TerDU rasmiy kanali
22.1K subscribers
21.3K photos
2.53K videos
996 files
10.4K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Bilasizmi

⚡️Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#bilasizmi

🔰 Piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda:

▫️telefondan foydalanish;
▫️kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qish;
▫️videomateriallarni tomosha qilish;
▫️audiomateriallarni eshitish;
▫️e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish;

❗️shuningdek, yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tish;

🔹BHMning uchdan bir qismi (100 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


👀 Bizni kuzatishda davom eting!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️ Bayroq haqida qiziqarli faktlar

Bayroqlarni oʻrganuvchi fan bor. Bu veksillologiya (Vexillology) boʻlib, ilk bor atama sifatida AQSHlik bayroqshunos olim Uitni Smit (Whitney Smith) tomonidan 1959-yilda ishlatilgan (lotincha “vexillum” soʻzidan olingan boʻlib, “bayroq”, "banner” maʼnolarini bildiradi).

Har ikki yilda bir marta xalqaro Veksillologiya kongressi oʻtkaziladi.

Daniya bayrogʻi hozirda amalda boʻlgan milliy bayroqlarning eng qadimiysi hisoblanadi. Bu bayroq 1478-yilda tasdiqlangan ekan (542-yil).

Xalqaro Veksillologiya kongressi tomonidan 2011-yildan boshlab bayroqdagi ranglar kamida 2 tani tashkil etishi lozimligi toʻgʻrisidagi talab amalga kiritilgan.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Forwarded from Edu.uz
#bilasizmi

417 602 nafar o‘quvchi professional ta’limda tahsil olmoqda

Bu ko‘rsatgich 2020/2021-o‘quv yiliga nisbatan 2 barobar oshdi. Batafsil infografikada👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

📹 Sunʼiy intellekt yordamida o‘zi yuradigan chamadon yaratildi

Gap shundaki, Xitoyning ForwardX kompaniyasi olimlari maxsus elektron vosita orqali ergashib yuruvchi birinchi chamadonni yaratishdi.

U sun'iy neyron tarmoq algoritmlari yordamida yoʻldagi har qanday toʻsiqni ilgʻay oladi va ularni chetlab oʻtadi.

❗️Batafsil yuqoridagi videolavha orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🟥Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida oʻtkaziladi.

Ma’lumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi.


Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_qulaylik
#bilasizmi

⚡️Talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin

📌 Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, tizimda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rish mumkin.

❗️Buning uchun:

📲 Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

💳 plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

📑 Davlat xizmatlari bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang;

🪪 va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

✔️ kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0%) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

➡️ Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

👉Android uchun yuklab oling

👉iOS uchun yuklab oling

➡️ На русском

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
​​#Bilasizmi

Bolaning muvaffaqiyati ko‘proq nimaga bog‘liq? Televizorgami? Otasining hamyonigami? Oshxonada eng tez pishadigan taomgami? Yoki kutubxonangizdagi kitoblar sonigami? Albatta, bularning barchasi qandaydir ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ammo sizning fikringizcha, qaysi omil ustunlik qiladi?

👨🏻‍🏫 Kaliforniya universiteti tadqiqotchilarining 27 ta davlatdan tanlab olingan 70 000 dan ortiq ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazgan 20 yillik ilmiy tadqiqoti ushbu savolga javob topdi. Hayratlanishga tayyormisiz?

📚 Savolning javobi – uyda kitoblarning ko‘pligi! Uyida kitobi ko‘p bo‘lgan oilalarning farzandlari ham ko‘proq ta’lim oladi, ham ko‘proq daromad topadi. Yaxshi kutubxona zakovat hamda iqtisodiy farovonlik olib keladi!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Forwarded from Edu.uz
#bilasizmi

Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 36 ta;
🏛Institut — 48 ta;
🏛Akademiya — 5 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 24 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - 63 ta;
🔸Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - 1 ta;
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi - 3 ta;
🔸Sog‘liqni saqlash vazirligi - 12 ta;
🔹Madaniyat va turizm vazirligi - 10 ta;
🔸Badiiy akademiya - 1 ta;
🔹Raqamli texnologiyalar vazirligi - 7 ta;
🔸Adliya vazirligi - 1 ta;
🔹Bosh prokuratura - 1 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔸Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 4 ta;
🔹Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi - 1 ta;
🔸Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔹Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

💾 OTM roʻyxati pdf shaklda👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

Dunyodagi eng qadrli resurs nima?

🕰 Bu shubhasiz vaqtdir.

Vaqt - qaytarib va o‘zgartirib bo‘lmaydigan resurs. U sizning eng qadrli aktivingiz hisoblanadi.

Zoya ketgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Nima qilishingizdan qat’iy nazar, u vaqt talab qiladi.

❇️ Shu sababli, vaqtingizdan qanchalik unumli foydalansangiz, shunchalik barakali va go‘zal hayot kechirasiz.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt