TerDU rasmiy kanali
23.3K subscribers
20.5K photos
2.43K videos
995 files
10.1K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#qabul_2021
#akademik_litsey

🏢Termiz davlat universiteti akademik litseyiga 2021/2022-oʻquv yili uchun 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

📍 Hujjatlarni qabul qilish anʼanaviy va onlayn (@TerduAkademikLitsey_bot) kanali orqali amalga oshiriladi.

2021-2022 oʻquv yili uchun qabul kvotalari:

1. Aniq fanlar (texnika) 52 nafar (matematika, fizika, ona tili va adabiyot)
2. Ijtimoiy gumanitar fanlar 52 nafar (tarix, ona tili va adabiyot, ingliz tili)
3. Ijtimoiy gumanitar fanlar 26 nafar (ona tili va adabiyot, tarix, ingliz tili)
4. Xorijiy tillar 52 nafar (ingliz tili, tarix, ona tili va adabiyot)
5. Tabiiy fanlar 52 nafar (kimyo, matematika, ona tili va adabiyot)

🌐 Ushbu raqamlarga bogʻlanib, hujjatlarni telegram orqali taqdim etishingiz mumkin:

📲 +998 975515665
📲 +998 787708034
📲 +998 937667537

🔰 Talab etiladigan hujjatlar:

• shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;
• 9-sinfni tamomlaganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
• 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi rangli fotosurat;
• tanlovdan tashqari oʻqishga imtiyozli kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar gʻoliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.

⌛️ Hujjatlarni qabul qilish 2020-yil 20-iyundan 30-iyungacha davom etadi.

🏢 Manzil:

Termiz shahar, Shimoliy darvoza koʻchasi, 15-uy.
__________
Kanalga ulanish: @TerDU340
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

⚡️ ESLATMA

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 30-avgust kuni oʻtkaziladi

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi.

🔰 Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar;

2️⃣-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

🖥 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishi mumkin.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 29-avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Akademik_litsey
#Qabul2022

⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

🔰 Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini oʻtkazish grafigi tasdiqlandi.

🗓 Unga koʻra, Termiz davlat universiteti akademik litseyiga imtihonlar joriy yilning 14-iyulidan 16-iyuliga qadar soat 9:00 da oʻtkaziladi.

🏢 Manzil: TerDU O‘zbek filologiyasi fakulteti 401-402-403-404-405-406-xonalar.

❗️ Hurmatli ota-onalar! Ushbu havola orqali imtihon jarayonlarini onlayn koʻrishingiz mumkin.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#Akademik_litsey
#Qabul2022

⚡️Termiz davlat universiteti akademik litseyiga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Termiz davlat universiteti akademik litseyiga kirish imtihonlari joriy yilning 14-iyulidan 16-iyuliga qadar soat 9:00 da oʻtkaziladi.

⚡️ Abituriyentlar soat 8.00 dan 9:00 gacha roʻyxatdan oʻtkaziladi.

🏢 Manzil: TerDU O‘zbek filologiyasi fakulteti 401-402-403-404-405-406-xonalar.

❗️ Hurmatli ota-onalar! Ushbu havola orqali imtihon jarayonlarini onlayn koʻrishlari mumkin.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2022
#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi

🗓Kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda bir smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari soat 8:00 boshlanadi.

❗️Test sinovlarini o‘tkazish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2022 |#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔰 Xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari bir smenada o‘tkazilib, soat 8:00 boshlanadi.

Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
yoki hujjat topshirgan akademik litseydan ham bevosita borib olishlari mumkin.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Akademik_litsey

⚡️
Akademik litseylarga kirish test natijalari e'lon qilinmoqda

🔰2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

☑️Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.

☝️Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

➡️Ustuvorlik bo‘yicha sharh 👇🏻👇🏻

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Forwarded from Edu.uz
#Akademik_litsey
#Sharh

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

🔰 Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:

u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Forwarded from Edu.uz
AL qabul_parametrlari2023.pdf
1.4 MB
#qabul2023
#akademik_litsey

Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 71 ta litseyga jami 14 690 ta kvota ajratildi: 11 544 ta o‘zbek, 2 678 ta rus va 468 ta qoraqalpoq tillari uchun.

Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#akademik_litsey

⚡️2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.

Qabulga doir rasmiy bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#akademik_litsey
#mandat

⚡️
Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha sharh
: 👉https://t.iss.one/eduuz/15457

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2024
#akademik_litsey

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.

Qabulga doir rasmiy bot:
👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#akademik_litsey
#mandat

⚡️
Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh
: 👉https://t.iss.one/eduuz/23710

Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube