Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
104K subscribers
7.64K photos
908 videos
97 files
4.41K links
Murojaat uchun telefonlar:
📞+998 55 452-77-77 / 95-412-07-07

Faoliyatga doir savol, taklif va murojaatlarni 👉 @TISU_bot manziliga yo‘llashingiz mumkin.

Rektorga murojaat: @TISU_rektor_bot
Download Telegram
📣DIQQAT E’LON

🎓Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Indoneziya Ta'lim Universitetida (Universitas Pendidikan Indonesia) Tibbiyot fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan 8 haftalik amaliyot dasturini e’lon qiladi!

✔️ Ishtirok etish shartlari:

Tibbiyot yo'nalishining 2-bosqich yoki undan yuqori bosqichlarida tahsil olayotgan bo‘lishi lozim;

Ingliz tilidan B2 darajasidan kam bo‘lmagan sertifikatga ega bo‘lishi (IELTS, TOEFL, CEFR va h.k.);

Tibbiyot fanlari bo‘yicha yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA)ga ega bo‘lishi kerak.

💡 Eslatma: Amaliyot dasturi bo‘yicha barcha xarajatlar qoplab beriladi!


🗓 Hujjatlar topshirishning so‘nggi muddati:
18-avgust sanasi, 2025-yil.

📍 Hujjatlar qabul qilish manzili:

❗️Universitetning asosiy binosida joylashgan Xalqaro aloqalar bo‘limi, 421-xona

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Termiz iqtisodiyot va servis universiteti sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!

✔️ 58 ta zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari mavjud;

✔️ Stipendiya va grant dasturlari bilimli va iqtidorli yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi;

✔️Akademik mobillik dasturlari orqali o‘qish davrida xorijdagi OTMlarda malaka oshirish imkoniyatini beradi;

✔️ Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni - nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlaydi;

✔️ Xalqaro maydonda yetakchi kadr bo‘lish imkoniyati – xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlanadi.


📌Zamonaviy va professional ta'lim uyg'unligi mujassam bo'lgan TISU bilan o'z kelajagingizni yarating!

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
62
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarining diplomida farq bormi?

O‘zbekistonda litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan har qanday xususiy oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan diplom — davlat OTMlari diplomi bilan teng yuridik kuchga ega - O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 31-moddasi.


⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
👍2713🤩51
Bugun 31-iyul haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳Afrika ayollari kuni.
🌏Butunjahon reynjerlar kuni.
🌍Xalqaro qutqaruvchilarni qadrlash kuni.
🇮🇷Eron – Donorlar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1498 – Xristofor Kolumbning uchinchi ekspeditsiyasi Trinidad orolini kashf etdi.
🔹1962 – Dar-us-Salom (Tanzaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan Butun Afrika Afrika konferensiyasida bu kun Afrika ayollari kuni deb eʼlon qilindi.
🔹2008 – AQShda NASA Mars sayyorasida suv kashf etilganini eʼlon qildi.

#tavalludlar
🔹1912 – Habib Abdullayev – o‘zbek geologi, O‘zFA akademigi va prezidenti.
🔹1912 – Milton Fridman – amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi
🔹1965 – Joan Ketlin Rouling – ingliz yozuvchisi, Garri Potter kitoblarining muallifi.
🔹1989 – Viktoriya Azarenko – belarussiyalik tennischi, jahonning sobiq birinchi raketkasi.

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#Dolzarb_90_kun

🎓Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, yoshlarda san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida rassomchilik to‘garagi faoliyat yuritmoqda.

Mashg‘ulotlarda talabalar rassomchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini oshirishmoqda. Xususan, resin art (epoksid smoladan san’at asarlari yaratish) yo‘nalishida talabalar smoladan turli xil dekorativ buyumlar yasashni o‘rganishmoqda. Bu esa nafaqat ularning ijodiy tafakkurini kengaytiradi, balki amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Yangi soʻz va atamalar ro'yxati.pdf
225 KB
⚡️40 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga binoan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Аванс >>> Boʻnak
Автопилот >>> Avtoboshqaruv
Айсберг >>> Muztogʻ
Бодикамера >>> Yonkamera
Брызговик >>> Loytoʻskich
Внедорожник >>> Yoʻltanlamas
Дискуссия >>> Bahs, munozara
Доставка >>> Yetkazish
Зона >>> Hudud
Карвинг >>> Oʻymabezak
Конфиденциал >>> Maxfiy
Кластер >>> Klaster
Коворкинг >>> Ish markazi
Коловорот >>> Qoʻlparma
Коридор >>> Yoʻlak
Котлован >>> Xandaq
Лебёдка >>> Chigʻir
Лидер >>> Yoʻlboshchi, yetakchi
Линк >>> Havola
Маркировка >>> Tamgʻalash
Маршрут >>> Yoʻnalish
Мастер класс >>> Mahorat darsi
Мотивация >>> Ruhlantirish, ragʻbat
Навигатор >>> Yoʻllagich
Наждак >>> Qumqogʻoz
Оправа >>> Gardish
Отвёртка >>> Buragich
Парол >>> Oʻron
Переплёт >>> Muqovalash
Полик >>> Toʻshama
Портфолио >>> Yigʻmajild
Прогрессив >>> Ilgʻor
Растушевка >>> Qoshpardoz
Светофор >>> Yoʻlchiroq
Силлабус >>> Ishchi dastur
Смарт >>> Aqlli
Челленж >>> Chorlov
Шуруп >>> Buramamix
IT парк >>> AT parki (Axborot texnologiyalari parki)
IT технологиялари >>> Axborot texnologiyalari (AT)

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍9🤩21
🎓 Talabalik baxtini his etdingizmi?

📚 Kontrakt asosida qabul qilindingizmi?

💸 Endi tahsil olish yanada oson!
O‘zsanoatqurilishbank orqali sizga ta’lim krediti ajratiladi!


➡️BATAFSIL

📌 SQB bank tomonidan taqdim etilayotgan ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

✔️ Xotin-qizlar uchun esa kredit FOIZSIZ!

❗️ Bunda, xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun ajratilgan ta’lim krediti boʻyicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.


📍🎓 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti — Sizning kelajagingizga yo‘l ochadi!

🏦 To‘lov rekvizitlari:
🔹 20208000805568092001 – O‘zsanoatqurilishbank bosh ofisi
🔹 20208000305568092004 – O‘zsanoatqurilishbank bosh ofisi
📌 MFO: 00440
📌 INN: 309861576

📞 Batafsil ma’lumot uchun 1180 raqami bilan bog‘laning!

📈 Orzularingizni keyinga surmang – hoziroq harakatni boshlang!

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2
#Dolzarb_90_kun_loyihasi

🎨"Yurtim jamoli" – Tasviriy san’at ko‘rik-tanlovi!

🎓Termiz iqtisodiyot va servis universiteti miqyosida talabalar o‘rtasida “Yurtim jamoli” nomli tasviriy san’at asarlari kо‘rik-tanlovi e’lon qilinadi!

✔️Tanlovda universitetning barcha bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

🎯Ko‘rik-tanlovga taqdim etiladigan asarlar A1 formatida (594x841 mm) bo'lishi va quyidagi mavzularni yoritishi lozim:

Yurtimizning tarixiy obidalari;

E’tiborga sazovvor bo‘lgan maskanlar;

Millatimizning madaniy boy merosi;

❗️San'at asarlari quyidagi mezon asosida baholanadi:

g’oya va mavzu kreativligi – 30ball;

ranglar uyg’unligi, estetik ta’sir – 30 ball

texnika va ishlov sifati – 40 ball

🏆G’oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin: 5 million so‘m;

🥈2-o‘rin: 4 million so‘m;

🥉-o‘rin: 3 million so‘m;

🎨Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar joriy yilning 10-iyul sanasidan 31-avgust sanasiga qadar yuqorida ko‘rsatilgan talablar asosida rasm chizishlari lozim.

🗓Tanlov natijalari 25-sentabr kuni ko'rgazma shaklida tashkil etiladi va g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanadi.

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1
💯12👍3❤‍🔥2🏆21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bakalavr mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

❗️Bakalavr ta'lim yo'nalishlari:

✔️Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti:

🔹Iqtisodiyot;
🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
🔹Buxgalteriya hisobi;
🔹Bank ishi;
🔷Soliqlar va soliqqa tortish;
🔹Matematika
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari;
🔹Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
🔹Turizm va mehmondo‘stlik;


✔️Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti:

🔹Xorijiy til va adabiyoti;
🔹Boshlang'ich ta'lim;
🔹Psixologiya;
🔹Maktabgacha ta'lim;
🔹Filolgiya va tillarni o’qitish (tillar bo‘yicha) O’zbek tili
🔹Filolgiya va tillarni o’qitish (tillar bo‘yicha) Rus tili
🔹Filolgiya va tillarni o’qitish (tillar bo‘yicha) Ingliz tili
🔹Jismoniy madaniyat;
🔹Tarix;
🔹Texnologik ta'lim

✔️Tibbiyot fakulteti

🔹Davolash ishi;
🔹Stomatologiya;
🔹Farmatsiya;
🔹Pediatriya ishi;
🔹Biologiya

❗️Magistratura mutaxassisliklari:


🔹Iqtisodiyot
🔹Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti
🔹Tarix
🔹Matematika
🔹Morfologiya
🔹Urologiya
🔹Stomatologiya
🔹Terapiya
🔹Xirurgiya
🔹Akusherlik va ginekologiya
🔹Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
🔹Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo'yicha)
🔹Davlat moliyaviy nazorati va auditi.

❗️Tibbiyot yo‘nalishining klinik ordinatura bosqichida quyidagi mutaxassisliklar mavjud:


🔹 Akusherlik va ginekologiya
🔹 Anesteziologiya va reanimatologiya
🔹 Nevrologiya
🔹 Kardiologiya
🔹 Terapiya
🔹 Endokrinologiya
🔹 Dermatovenerologiya
🔹 Xirurgiya
🔹 Otorinolaringologiya (LOR)
🔹 Oftalmologiya
🔹 Travmatologiya
🔹 Urologiya
🔹 Yuz-jag‘ jarrohligi
🔹 Bolalar stomatologiyasi
🔹 Ortopedik stomatologiya
🔹 Terapevtik stomatologiya
🔹 Neyroxirurgiya
🔹 Tibbiy radiologiya
🔹 Umumiy onkologiya
🔹 Pediatriya

📌Zamonaviy va professional ta'lim uyg‘unligi mujassam bo‘lgan TISU bilan o‘z kelajagingizni yarating!

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2❤‍🔥1
#Dolzarb_90_kun_loyihasi

📣 "Yosh iste’dodlar" estrada va xalq qo‘shiqlari tanlovi

🎤 Qo‘shiq kuylash san’atiga qiziqasizmi?

🎯U holda bu tanlov aynan siz uchun!

🎓 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti miqyosida talabalar o‘rtasida “Yosh iste’dodlar” nomli estrada va xalq qo‘shiqlari tanloviga start berildi.

✔️O'z ijod namunangizni videoga olib quyidagi havolaga yuborishingiz lozim.

➡️HAVOLA

🎶 Tanlov yo‘nalishlari:
✔️ Pop
✔️ Jazz
✔️ Klassika
✔️ Folklor (xalq qo‘shiqlari)

🚀 Ishtirok etish shartlari:

🎥 Tanlovda qatnashish uchun 3 daqiqa davom etadigan videorolik tayyorlashingiz kerak.

📱 Video sifatli, jonli ijroda bo‘lishi zarur.

👤 Individual yoki guruh bo‘lib qatnashish mumkin.

🗓 Oxirgi topshirish muddati: 2025-yil 10-sentabr soat 23:00 ga qadar davom etadi.

🏆G‘oliblarni e'lon qilish va taqdirlash marosimi 25-sentabr sanasida bo‘lib o‘tadi.

📊 Baholash mezonlari:

Ovoz, intonatsiya, ohangdorlik – 30 ball
Sahna madaniyati, ifoda va chiqish uslubi – 30 ball
Ijodiy yondashuv (aralash janr, improvizatsiya, milliylik elementi) – 40 ball

🏆 G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:


🥇 1-o‘rin – 5 million so‘m
🥈 2-o‘rin – 4 million so‘m
🥉 3-o‘rin – 3 million so‘m

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Dolzarb_90_kun_loyihasi

🎭“Aktyor talaba” videoroliklar tanlovi

🎓Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari o‘rtasida “Aktyor talaba” nomli videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!

📌 Mavzu: “Adiblar hayoti”

Videoroliklar davomiyligi: 5 daqiqa

❗️Videorolikda har bir ishtirokchi shaxsan ishtirok etishi va o'zining aktyorlik mahoratini namoyon qilishi shart.


✔️Tanlovda siz quyidagi jihatlarni aks ettirishingiz kerak:

Ma’lum bir adib shaxsiyatini ochib berish;

Adibning hayoti va ijodi haqida lavha;

Adibning ijodidan namunalar (monolog, she’r)

❗️ Baholash mezonlari:

G’oya va mavzu kreativligi – 30 ball

Aktyorlik mahorati – 40 ball

Emotsional ta’sir – 30 ball

🏆 G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 4 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m

📌 Videoroliklarni 10-sentabr soat 23:00 ga qadar quyidagi havolaga yuborishingiz mumkin.⬇️

➡️HAVOLA

🗓G‘oliblarni e'lon qilish va taqdirlash marosimi 25-sentabr sanasida bo‘lib o‘tadi.

📌 Ijodkor va iqtidorli talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22
🇹🇷 "Young Economic Security Forum"ga ishtirok etish uchun ariza qabul qilinmoqda!

🗓 Tadbir sanasi va joyi: 17-19 -avgust kunlari 2025-yil, Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadi.

🎯 Maqsad: Yoshlarni iqtisodiy xavfsizlik, global iqtisodiy tendensiyalar va innovatsion yechimlar bilan tanishtirish.

🌍Ishtirokchilar: Iqtisodiyot yo'nalishi talabalari

Qatnashish shartlari:

Yosh chegarasi: 18-35 yosh.

Iqtisod, biznes, xalqaro munosabatlar yoki tegishli yoʻnalishlarda taʼlim olish.

Ingliz tilida yetarlicha bilim (til bilish sertifikatiga ega bo'lish).

📝 Ariza topshirish:

➡️Rasmiy saytga kirish

CV va motivatsion xatni yuklash (mavzu boʻyicha qiziqishni koʻrsatib).

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 31-iyul sanasi 2025-yil.

✈️ Xarajatlar: Tanlovdan oʻtgan ishtirokchilar uchun yashash va ovqatlanish toʻliq qoplanadi.

📩 Savollar uchun: Universitet asosiy binosining 421- xonasi Xalqaro aloqalar boʻlimiga murojaat qiling.

🌐 Foydali havola: Tadbir tafsilotlari

🔔 Xalqaro tajriba orttirish, yangi bilimlar olish va aloqalar o'rnatish uchun ajoyib imkoniyat. Barcha qiziqqan talabalarga arizalarni tezroq topshirish tavsiya etiladi!

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
🎯 SAT kurslari endi TISUda!

📍 Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Til markazida"

🎓 Termiz iqtisodiyot va servis universitetida SAT (Scholastic Assessment Test) imtihonlariga tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi!

📌 Ma’lumki, universitetda IELTS imtihonlari Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli o‘tkazilib kelinmoqda. Endilikda esa viloyatimizda birinchilardan bo‘lib SAT kurslari ham faoliyatini boshladi!

📘 SAT nima?
SAT — tanqidiy fikrlash, mantiqiy tahlil va akademik tayyorgarlik darajasini baholovchi xalqaro test bo‘lib, u matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha olinadi. Imtihon natijalari AQSh, Singapur, Turkiya, Gonkong, Yaponiya kabi ko‘plab mamlakatlarning nufuzli universitetlariga kirishda muhim rol o‘ynaydi.


👩‍🏫 Kurslar kim tomonidan olib boriladi?
Mashg‘ulotlarga 2025-yil SAT imtihonidan 1450 ball to‘plagan Nozima Yuldosheva rahbarlik qiladi!

📞 Bog‘lanish uchun: +998 93 926 78 58
📍 Kurslar haqida to‘liq ma’lumotni universitet asosiy binosining 421-xonasi Xalqaro aloqalar bo‘limidan olishingiz mumkin.

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#only_tisu

Sizchi, siz qayerni bitirgansiz?😀

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩102❤‍🔥2
🎓Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bakalavr mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

❗️Bakalavr ta'lim yo'nalishlari:

✔️Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti:
🔹Iqtisodiyot;
🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
🔹Buxgalteriya hisobi;
🔹Bank ishi;
🔷Soliqlar va soliqqa tortish;
🔹Matematika
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari;
🔹Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
🔹Turizm va mehmondo‘stlik;


✔️Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti:
🔹Xorijiy til va adabiyoti;
🔹Boshlang'ich ta'lim;
🔹Psixologiya;
🔹Maktabgacha ta'lim;
🔹Filolgiya va tillarni o’qitish (tillar bo‘yicha) O’zbek tili
🔹Filolgiya va tillarni o’qitish (tillar bo‘yicha) Rus tili
🔹Filolgiya va tillarni o’qitish (tillar bo‘yicha) Ingliz tili
🔹Jismoniy madaniyat;
🔹Tarix;
🔹Texnologik ta'lim

✔️Tibbiyot fakulteti
🔹Davolash ishi;
🔹Stomatologiya;
🔹Farmatsiya;
🔹Pediatriya ishi;
🔹Biologiya

❗️Magistratura mutaxassisliklari:

🔹Iqtisodiyot
🔹Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti
🔹Tarix
🔹Matematika
🔹Morfologiya
🔹Urologiya
🔹Stomatologiya
🔹Terapiya
🔹Xirurgiya
🔹Akusherlik va ginekologiya
🔹Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
🔹Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo'yicha)
🔹Davlat moliyaviy nazorati va auditi.

📌Zamonaviy va professional ta'lim uyg‘unligi mujassam bo‘lgan TISU bilan o‘z kelajagingizni yarating!

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍1