Temur Poyonov️️
3.31K subscribers
5.23K photos
624 videos
10 files
1.64K links
©️ 𝐒𝐡𝐚𝐱𝐬𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠

🇺🇿
Download Telegram
#Tavallud_ayyom
#Quvonchli_kun

QUVONCHLI KUNGA SHERIK BO'LDIK

Kuni kecha Xiva shahrida Koson tumanilik Abbosbek Ravshanqulov bilan uchrashganim haqida yozgandim. Otasi vafot etgan hamda onasi 2-guruh nogironi sanalgan Abbosbek ayni paytda TATU Urganch filialida tahsil olishini, talaba yigitning 50 foizlik shartnoma to'lovi Yoshlar ishlari agentligi ko'magida to'lab berilgani, "Mard o'g'lon" davlat mukofotiga hujjat topshirgani haqida ham postda batafsil bayon etgandim.

Abbosbekni uchratgan kunim onasi M.Mo'minovaning tavallud topgan kuni ham ekan. Koson tumanidagi "Istiqbol" MFY yoshlar yetakchisi Feruzbek Ochilov talaba yigitning onasini quvonchli kuni bilan tabriklagani aks etgan fotosuratni sizlarga ilinayapman. Feruzbek bizning ham tabrigimizni onaxonga yetkazib qo'yibdi.

M.Mo'minovaning yuz-ko'zidan Yoshlar ishlari agentligidan minnatdor ekani ko'rinib turibdi. Sinovlarga bardosh berayotgan onaxon hali farzandining yutuqlaridan ko'p quvonadi. Biz esa bunga tilakdoshmiz!

https://t.iss.one/temurpoyonovv
#tavallud_ayyom

 🇺🇿 Bugun, 19-sentabr – O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi rasi Poyonov Temur Olimovich tavallud topgan kunlari.  Temur Olimovich 30 yoshni qarshilamoqdalar.

Tavallud ayyomingiz muborak. Umringiz uzoq bo'lsin! Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi kengashi hamda barcha talabalari sizni yana bir bor tavallud ayyom bilan muborakbod etadi.

@yoshlar_ittifoqi_samdchti