🇿 Jumladan O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi maslahatchisi Murodov Sobur G'anievich hamda Toshkent kimyo texnologiya instituti birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich Jizzax viloyatiga ishchi guruh rahbarlari sifatida biriktirilgan.

➡️Ishchi guruh vakillari hokimliklar bilan birga Jizzax viloyatidagi 309 ta MFY dagi mahalla yettiligini joylarga chiqib  quyidagi ishlarni tashkil etish vazifasi belgilangan.

-"mahalla yettiligi" va faollari bilan muloqotlar tashkil etib, ularga tashkiliy-uslubiy ko'maklashish;

-aholi muammolarini o'rganish va mahallalardagi tizimli muammolarning yechimi bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

-mahallalarni ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish, jinoyatchilik va oilaviy ajrimdan xoli hududga aylantirish bo'yicha ishlash mexanizmi aniq ko'rsatilgan manzilli dasturlar loyihasini ishlab chiqish va tadbiq etish masalalari qo'yilgan bo'lib ishchi guruh vakillari Jizzax viloyatining Yangiobod va Zarbdor tumanlarida joylashgan 32 ta MFY yettiliglari bilan uchrashib metodik tavsiyalar va takliflar berildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔝 Ta'lim va innovatsion ishlab chiqarish integratsiyasi

👩‍🎓 2025-yil 4-aprel sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistrantlari uchun “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” hududida joylashgan “BCG GROP OʻZ” MChJ korxonasida darslar amaliy seminar tarzida oʻtkazildi.

🔝 Dars jarayonida korxonaning yetakchi mutaxassislari talabalarni korxona faoliyatining muhim jihatlari bilan tanishtirdilar.

Bu korxona professional va xoʻjalik kimyo vositalari:

Yuvish gellari, oshxona tozalagichlari, oyna va pol tozalagichlari, shisha, plastmassa va nometallni tozalash vositalari, gipoalergik suyuq sovunlar, unitaz va vannalar uchun zang inhibitorlari ishlab chiqaradi.

Tadbir quyidagi jihatlari bilan:

Real ishlab chiqarish liniyalarida kimyoviy jarayonlarni kuzatish;
Mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalashning amaliyotini oʻrganish;
Korxonaning yetakchi mutaxassislari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish imkoniyatilari bilan talabalar uchun foydali boʻldi.

⚡️ Ushbu amaliy seminar zamonaviy kimyo sanoatining talablariga mos malakali mutaxassislar tayyorlashda muhimdir. Korxona texnologiyalari bilan tanishuv talabalarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki kreaktiv fikrlash qobiliyatlarini ham shakllantishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"KITOB O'QISH MARAFONI"

📚 Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on etishi, inson umriga nurafshonlik baxsh etib, ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan.

🌎 Uni keng targ‘ib etish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan farmoyish va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti tyutorlari tomonidan 3-bosqich talabalari bilan birgalikda "Kitob o'qish marafoni "doirasida "Kitob bilan do'stlashaman" mavzusi asosida davra suhbati tashkil etildi.

📖 Darhaqiqat, kitob — ma'naviy ozuqa,estetik zavq, o‘zbek xazinasidan joy olgan noyob va durdona asarlar to‘plamlari esa talaba yoshlarda ona vatanga mexr-muhabbat, sodiq farzand bo‘lishga undaydi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-2026 TKTIda ta'lim granti qayta taqsimoti.xlsx
14.2 KB
👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026 o‘quv yilida taʼlim granti sonini 2-kursga o'tadigan kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha talabalar sonidan kelib chiqib bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), taʼlim tili kesimida toʻliq taʼlim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantiga ajratgan holda qayta taqsimlash parametrlar tasdiqlandi.

Batafsil 👉 https://tkti.uz/uz/posts/navbar/grantlarni-qayta-taqsimlanishi/

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM