TerDU rasmiy kanali
22.1K subscribers
21.3K photos
2.53K videos
996 files
10.4K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet


Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#Kun_mavzusi

Taʼlim jarayonining kredit-modul tizimi nimalardan iborat?

🔰 Aksariyat xorijiy universitetlarda, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va AQShda ta’lim jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida tashkil qilingan.

❇️ Bu tizim birinchi navbatda taʼlim dasturining “modul” tizimini nazarda tutadi.

✳️ Yaʼni, muayyan mutaxassislik boʻyicha barcha oʻquv materiallari alohida bloklarga (modullarga) boʻlingan bo‘lib, talaba oʻz mutaxassisligi doirasida maʼlum bir fan / modulni tezlashtirilgan tartibda oʻrganadi. Ushbu fan boʻyicha maʼruza va amaliy mashgʻulotlar deyarli har kuni imtihon yoki test topshirilgunga qadar oʻtkaziladi.

ECTS tizimi taʼlim dasturlarining moslashuvchanligini ta’minlaydi. Tayyorgarlik darajasiga qarab talaba fan boʻyicha maʼlum miqdordagi soatlarni oladi.

ECTS tizimi individual oʻquv rejasini shakllantirishda talabalarning ishtirokini nazarda tutadi. Yaʼni, har bir talaba qaysi kursni semester boshida, qaysi birini semester ohirida oʻqishini o‘zi tanlaydi.

ECTS tizimining yana bir afzal tarafi – talabaning mustaqil taʼlim olishi. Talabaga mustaqil taʼlim uchun bir qator mavzular beriladi. Ular ijodiy ish, insho va taqdimotlar (prezentatsiyalar) tayyorlaydilar. Muallim tomonidan tavsiya etilgan qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlab, oʻzlari qiziqqan sohani oʻrganadilar.
🔹🔸🔹
#Kun_mavzusi

Kuni kecha mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining milliy reyting natijalari eʼlon qilingan. Reytingda 1-oʻrinni Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti (TIQXMMI) egallaganligidan xabaringiz bor.

👏 Vazir reytingda TOP 10 talikni egallagan oliy taʼlim muassasalarini qutlab, oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Vazir, shuningdek, oʻtgan yilning koʻrsatkichlariga nisbatan yuqoriroq natijalar koʻrsatgan oliygohlarni sanab oʻtdi. Jumladan,

✔️BuxMTI bir oʻquv yilida 50-oʻrindan 28-oʻringa yaʼni 22 pogʻona koʻtarilgan;
✔️TFI - 22 pogʻona yuqorilagan; AndMI - 20 pogʻona koʻtarilgan;
✔️NavDKI - 16 pogʻonaga, GulDU - 14 pogʻonaga, OʻzDXA - 13 pogʻonaga, OʻzDK - 11 pogʻonaga, TDYU - 10 pogʻonaga, TPTI - 9 pogʻonaga, SamDTI - 8 pogʻonaga, TDSHU - 5 pogʻonaga, QarMII - 7 pogʻonaga, UrDU - 6 pogʻonaga, TerDU - 5 pogʻonaga, OʻzXIA - 4 pogʻonaga yuqoriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_mavzusi

🔰 “Kredit-modul tizimini joriy etishdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari”

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig‘i, Mansur SULTANOV, Ph.D.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TerDU_yangiliklari
#Kun_mavzusi

🎥 Termiz davlat universitetida ta'til vaqtida bo‘lib o‘tayotgan seminar-treninglar, sport musobaqalari, amaliy mashg‘ulotlar to‘g‘risida Surxondaryo televideniyesining "Kun mavzusi" ko‘rsatuvi orqali tanishishingiz mumkin.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali