ITS-2025. Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi.
1.14K subscribers
1.36K photos
64 videos
45 files
454 links
🇺🇿Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyining RASMIY SAHIFASI.
🖊
@HumoyunAkramov
☎️
+998900640562 Humoyun

Manzil: Yunusobod 3-mavze 7-uy (Megaplanet)
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#mandat #akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh
: 👉https://t.iss.one/eduuz/23710

Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🎉7👌3❤‍🔥11🤩1
Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalari bilan tanishdingizmi?
Anonymous Poll
84%
Ha
16%
Yoʻq
🔥21
⚡️Akademik litseylarga o'qishga qabul qilingan barcha o'quvchilarni Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi rahbariyati tomonidan tabriklaymiz.

❇️Akademik litseyga o'qishga tavsiya etilgan o'quvchilar yana bir marrani zabt etib, bilim olish uchun qilayotgan intilishingiz kelajakda albatta natijasini beradi. Ota-onanggiz ishonchini oqlab yana bir bor talaba bo'lish uchun qo'ygan qadamingiz qutlug' va bardavom bo'lsin. TABRIKLAYMIZ.

❗️Akademik litseyga o‘qishga tavsiya etilmagan o'quvchilar bu faqat bir imkoniyat edi, hayotda esa imkoniyatlar ko'p bo'ladi. Muhimi-o'qishni, o'z ustingizda ishlashni davom ettiring.

📌 O'qishga qabul qilingan o'quvchilarga qanday hujjatlar topshirish va qo'shimcha ma'lumotlar ushbu kanalda elon qilinadi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyiga qabul qilingan o'quvchilar ro'yxati tez orada guruhga yuboriladi.

🌐Toshkent kimyo texnologiya instituti akademik litseyi RASMIY SAHIFASI
17🥰4👍2🔥2🤩1😍1