TechBika🌸
28 subscribers
123 photos
4 videos
14 links
🌸Наша миссия —
помочь девушкам освоить востребованную профессию и обеспечить себе стабильное и благополучное будущее на многие годы
🌸Для информации-@Kamilla1402
Download Telegram
Joriy yilning 19-fevral kuni belgilangan grafikga asosan Urganch va Xonqa tumanlari IT o’quv markazlarida “TechBika” loyihasining targ’ibot dasturi bo’lib o’tdi. Targ’ibot davomida umumta’lim maktab direktorlari, 12 yoshdan katta o’quvchi-talabalar hamda mahalla faollari va ishsiz xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Xonqa tumani “Raqamli texnologiyalar o’quv markazi”da bo’lib o’tgan targ’ibot davomida 12 yoshdan katta o’quvchi qizlar, umumta’lim maktab direktorlari, o’qtuvchilari, mahalla faollari va ishsiz xotin-qizlar ishtirokida bo’lib o’tdi. Targ’ibot jarayonida 70 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Joriy yilning 22-fevral kuni Qo'shko'pir va Shovot tumanlarida "TechBika" loyihasi targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Qo'shko'pir tumanida umumta'lim maktablarining informatika o'qituvchilari, mahalla faollari, ishsiz ayol qizlar, yoshlar ittifoqi sardorlari va yetakchilari hamda bloger qizlar qatnashishdi. Tadbir ohirida 2 nafar bloger qizlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda "TechBika" loyihasi haqida ma'lumotlar tarqatildi.
Joriy yilning 22-fevral kuni Qo'shko'pir va Shovot tumanlarida "TechBika" loyihasi targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Shovot tumanida umumta'lim maktablarining direktorlari va informatika o'qituvchilari, o'quvchi-talaba qizlar, mahalla faollari, ishsiz ayol qizlari qatnashishdi. Informatika o'qituvchilarining "TechBika" loyihasiga bo'lgan qiziqishlari ortganidan, tadbir yakunlashishidanoq o'z maktablarida o'quvchilarga targ'ibot jarayonini davom ettirishdi.
Joriy yilning 23-fevral kuni belgilangan grafikga asosan Yangiariq va Bog’ot tumanlari IT o’quv markazlarida “TechBika” loyihasining targ’ibot dasturi bo’lib o’tdi.
Yangiariq tumanida bo’lib o’tgan uchrashuvda umumta'lim maktablarining informatika o'qituvchilari, mahalla faollari, ishsiz ayol qizlar, yoshlar ittifoqi sardorlari va yetakchilari qizlari qatnashishdi. Uchrashuvda 60 nafarga yaqin ayol-qizlar ishtirok etishdi.
Joriy yilning 23-fevral kuni belgilangan grafikga asosan Yangiariq va Bog’ot tumanlari IT o’quv markazlarida “TechBika” loyihasining targ’ibot dasturi bo’lib o’tdi. Bog’ot tumani “Raqamli texnologiyalar o’quv markazi”da bo’lib o’tgan targ’ibot davomida xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i, 32 ta umumta'lim maktablarining direktorlari va informatika o'qituvchilari, o'quvchi-talaba qizlar, mahallaning faol ayol-qizlari qatnashishdi. Targ’ibot jarayonida 150 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.