The Bookfather
2.59K subscribers
473 photos
63 videos
33 files
1.2K links
© Темур Тангриберганов.
✍️Ношир, таржимон, китобхон
📚*Танланган китоблар
✂️*Танқид ва таҳлил
📝*Тақриз ва тавсия
♻️*Тил ва таржима
⚜️*Тарих ва тафаккур
📽*Тасвирий санъат, кино
Download Telegram
​​Coca cola va biz

Bu kompaniyaning reklamalariga doim tan berganman. Coca cola mana bir asrdan ortiq vaqt o'tdiki, dunyo aholisini o'ziga bog'lab qo'ygan. Uning zararli ekanini bilsak ham tushlik va kechki ovqatimiz, bazm va to'ylarimiz, yozgi chanqoqlarimiz usiz o'tmaydi.

Coca colaga mubtalo bo'lgan qanchadan qancha tanishlarim bor. Jigarini, suyaklari, tishlari va kalsiylarini yemirayotgani haqida gapirsangiz qulog'iga kirmaydigan darajada ko'pchiligi. 3-4 yoshli bolalar orasida ham ichimlikka ruju qo'yganlar bisyor.
Lekin bariga ko'z yumib, o'zimda jasorat topib, shu ichimlikdan voz kechdim. Barcha gazli ichimliklar, energetiklar, fast foodlardan, chips va boshqa rangli narsalardan uzoqlashdim. Qiyin bo'lsa kerak deb o'ylagandim, lekin odamning irodasi hamma narsaga chidar ekan...
Eng quvonarlisi, natijasi darrov bilindi. Kayfiyat, uyqu, kunduzgi energiya muvozanatga tusha boshladi...

Yana bir ijobiy tomoni, Coca coladan uzoqashganim sayin ishlashga va kitob o'qishga avvalgidan ko'proq kuch va vaqt topyapman. Jaziramaga qaramasdan holsizlik, yalqovlik yo'qolib, ishga ham, o'qishga ham, oilam bilan sayr qilish va dam olishga ham vaqt topa olyapman.

Albatta, bularning barchasida bittagina ichimlikni ayblash noo'rin. Balki hammasi ruhiy holat bilan bog'liqdir. Lekin bir narsa aniq - (shifobaxsh suvlardan tashqari) barcha gazli ichimliklar organizmimiz uchun katta zarar! Undan vaqtida voz kechsak o'zimiz uchun yaxshi...

@timur_books
13🔥5👏3
Cho'lpon "Kecha va kunduz" romanining boshida Razzo'q so'fining tug'ilishini va harakterini shunday tasvirlaydi:

Bu odam, jadidnamo bir hamshahrining deganidek, "ko'rgazmaga qo'yilaturgan antiqa maxluqlardan edi". Aytishlaricha, uni qornidan sihat-salomat tushirtirgan va birinchi daf'a yo'rgaklagan kampir hazilkashligi va sho'xligi bilan xotin-xalaj o'rtasida dong chiqargan Hamro enaymish. Bolani yo'rgaklaganidan keyin hali u qadar odam kepatasiga kirmagan yuzlariga tikilgan va mana bu so'zlar bilan erkalatganmish:
- Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo'lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovog'ingizni ochsangiz-chi! Yorug' dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!

O'shanda kulmagan Razzoq so'fi undan keyin ham kulmay o'tdi. Kulish bilan yig'lash orasida farq bor. Kulish bilan kulmasdan tekkina jiddiyat saqlab turish orasida ham anchagina masofa bor. Shu uchun Razzoq so'fining kulishlarini kulish, deb bo'lmaydi.
Kulmasdan chidab bo'lmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u kulish - kasal odamning kulishidan og'ir, bir xil sovuq hazillarday malol keltiruvchi yolg'on xushomadlarday ko'ngilga uruvchi bo'lardi..."


Qarang, personajga oddiy belgi bilan qanchalik jon kiritish, tirik odamga aylantirish mumkin. Buning uchun albatta iste'dod kerak. Lekin yozuvchi iste'dodini sayqallash uchun hayotni ham kuzatishi, odamlarni o'rganishi kerak.
Demak, "Kecha va kunduz"dagi qahramonlarning deyarli barchasi Cho'lponning zamondoshlari, tanishlari bo'lgan va ulardagi muhim hislatlar asariga ko'chib o'tgan.

Asardagi Qurvonbibi, Zebi, Maryam, Akbarali mingboshi, Miryoqub, Hadicha, Poshshoxon, Saltanat, Noyib to'ra kabi o'ziga xos personajlar ham yozuvchining ko'rgan-kechirganlari asosida yaratilganiga shubha yo'q.
Romanning davomi "Kunduz" saqlanib qolganida edi undan ham ko'p jonli obrazlarni ham ko'rishimiz mumkin bo'lardi.
Umuman olganda, romanlarning eng katta muvaffaqiyati ham shu tirik obrazlarga bog'liq. Shuning uchunam uni takroran o'qigimiz kelaveradi.

Masalan, o'zim ham "Kecha va kunduz" ni ilk bor 15 yil oldin o'qigan edim. Lekin haligacha qayta qayta varaqlab, uning ichida butun umrga saqlanib qolgan XX asr boshidagi o'zbeklarning oq-qora hayotiga sayohat qilishni yaxshi ko'raman...

Asarni shu yili sinchiklab o'qish, tahlil qilib, batafsil taqriz yozish niyatim bor... Sizlarga ham qayta o'qishni tavsiya qilaman...

@timur_books
👍654🔥3🍓1
​​Umberto Eko kitoblar haqida

50 000 ta kitobi bo‘lgan mashhur italyan yozuvchisi Umberto Eko uy kutubxonalari haqida shunday degan edi:

“Sotib olingan har bir kitobni o‘qib chiqish kerak deb o‘ylash ham, o‘qiy oladiganidan ko‘proq kitob sotib olganlarni tanqid qilish ham ahmoqlikdir. Bu yangi idish-tovoq, stakan, otvyortka yoki parma sotib olishdan oldin borlarini ishlatib bo‘lish kerak, degan fikrga o‘xshaydi.
Hayotda shunday narsalar borki, ularning bir qismidangina foydalansak-da, doimo ko‘p zaxiramiz bo‘lishi kerak.
Masalan, kitoblarni dori deb tasavvur qilsak, uyda bir necha emas, ko‘p kitob bo‘lishi ma’qulligini tushunamiz: o‘zingizni yaxshi his qilmoqchi bo‘lganingizda, “dori javoni” yoniga borib, borib, kitob tanlaysiz. Tasodifiy emas, balki aynan o‘sha paytga mos kitobni. Shuning uchun doimo tanlash imkoniyatingiz bo‘lishi lozim!
Faqat bitta kitob sotib olib, o‘qib chiqib, so‘ng undan qutuluvchilar kitobga shunchaki iste’molchi nuqtai nazaridan yondashadi, ya’ni uni iste’mol mahsuloti, tovar deb biladi. Kitobni sevuvchilar esa kitob hech qachon oddiy tovar bo‘lmagan va bo‘lmasligini yaxshi biladi”.


Faxriyor sahifasidan olindi

@timur_books
👍73👏2🥰1🏆1
Hamma qatori mengayam "Huzur" nashriyotidan taklifnoma kelibdi. Poytaxtda bo'lsam albatta borardim marosimga. Lekin masofa...

Mayli, do'konga keyinroq ham borarman. Muhimi, nashriyotning yangi qadamlar bilan borayotgani.

Tan olish kerakki, "Huzur" qisqa vaqt ichida o'zbek kitob bozoriga yuksak did va saviya bilan kirib keldi.
Va o'zining "Mashhurlarning so'nggi damlari", "Ochlik", "So'nggi nafas", "Maymunlar sayyorasi", "Yashamoq", "Arab, hind, yapon hikoyalari" kabi kitoblari bilan kitobxonlarning nafaqat kitobjavonlaridan, balki yuragidan ham joy olishga erishdi.

Nashriyotning do'koni ham tez orada kitobxonlar uchun sevimli maskanga aylanadi degan umiddamiz...

@timur_books
6👏5👍4
​​#mutolaa_tugadi

- Bu la'nati urush haqida nima deysiz?
- Rasvo narsa
Urushdan besh battarroq narsa yo'q.

- Mamlakatni kaltafahm, hech nimani tushunmaydigan sinf boshqarmoqda. Shuning uchun ham urushib yotibmiz...

Ernest Heminguey - Alvido, Qurol!

@timur_books
🔥11💯8👍63
​​Adabiyotimizdagi eng katta kamchilik bu - muallifi (do'stimiz, ustozimiz, shogirdimiz yoki tanishimiz) xafa bo'ladi deb asarlarini xolis tanqid qilmaslik, ko'ngil uchun maqtab qo'yishdir.
Puxta tahlil qilib, kamchiliklarini aytsak muallif negadir kek saqlab yuradi.
Tanqidni ko'tara oladigan va to'g'ri qabul qiladiganlar ham bor. Lekin sanoqli.
Ana o'shanday ijodkorlarga hurmatim baland...

@timur_books
🔥94👏3👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥84💘3
"​​Yozuvchilar ijodiy suhbatda" deb nomlangan portret.
O'zbek yozuvchilaridan kimlarni tanidingiz?

@timur_books
👍65
​​Ushbu tasvirning originali Adabiyot muzeyida saqlanadi va ikkalasining orasida ozgina farq bor.

Nomi: "Yozuvchilar ijodiy suhbatda"
Rassom: R.Viko
Tasvirda aks etgan ijodkorlar:
Turob To‘la, Said Ahmad, Mirmuhsin, Laziz Qayumov, Mirtemir, Uyg‘un, Ramz Bobojon, Komil Yashin, Sharof Rashidov, Shuhrat, Zulfiya, Vohid Zohidov, Asqad Muxtor, Sergey Borodin, O‘lmas Umarbekov va boshqalar.

@timur_books
🔥7👍31
​​#taqriz

E.Heminguey - Alvido, qurol!

XXI asr odamlari urush nimaligini kinolar va kitoblar orqali, ba’zida esa yangiliklardagi dunyo xaoslarini ko‘rib tasavvur qilsa kerak. Lekin yuz yil oldin yashagan odamlar ko‘rgan jahon urushlari oldida bugungi urushlar bolalar o‘yinidek gap.
Ha, o‘sha ikkita urushda oltmish milliondan ortiq odam o‘lgan! Oltmish millionta orzu va umid, quvonch va kulgular armon va sarobga, og‘riq va azobga aylangan. Bular haqida bizga avval tirik veteranlar so‘zlab bergan bo‘lsa, endilikda o‘sha davr videoxronikalari va adabiyoti hikoya qilib beradi.

Ha, biz sevib o‘qiydigan adiblardan Remark, Heminguey, Tolkin, R.Dal, J.Cheyz, A.Ekzyuperilar rosmana qurol olib jangga kirishgan, yarador bo‘lishgan yoki ruhan mayib bo‘lib qaytib kelishgan. Biroq, taqdir bu urushlar evaziga ularni ajoyib asarlar va abadiy shon-shuhrat bilan taqdirlagan...
Ayniqsa, “Yo‘qotilgan avlod”ning amerikalik vakili Ernest Heminguey tufayli jahon adabiyotida urush romanlari ommalashib ketdi.

Heminguey XX asrning katta shaxsiyat egasi edi. U nafaqat iste’dodli yozuvchi, balki avantyurist muxbir-jurnalist, ashaddiy ovchi, mohir bokschi edi. U yozgan har bir asar o‘zi ko‘rgan-kechirgan voqealar asosida bitilgan.
1929-yilda nashrdan chiqqan “Alvido, Qurol” romani ham yozuvchining Birinchi jahon urushidagi xotiralari bilan bog‘liqdir.

Asar Remarkning “Uch og‘ayni”siga o‘xshab ketadi. Biroq, u Remark kabi urushni qoralab, tushkunlikka berilmaydi. Aksincha, urushga behuda bir jarayondek qarab, uning ahmoqona ish ekaniga ko‘proq urg‘u beradi, tasvirlar va ichki monologlardan ko‘ra ko‘proq personajlarining uzun-uzun suhbatlarini afzal biladi. Remarkni o‘qigan odam urushdan nafratlanadi, unga achinadi va o‘sha zamonda tug‘ilmaganiga quvonadi. Lekin Heminguey urushlar davrida ham baxtli bo‘lish, sevish mumkinligini, kerak bo‘lsa urushdan voz kechish ham oson ekanini uqtiradi.

“Alvido, qurol”dagi askarlar urushdan nafratlanishadi, biroq baribir jang maydonlarini tashlab keta olishmaydi. Chunki, dezertirlik uchun Italiya hukumati ularni saylov huquqidan, davlat muhofazasi va har qanday imkoniyatdan mahrum qilib, jazolashini, abadiy tamg‘a qo‘yishini biladilar. Shu boisdan ular noiloj urushning tugashiga, yengil yaralanish yoki yana boshqa moʻjizalarga umid qilishadi.

Amerikalik askar Frederik Genri va uning hamshirasi Ketrin Barklining muhabbati romandagi urush mavzusiga hamohang davom etadi. Kitobxon ular bilan Italiya va Shveytsariyaning turli shaharlariga sayohat qilar ekan, so‘nggi sahifagacha ularning taqdiri uchun yurak hovuchlab o‘tiradi...

Markes bir paytlar: “Hemingueyning hikoyalari zo‘r. Katta nasriy asarlari esa biroz zerikarliroq” deb yozgan bo‘lsa ham, kitobxon “Alvido, qurol”ni maroq bilan o‘qiy oladi. Chunki, Heminguey har bir so‘zga ishlov beradigan, zerikarli tuyuladigan dialoglariga chuqur ma’no yuklaydigan yozuvchi edi.

Ustoz Ibrohim Gʻafurov bir suhbatida: “Hemingueyni talabalik yillarimda tarjima qila boshlaganman” deb ta’kidlagan va ruschadan qilingan tarjimadagi tajribalari bilan ham o‘rtoqlashgan edi. Aniqrog‘i, asar 1973-yilda tarjima qilingan va Gʻafur Gʻulom nashriyotida 60 ming adadda bosilgan.
Lekin, oradan yarim asr vaqt o‘tdiki, roman qayta-qayta chop etilmoqda va sevib o‘qilmoqda.

Siz ham vaqt topib albatta o‘qing va Heminguey iste’dodidan bahra oling, aziz kitobxonlar!

@timur_books
👍62🔥2
Ozgina go'zallik...

@timur_books
😭6🔥3👍2🥰21
#taqriz

Oydin Hojieva - To'rt tanho

Vaqtning beshafqatligini qarang. O'z kitobida Zulfiyaxonim, Muzayyana Alaviya, Saida Zunnunova va Kibriyo Qahhorovalar haqida bebaho xotiralar yozgan muallifning o'zi ham oramizda yo'q hozir.

Adabiyotda men sevgan janrlardan biri bu xotiralardir. Chunki ularda biz buyuk adiblarimiz bilan g'oyibona uchrashamiz, hayotining bizga noma'lum sahifalarini varaqlaymiz, ularga yanada yaqinlashamiz.
Oydin opaning mazkur kitobida xalqimizning eng ulug' 4 ta ayol ijodkori haqida ana shunday "noyob lavhalar"ni o'qiymiz.

Zulfiyaxonim (1915-1996)

Bahor kuychisi, davlat mukofotining ramzi bo'lgan shoira XX asr o'zbek adabiyotining eng yirik shaxslaridan biri edi. Eri, shoir Hamid Olimjon 1944-yilda avtohalokatdan vafot etganida u hali 29 yoshli, orzulari bir olam kelinchak edi, ammo taqdir uning peshonasiga  umrining qolgan 50 yilini yolg'izlikda, unga va adabiyotimizga sadoqat bilan o'tkazishni bitgan ekan. Shoira o'z vaqtida "Saodat" jurnalida samarali mehnat qilib, yuzlab shogirdlar tayyorlagan va yosh avlodga ruhan, moddiyan va ijodiy tarafdan beg'araz ko'maklar berganini, shoiraning hammaga o'rnak rahbar, mehribon ona, adabiyot ichida hammaga sodiq do'st ekanini ham tasvirlab beradi...

Muzayyana Alaviya (1909-1988)

Mashhur folklorshunos olimaning hayoti ham kitobning mazmunida muhim o'rin tutadi. M.Alaviya butun umrini xalq og'zaki ijodi namunalarini to'plashga bag'ishlagan, hechqachon shon-shuhrat ortidan quvmasdan, kamtarona hayot kechirgan ayol bo'lganini o'qiymiz.

Saida Zunnunova (1926-1977)

Adabiyotimizning yana bir sadoqat timsoli bo'lmish shoira haqida ko'p eshitganmiz. Afsuski Zulfiya va Hamidlarning taqdiri Said va Saidalarning qismatida ham bitilgan edi. Dastlab Said Ahmadning qamalishi, Saidaga bo'lgan tazyiqlar, 5 yildan keyingi diydor, 20 yillik shirin turmush va... bevaqt o'lim Saidani olib ketishi kitobda boshqacha ohangda tasvirlanadiki, ko'zingizga yosh keladi...

Kibriyo Qahhorova (1914-1996)

Muallif adabiyotimizdagi yana bir tanho ijodkor haqida ham qiziq va noyob xotiralarni ulashar ekan, ijodkorning muvaffaqiyatida uni tushunadigan, uning har bir so'zi va qo'lyozmasini asrab-avaylaydigan umr yo'ldosh katta rol o'ynashini anglab yetamiz. Tojik millatli Kibriyo opa urush yillari Qahhor bilan tanishib, turmush qurgach, chorak asr birga yashab, ijod qilishdi. Yaratgan ularga farzand bermasa-da, qisqa hayotlari yorqin xotiralarga boy o'tdi. Adib vafotidan keyin ham 30 yil yashagan K.Qahhorova 1987-yilda Qahhor uy-muzeyini ham tashkil qilgan...

Bu ayollar umrining yarmini umr yo'ldoshisiz, iztirob va sog'inch po'rtanasida o'tkazgan bo'lsalarda, ularning nomini abadiylashtirish uchun o'zlarini fido qilishdi. Lekin shu matonatlari tufayli o'zlari ham abadiyatga daxldor bo'lib, sadoqat timsollariga aylanishdi...

@timur_books
5👍4