Glocals Bookshop
374 subscribers
148 photos
53 videos
103 links
Think GLOBAL, act LOCAL

Биз билан (99890) 092-90-01 телефони орқали боғланишингиз мумкин.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🔸 Журналистларимиз гапирганда, бир сафар “дунёда 200 дан ортиқ давлат бор”, кейинги сафар эса – “дунёда 200 га яқин давлат бор” деган рақамларни айтадилар.
🇺🇳 Аслида дунёда нечта давлат мавжуд – 200 га яқинми ёки 200 дан зиёдми?
⁉️ “Давлат” ва “мамлакат” ўртасида қандай фарқлар бор?

Ушбу масалага аниқлик киритиш мақсадида 4 йил олдин Халқаро пресс-клубда махсус репортаж тайёрлаган эдик. Эътиборингизга ҳавола этамиз.

________
©️ 👉 @think_global_act_local
#BILASIZMI

“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan iborat?

🔰 Talaba yoshlarimiz orasida “universitet” 🆚 “institut” oʻrtasida nima farq bor degan savollar koʻp uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan…

🏛 Universitet bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yoʻnalish boʻlishi kerak.

🏢 Institut esa maʼlum bir taʼlim yoʻnalishiga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtidir.

❇️ “Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan koʻra kengroq. Ta’lim imkoniyatlari va oʻquv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitet ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi.

✔️ Gʻarb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida boʻladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.

🌐 Shuni e’tiborga olish zarurki, zamonaviy dunyoda ish beruvchilarning aksariyati universitet va institut oʻrtasidagi farqlarga ahamiyat berishmaydi. Eng muhim omil – bu bitiruvchi tomonidan oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalar, samara va ishga ishtiyoq.
________

👉 @think_global_act_local
#BILASIZMI

Ta’lim olish piramidasi haqida eshitganmisiz?

🔰 1960 yillar boshida AQShning Milliy oʻquv laboratoriyasi (National Training Laboratory) “ta’lim olish piramidasi” (“learning pyramid”) tushunchasini ishlab chiqqan.

❇️ Unga koʻra, …

🔸 Agar oʻqituvchi faqat maʼruza usulidan foydalansa, talaba faqat 5% maʼlumotni xotirasida saqlab qoladi.

🔹 Agar talaba mustaqil tarzda kitob oʻqisa, u 10% materialni eslab qoladi.

🔸 Agar darsda audiovizual usullardan foydalanilsa, bu holda talabaning oʻzlashtirish darajasi 20% boʻladi.

🔹 Agar oʻqituvchi maʼlumotni koʻrsatib bersa (koʻrgazma, namoyishlar orqali oʻqitish usuli), unda xotirada saqlab qolish darjasi 30% ga koʻtariladi.

🔘 Rasmda koʻrinib turganidek👇, yuqoridagi barcha holatlarda talaba PASSIV oʻrganuvchi hisoblanadi.

Eng samarali FAOL bilim quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

🔸Agar darsda talabalar kichik guruhlarga boʻlinib, muhokamalar, baxs-munozara (debatlar)da ishtirok etsa, ularda notiqlik san’ati, tanqidiy fikrlash, toʻgʻri savollar tuzish mahorati rivojlanib, ular materialning 50% ni oʻzlashtirib, xotirada saqlab qolishlari mumkin.

🔹Dars jarayonlarini amaliyot bilan bogʻlash, har qanday olingan yangi ma’lumotlarni amaliyotda sinash oʻrganuvchi uchun katta samara beradi. Bu holda 75% bilim xotirada saqlanib qoladi.

🔸Va soʻnggi bosqich – oʻz bilimlarini boshqalarga yetkazish, oʻrgatish, oʻqitish orqali (teach others) 90% samaraga erishish mumkin.
Bilim olishning eng afzal usuli – bilim berish degan naql bor.

❗️Ushbu ta'lim olish piramidasidan ham muallimlar, ham talabalar to'g'ri xulosa chiqarsa, ta'lim sifati yanada yaxshilanadi.

________
👉
@think_global_act_local
#Bilasizmi

Kampus” tushunchasi nimani anglatadi?

🔰Universitetdagi kundalik hayotimizda eng ko‘p uchraydigan so‘zlardan biri – bu “kampus” tushunchasi.

📩 www.google.com tizimida “campus” so‘zi 7,66 milliard marotaba uchraydi.

Masalan,
💬Garvard universiteti kampusi Charlz daryosini kesib o‘tadi”,
💬Prinston universiteti kampusidan har biri 55 milya (88 km) uzoqlikda joylashgan Filadelfiya va N'yu-York shaharlariga poezdda yetib olasiz”
kabi gaplarni eshtamiz.

🔸Yurtimizdagi talabalar bilan suhbatlashganda, ularning ayrimlari "kampus – bu yotoqxona", deb javob berganini ham eshitganmiz.

Aslida “kampus” tushunchasi nimani anglatadi?

Umumiy olganda, kampus bu “universitet shaharchasi”, “talabalar shaharchasi” deyiladi.

🔙Tarixda ilk marotaba kampus deb XVIII asrda Prinston universiteti hududi nomlangan.

Kampus (universitet shaharchasi sifatida) o‘z ichiga ko‘plab tarkibiy qismlarni oladi. Masalan,

🔹asosiy ta'lim muassasasi, fakultet binolari va ularning infratuzilmalari (shu jumladan o‘quv xonalari);
🔸talabalar shaharchasida joylashgan laboratoriya va ilmiy-tadqiqot institutlari;
🔹ilmiy kutubxonalar;
🔸texnologik park, biznes-inkubator, injiniring markazlari;
🔹universitet muzeyi;
🔸talabalar va o‘qituvchilar uchun turar joylar;
🔹sport majmua va stadionlar;
🔸kongress markazi, majlislar va konsert zallari;
🔹oshxonalar va boshqa ovqatlanish ob'ektlari;

⁉️Bilasizmi, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida “kampus-menejer” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan!

❇️ Kampus universitet haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin. Zero kampus nafaqat ma'ruza zallari, IT-markazlari fasadini anglatadi. Balki u universitetning “yuzi”, “imiji” kerak bo‘lsa, “tashrif kartasi” sanaladi.

♻️ Kampus universitetdagi ta'lim sifatini, talabalar hayot ritmi va mentalitetini bevosita aks ettirish mumkin. U yerga tashrif buyurgan odamning aynan shu universitetga o‘qishga kirish istagi paydo bo‘lishi lozim.

_______
👉
@think_global_act_local
Forwarded from Edu.uz
#Bilasizmi?

“Forum”, “Konferensiya”, “Kongress”, “Seminar”, “Simpozium” tushunchalari o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?

Akademik faoliyatimizda “Forum”, “Konferensiya”, “Kongress”, “Seminar”, “Simpozium” tushunchalarini ko‘p eshitamiz va ishlatamiz. Ko‘pchilik uchun ularning farqini bilish juda qiziq.

Shu sababli ushbu tushunchalar o‘rtasidagi farq haqida ma'lumot berishga harakat qildik.

👇Ushbu maqola orqali savolga to‘liq javob topishingiz mumkin.
#Bilasizmi?

Ikki toifadagi talaba haqida…

Talabalar ikki toifaga ajratiladi.

1-toifadagi
– faqat baho olish uchun o‘qiydigan talaba;
2-toifadagi – bahoga ahamiyat bermagan holda faqat bilim olish istagida yurgan talaba.

1-toifadagi – darsga faqat davomat uchun (bu ma’muriy talab bo‘lganligi uchun) keladigan talaba;
2-toifadagi – har bir kun yangi bilim va ko‘nikmalar olib keladi, bir kunni yo‘qotish kelajak uchun katta zarar, deb fikrlaydigan talaba.

1-toifadagi – uy vazifalari va o‘quv materiallari nihoyatda qiyin va ko‘p deb, doimo shikoyat qiladigan talaba;
2-toifadagi – qiyin bo‘lgan o‘quv materiallari va uy vazifalarini bajarishdan zavqlanadigan, “qancha ko‘p o‘qisam, shuncha o‘zim uchun foydali” degan dunyoqarashga ega talaba.

1-toifadagi – mashg‘ulotlar vaqtida muallimga kundalik, katta ahamiyatga ega bo‘lmagan texnik, gohida butun auditoriyani chalg‘ituvchi savollar berishni afzal ko‘radigan talaba. Bunday savollarga olingan javoblarni odatda talaba sanoqli lahzalardan keyin unutib yuboradi.
2-toifadagi – muallimga intellektual, chuqur o‘ylangan, fundamental, konseptual savollar berib, ularga berilgan javoblar ustidan o‘ylanib, tahlil qiladigan talaba.

1-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlik haqida ko'proq o'rganishni xohlaydigan talaba;
2-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlikni o‘zlarining shaxsiy amaliyotida sinab ko’rishni xohlaydigan talaba.

Siz o‘zingizni qaysi toifaga mansub deb o‘ylaysiz?


👉 @think_global_act_local
#Bilasizmi

🔰 G‘arb oliy taʼlim muassasalarida talabaning “mutaxassislik fani” ikkita so‘z bilan ifodalanadi – “major” va “concentration”.

☝️Bu ikkita so‘zning ma‘nosiga e‘tibor qarating!

“Major”asosiy, eng muhim, eng jiddiy, ulkan ahamiyatga ega degan maʼnolarni anglatadi.

❗️Ya‘ni maxsus mutaxassislik fanlar akademik, intellektual nuqtayi nazardan eng muhim, asosiy fanlar sanaladi.

“Concentration” so‘zi esa, butun diqqat va e‘tiborni jamlash, yig‘ish degan ma‘nolarga ega.

❗️Ya‘ni talaba o‘zining mutaxassislik fanlariga butun diqqat-e‘tiborini, kuch-g‘ayratini sarflashi kerak deganidir.


👉 @think_global_act_local
#Bilasizmi?

⚡️Ta'lim oluvchining uch toifasi mavjud...

Birinchisi,
eshitish orqali o'rganuvchilar (“auditory learners”), ya'ni tinglash (“listening”) orqali ko'proq bilim oladiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar kitob o'qishdan ko'ra ma'ruza hamda axborot tinglashni afzal ko'radilar.

➡️Ikkinchisi, vizual o'rganuvchilar (“visual learners”), ya'ni diqqatini ko'rayotgan, kuzatayotgan narsalarga qaratadiganlar. Bu xislatga ega bo‘lganlar esa biror narsani tushunish va eslab qolish uchun uni o'z ko'zlari bilan ko'rishni afzal ko'radilar.

Uchinchisi, tajribalar orqali yoki kinestetik o'rganuvchilar (“experiential”, “kinesthetic learners”), ya'ni biror-bir narsani bajarish, tajribalar o'tkazish, sinash orqali o'rganadiganlar.

Xo'sh, siz ushbu uchta toifadagi o'rganuvchilardan qaysi biriga kirasiz?


👉 @think_global_act_local
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

☝️Muvaffaqiyatga eltuvchi lift bo‘lmaydi, u yerga zinapoya orqali chiqasiz!

🎥 Videoni tomosha qiling!

👉 @think_global_act_local
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ta'lim oluvchining uch toifasi haqida eshitganmisiz?

📝 Matnli ma'lumot bu erda 👇

https://t.iss.one/think_global_act_local/140

____

👉 @think_global_act_local
#bilasizmi

⚡️Talabalar kelajagi uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar

🌐 Harvard universiteti qoshidagi tadqiqot guruhining hamraisi Toni Vagnerning fikriga ko‘ra, quyidagi 7 ta muhim ko'nikmalar har qanday talabaning kelajagi uchun zarur hisoblanadi:

Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati

Tarmoqlararo hamkorlik va yetakchilik

Epchillik va moslashuvchanlik

Tashabbuskorlik va tadbirkorlik

Og'zaki va yozma muloqot mahorati

Axborotni tahlil qilish ko'nikmasi

Qiziquvchanlik va kreativlik

☝️Shu bilan birgalikda, Toni Vagner biz bu ko'nikmalarni qanday o'rgatish yoki baholash haqida hech qanday tasavvurga ega emasmiz, deb ogohlantiradi ❗️

Sizda shu ko'nikmalarning qaysi biri rivojlangan?

Qaysilarining ustida ishlashingiz kerak?

🌟 Shu ko'nikmalarni o'zingizda rivojlantirib, kelajak uchun mustahkam poydevor yarating!

____
👉 @think_global_act_local
#Bilasizmi

🇺🇿 🇰🇿 Kuni kecha davlatimiz rahbarining Qozog‘istonga davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.

🌐 Jahon siyosatida “ittifoqchilik munosabatlari” (“allied relations”) tushunchasi nimani anglatadi?

U “strategik sheriklik”dan (“strategic partnership”) qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

🔰Ayni shu savollarga quyidagi maqolada oydinlik kiritishga harakat qildik.

____
👉 @think_global_act_local

https://www.uzdaily.uz/en/post/70064
#Bilasizmi

🇺🇿 🇰🇿 Kuni kecha davlatimiz rahbarining Qozog‘istonga davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.

🌐 Jahon siyosatida “ittifoqchilik munosabatlari” (“allied relations”) tushunchasi nimani anglatadi?

U “strategik sheriklik”dan (“strategic partnership”) qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

🔰Ayni shu savollarga quyidagi maqolada oydinlik kiritishga harakat qildik.

____
👉 @think_global_act_local

https://dunyo.info/cyrl/site/inner/ittifoqchilik_munosabatlari_va_strategik_sheriklik_umumiy_zhi%D2%B3at_va_tafovutlar-UO7