TerDU rasmiy kanali
22.6K subscribers
20.9K photos
2.5K videos
996 files
10.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yosh_kitobxon

Arizalar onlayn qabuli davom etmoqda!

Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot👈 telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Forwarded from Edu.uz
#Ochiq_yigʻilish

🗓 Koʻp sonli ota-ona va talabalarning taklifiga binoan bugun, 13-noyabr kuni, soat 15:30 da Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov rahbarligida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini tatbiq etishdagi muammolarga bagʻishlangan yigʻilish va seminar-trening jarayonini Vazirlikning YouTube videoxostingi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrishingiz mumkin.


🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov rahbarligida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini amalda tatbiq etishdagi asosiy muammolarga bagʻishlangan onlayn yig'ilish va seminar-trening boshlandi.

👉 Jonli efirda tomosha qilish: https://www.youtube.com/watch?v=TUWTKUiahRQ
TERDUDA TA’LIM-TARBIYA, ODOB-AXLOQ MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN UCHRASHUV

Termiz davlat universitetida xotin-qizlarni oilaga tayyorlash, erta turmushni, oilada zoʻravonlikni oldini olish, taʼlim-tarbiya, odob-axloq masalalari mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

🔹 Universitetdagi talaba qizlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, oilaga tayyorlash, kasb-hunarga oʻrgatish, ularda kitobxonlik, kiyinish va muomala madaniyatini, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini rivojlantirishning ahamiyati yuksak, oqibati xayrli ekanligini taʼkidladi.

🔸 Uchrashuvda Surxondaryo viloyati “Buvijonim maktabi”raisi va aʼzolari, Termiz shahar Kengashi deputati, “Targʻibot guruhi rahbari ishtirok etdi.

♻️ Bugungi kun yangi Oʻzbekiston yoshlariga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib yanada yaxshi oʻqishga, yangi innovatsion gʻoyalari bilan, yangi ixtirolar yaratishga harakat qilish lozimligi borasida yoʻnalishlar va maslahatlar berildi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#Kun_mavzusi

Taʼlim jarayonining kredit-modul tizimi nimalardan iborat?

🔰 Aksariyat xorijiy universitetlarda, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va AQShda ta’lim jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) asosida tashkil qilingan.

❇️ Bu tizim birinchi navbatda taʼlim dasturining “modul” tizimini nazarda tutadi.

✳️ Yaʼni, muayyan mutaxassislik boʻyicha barcha oʻquv materiallari alohida bloklarga (modullarga) boʻlingan bo‘lib, talaba oʻz mutaxassisligi doirasida maʼlum bir fan / modulni tezlashtirilgan tartibda oʻrganadi. Ushbu fan boʻyicha maʼruza va amaliy mashgʻulotlar deyarli har kuni imtihon yoki test topshirilgunga qadar oʻtkaziladi.

ECTS tizimi taʼlim dasturlarining moslashuvchanligini ta’minlaydi. Tayyorgarlik darajasiga qarab talaba fan boʻyicha maʼlum miqdordagi soatlarni oladi.

ECTS tizimi individual oʻquv rejasini shakllantirishda talabalarning ishtirokini nazarda tutadi. Yaʼni, har bir talaba qaysi kursni semester boshida, qaysi birini semester ohirida oʻqishini o‘zi tanlaydi.

ECTS tizimining yana bir afzal tarafi – talabaning mustaqil taʼlim olishi. Talabaga mustaqil taʼlim uchun bir qator mavzular beriladi. Ular ijodiy ish, insho va taqdimotlar (prezentatsiyalar) tayyorlaydilar. Muallim tomonidan tavsiya etilgan qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlab, oʻzlari qiziqqan sohani oʻrganadilar.
#TerDU | #yashil_makon
#dolzarb_40_kunlik

“Yashil makon” umummilliy loyihasida Termiz davlat universiteti jamoasi faol ishtirok etmoqda


❇️ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi orqali koʻchat ekib, bogʻlar barpo etish tevarak-atrof musaffoligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi va ekologik barqarorlikni taʼminlaydi.


Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” aksiyada ishtirok etib, yashil maydonlar yaratishga munosib hissa qoʻshmoqda.

❇️ Mazkur loyihada soha prorektorlari, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, tyutorlar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar hamda koʻngilli talabalar ham faol ishtirok etishdi.

♻️ “Yashil makon” loyihasi doirasida TerDUda 1200 tup mevali va manzarali daraxt ekish rejalashtirilgan.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali