Joriy yilning 24-fevral kuni Xiva tumanida "TechBika" loyihasining targ'iboti bo'lib o'tdi. Tadbirda Xiva tumani maktablarining informatika o'qituvchilari o'quvchi qizlari bilan qatnashishdi. Tadbir 2 guruhga bo'lib o'tildi. 1-guruhda informatika o'qituvchilari, 2-guruhda o'quvchi qizlar "TechBika" loyihasining maqsadi va vazifalari tushuntirildi.
Joriy yilning 24-fevral kuni Xiva shahrida grafikga asosan "TechBika" loyihasining targ'ibot tadbiri 17-maktabning majlislar zalida bo'lib o'tdi. Tadbir davomida o'quvchi qizlar shu yerning o'zida techbika.uz saytida registratsiyadan o'tishdi va faol qatnashishdi.
Joriy yilning 25-fevral kuni Xazorasp tumanida maktabda informatika o'qituvchilari ularni talaba qizlari, maktab sardorlari va yetakchilari davrasida "TechBika" loyihasining targ'ibot jarayoni bo'lib o'tdi. Tadbir oxirida qiziquvchi qizlar tomonidan shu yerning o'zida techbika.uz saytidan ro'yhatdan o'tish jarayoni bo'lib o'tdi.
25-fevral kuni To'proqqal'a tumanida maktab o'qituvchilari, talaba-o'quvchilar, mahalla faollari, maktab sardorlari, ishsiz ayol-qizlar ishtirokida "TechBika" loyihasi haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbirda ishtirokchi ayol-qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Joriy yilning 26-fevral kuni Yangibozor tumanida TechBika loyihasining targ'ibot dasturi bo'lib o'tdi. Tadbirda umumta'lim maktablarining o'qituvchilari, o'quvchilari hamda yetakchi sardorlari qatnashishdi. Ishtirokchilar soni ko'payib ketganligi sababli tadbirni ketma-ketlikda 2 guruhga bo'lib o'tirdik. Barcha qatnashchilar o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishdi