Театр Арбоблари уюшмаси
578 subscribers
25.4K photos
2.63K videos
36 files
3.41K links
Ўзбекистон Республикаси Театр Арбоблари уюшмасининг Telegramдаги расмий саҳифаси

https://www.instagram.com/teatrolam/

https://www.facebook.com/teatrarboblari.uyushmasi
Download Telegram
#Ijodiy_safar

✳️ Surxondaryo viloyat Qo‘g‘irchoq teatri Jizzax viloyatida!                                

4 fevral kuni Surxondaryo viloyat Qo‘g‘irchoq teatr ijodiy jamoasi Jizzax viloyatiga ijodiy safar bilan borishdi.

🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi mehmonlarni bayramona kayfiyatda kutib olishdi.

Shundan so‘ng qo‘g‘irchoq teatr tomosha zalida Jizzax shahrida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (aqli zaif) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab internati tarbiyalanuvchi bolajonlari uchun Surxondaryo Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi rejissyor – Fathulla Xodjayev tomonidan sahnalashtirilgan “KARVONSAROY” spektaklini namoyish etishdi.

Spektakl bolajonlarga juda ham manzur bo‘ldi, degan umiddamiz.

🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati.
#Teatrga_tashrif
#Spektakl_namoyishi

🎭Teatr san’atiga tomoshabin qiziqishini oshirish va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida 4 fevral kuni Andijon viloyat Yoshlar teatrida O‘zbekiston xalq shoiri – Anvar Obidjon asari, taniqli rejissyor – Tolibjon Hamidov sahnalashtirgan "G‘aroyib hangoma" nomli komediya spektakli Andijon viloyat Transport xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi va JM O‘zbekiston OAJ, MKB birinchi otryadi (Asaka bekat) xodimlari uchun namoyish etildi.

Rollarni:

Bosvos – Lutfulla Yo‘ldoshev,
Risolat – Mahliyo Mamitaliyeva,
Doktor – Ulug‘bek G‘opporov,
Posbon – Azizbek Turdialyev,
Oqsoqol – Soyibjon Mirzayev maromiga yetkazib ijro etishdi.

Tadbir so‘ngida teatrning mahoratli aktyori, taniqli so‘z ustasi – G‘ayrat Ahmedov tomonidan ham sahnaviy chiqishlari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

@andyoshlartheatr
#OAV_biz_haqimizda

«Ижод чашмаси» журналининг № 6 (50)-сонида «Гиннеслар рекорди» китобига киритилган Ўзбекистонлик цирк артисти – Дарина Матвеева билан суҳбат эълон қилинди. Тез орада эътиборингизларга ҳавола қиламиз.
Forwarded from Gazetalar sharhi
Ijod chashmasi_6_25.pdf
5.3 MB
«Ijod chashmasi» журналининг 2025 йил 6 (50)-сони мутолаа учун ҳавола қилинмоқда.

Журнал таҳририят томонидан тақдим этилди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi

❇️ Ijod chashmasi qalbingizga ilhom va mutolaa zavqini baxsh etsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️SAMARQAND VILOYAT QO'G'IRCHOQ TEATRI GASTROL SAFARI BILAN QASHQADARYODA❗️

Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatrining jamoasi o‘zining ijodiy gastrol safari bilan Qashqadaryo viloyatiga borishdi.
📌 Teatrining ijodiy jamoasi Qashqadaryolik kichkintoy tomoshabinlar uchun o‘yin kulgularga boy ajoyib spektakllar namoyish qilishib, bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi. 💫

Samarqand viloyat Qoʻgʻirchoq teatri Matbuot xizmati
Surxondaryo viloyat Qo‘g‘irchoq teatri gastrolda

4 fevral kuni Surxondaryo viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzax viloyatiga gastrol safarini uyushtirdi.

Teatr jamoasi Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan bayramona kayfiyatda kutib olindi.

Teatr ijodiy jamoasi gastrol safari davomida Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri sahnasida Jizzax shahridagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga, 4-sonli maktab o‘quvchilariga hamda Jizzax shahrida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (aqli zaif) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab internati tarbiyalanuvchilariga I. Lukyanovaning “Karvon saroy” spektaklini namoyish etishdi.

Qiziqarli sahna va kulgili harakatlarga boy ushbu spektakl Jizzaxlik tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

@SVQT2002
Театр соҳасини тиниб-тинчимас тарғиботчиси, истеъдодли ёзувчи ва фидойи журналист – Музаффар Муҳаммадназарни таваллуд топган куни билан табриклаймиз!

Музаффар Муҳаммадназарга энг аввало соғлик, узоқ умр, ишларига улкан ривож тилаймиз!

Ҳурмат билан – Ўзбекистон Театр Арбоблари уюшмасининг ижодий жамоаси.

Маълумот: Музаффар Муҳаммадназар 1973 йилнинг 6 Февраль куни Тошкент шаҳрида зиёлилар оиласида таваллуд топган.

«Мусиқа ва санъат мактаби»ни ва ТошДУ (ҳозирги ЎзМУ)нинг «Рус филологияси» факультетида таҳсил олган. Инглиз, рус, турк ва тожик тилларини билади ҳамда таржима қила олади.

Иш фаолиятини 1990 йилда «Сирли олам» журналида бўлим муҳаррири вазифасидан бошлаган.
«Ёнаётган тирик ҳайкаллар» ва «Сўнгги манзил» номли китоблар муаллифи.

Айни вақтда Ўзбекистон Театр Арбоблари уюшмасининг бош мутахассиси вазифасида фаолият юритиб келмоқда.

Ижодкор шунингдек, «Ижод чашмаси» журнали ҳамда Muzaffar.uz веб сайтининг бош муҳаррири ҳамдир.

Ўзбекистон «Адолат» социал-демократик партияси, Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси ва Ўзбекистон Театр Арбоблари уюшмаси аъзоси. 

Халқаро «Олтин мерос» хайрия жамоат фонди томонидан "Ижтимоий тармоқларда санъат ва маданият тарғиботига кўшган муносиб ҳиссаси учун" «Олтин мерос» медали билан тақдирланган.