TerDU rasmiy kanali
22.4K subscribers
21K photos
2.5K videos
996 files
10.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi

🔰 Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishida kengash aʼzolari Tabiiy fanlar fakulteti faollar zalida bevosita, barcha professor-o‘qituvchilar fakultetlarda videokonferens aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etdi.

🔸 Kun tartibida universitetda oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish, attestatsiyaga tayyorgarlikning borishi, Afgʻoniston Islom Respublikasidan universitet magistraturasiga tahsil olayotganlarning taʼlim jarayoniga qatnashish holati, 2019/2020 oʻquv yilida xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan universitetga oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan talabalar va ular boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi masalalar ko’rib chiqildi.

📚Shuningdek, darslik, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari nashr etilganlar ham qutlandi.

⚡️ Dotsent (3 nafar) va professor 1 nafar) ilmiy unvoniga taqdim etish bo'yicha universitet Kengashi qarori qabul qilindi.

🔰Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Forwarded from Glocals Bookshop
#Talaba_uchun_foydali

🔰Talabalarimiz bir haqiqatni yaxshi tushunib olishlari zarur: ozroq shug‘ullansangiz ham, muntazam shug‘ullaning.

Haftasiga 1 marotaba (masalan, yakshanba kuni) 3 soat davomida xorijiy til o‘rganib, keyin xafta davomida boshqa umuman til bilan mashg‘ul bo‘lmagandan ko‘ra, o‘sha 3 soatni xafta kunlariga bo‘lib, har kuni yarim soatdan o‘rgansangiz, samarasi yuqoriroq bo‘ladi.

✳️ Har bir ishda (xorijiy til, ilm-fan, ijod va san‘at) eng muhim omil – bu MUNTAZAMLIK.

❗️Oz-ozdan, lekin tez-tez bo‘lsin!
«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti» nominatsiyasi asosida «YIL TАNLOVI-2021» oʼtkazilmoqda

Jamoatchilik soʼrovnomasi natijalari hamda jurnalist va blogerlar eʼtirofi asosida gʼoliblar saralanadi.

«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti» deb siz qaysi taʼlim dargohini ayta olasiz?

Ovoz bering, fikrlaringizni yozib qoldiring.

Yil soʼngida «YIL TАNLOVI — 2021» gʼoliblari eʼlon qilinadi!

Tanlov haqida batafsil

Eslatma: Oliy oʼquv yurtlarining nomlari qisqartirma shaklida berilgan. Barcha qatnashchilar roʼyxati quyida:⬇️⬇️⬇️

➡️ OVOZ BERING VА KUZАTIB BORING ⬅️
"MOZIYGA SAYOHAT"
Joriy yilning 13 noyabr kuni Termiz davlat universiteti Milliy libos va San'at fakulteti tyutori B.Toshqobilov dizayn yo'nalishi 1 kurs talaba qizlarini Qadim Surxon vohasining o'tmishi, tarixi va madaniyatini o'zida jo aylagan "Termiz" davlat muzey-qo'riqxonasi ekspozitsiya zallariga tashrif buyurdi va yoshlarning tarixga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortdi.
Buyuk vatandoshimiz Imom Gʻazzoliy bunday deydi: “Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka oʻrgatilsa, shu bilan oʻsadi va dunyoyu oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallimu ustozlari ham sherik boʻladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek oʻz holiga tashlab qoʻyilsa, oxir-oqibat halok boʻladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar boʻlganlarning gardaniga tushadi”.

Zero, bugun ilm-fan va taʼlim izchil rivojlanib borayotgan bir davrda hech shak-shubhasiz tarbiya taʼlimning asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan taʼlim-tarbiya asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, har bir pedagog, muallim va ustozning taʼlim berishdan maqsadi –kelajagi porloq, Vatan va el-yurt xizmatida turadigan kadrlarni tarbiyalash boʻlar ekan, bunday taʼlim-tarbiya oʻz samarasini bermay qolmaydi. Yaʼni, bugungi kunning oʻqituvchi va muallimi oʻzi taʼlim berayotgan shaxsga fidoyilik bilan taʼlim berishi, qolaversa jonkuyar tarbiyachi boʻlishi shart.

https://t.iss.one/TerDU_Rektori_A_Maraximov/953
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati "Kelajak liderlari" klubi a'zolari Surxondaryo telekanali "Yoshlar vaqti" ko'rsatuvi mehmoni bo'lishdi.

Qayd etib o'tish lozimki, ushbu klubning 50 nafar a'zolari safida 10 dan ortiq Termiz davlat universiteti talabalari va magistrlari ham bor. Mazkur uchrashuvda ham talabalarimiz o'zlarining faolligi bilan ajralib turishdi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
🔹🔸🔹
#Kun_mavzusi

Kuni kecha mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining milliy reyting natijalari eʼlon qilingan. Reytingda 1-oʻrinni Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti (TIQXMMI) egallaganligidan xabaringiz bor.

👏 Vazir reytingda TOP 10 talikni egallagan oliy taʼlim muassasalarini qutlab, oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Vazir, shuningdek, oʻtgan yilning koʻrsatkichlariga nisbatan yuqoriroq natijalar koʻrsatgan oliygohlarni sanab oʻtdi. Jumladan,

✔️BuxMTI bir oʻquv yilida 50-oʻrindan 28-oʻringa yaʼni 22 pogʻona koʻtarilgan;
✔️TFI - 22 pogʻona yuqorilagan; AndMI - 20 pogʻona koʻtarilgan;
✔️NavDKI - 16 pogʻonaga, GulDU - 14 pogʻonaga, OʻzDXA - 13 pogʻonaga, OʻzDK - 11 pogʻonaga, TDYU - 10 pogʻonaga, TPTI - 9 pogʻonaga, SamDTI - 8 pogʻonaga, TDSHU - 5 pogʻonaga, QarMII - 7 pogʻonaga, UrDU - 6 pogʻonaga, TerDU - 5 pogʻonaga, OʻzXIA - 4 pogʻonaga yuqoriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TerDU | #yashil_makon
#dolzarb_40_kunlik

🌲“Yashil makon” umummilliy loyihasida Termiz davlat universiteti jamoasi faol ishtirok etishdi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
English Language Assessment Conference

Konferensiya 15 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 13:00 boshlanadi!

Britani kengashining vakolatxonasi tashabbusi bilan 15-17-noyabr kunlari "Ingliz tili bilimlarini baholash" (English Language Assessment Conference) nomli onlayn 9-konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiya o'zbek va ingliz tillarida "ZOOM" platformasida olib boriladi. Onlayn konferensiya Britaniya Kengashi baholash tizimlari sohasidagi ekspertlarning faol ishtirokida o'tkaziladi.

- Tadbirda to'liq qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.

Ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari kerak:
https://us02web.zoom.us/webinar/register/WN_BNfjNPSSQCyzHgcBNaKJRA

Onlayn konferensiya to'g'risidagi batafsil ma'lumot bilan https://www.britishcouncil.uz/en/exams/new-directions-series-2021 havolasi orqali tanishish mumkin.
Professional ta’lim muassasalarining sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o’qish boshlandi

🔰2021/2022-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

🗓 Bugun, 15-noyabrdan e’tiboran, kollej va texnikumlarda sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o‘quvchilar qabul qilingan kasb va mutaxassisliklarda o‘quv jarayonini tashkil etish boshlandi.

❗️O‘quv jarayonini tashkil etishga ta’lim muassasasi direktori shaxsan mas’ul hisoblanadi.

☝️Eslatma: kollej va texnikumlarning KUNDUZGI ta’lim shakliga kirish imtihonlari davom etmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from A.Maraximov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Judayam taʼsirli... Baxt uchun koʻp narsa kerak emas

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐https://t.iss.one/TerDU_Rektori_A_Maraximov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Mamlakatimizda keng nishonlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan TerDU Nemis tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati tabriknoma yoʻlladi.

🇩🇪🇺🇿 “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Islomov Sanjar Lingvistika sohasi boʻyicha Germaniyaning University of Münster universitetining doktorantura dasturida tahsil olmoqda.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
#TAʼZIYA

Termiz davlat universiteti jamoasi Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti oʻqituvchisi Choriyev Ulugʻbek Abdujabborovichning volidai muhtaramalari Yakubova Maryam ayaning vafotlari munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiradi.

Haq taolo marhumaning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru-mukofotlar ato etsin.
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali