TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
3.24K subscribers
6.37K photos
816 videos
32 files
864 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_yoshlari_kelajak_bunyodkorlari  #Qarshi2024 #forum #Yangi_Õzbekiston_yoshlari

▶️  "TATU yoshlari - kelajak bunyodkorlari Qarshi-2024" forumining 2-kunidan videolavha.

  Muhtaram Yurtboshimizning ichki turizmni yanada rivojlantirish, yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarimizning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarishga qaratilgan tashabbuslari ijrosini ta'minlash va qo'llab quvvatlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 500 ga yaqin talaba-yoshlarni o'zida jamlagan "TATU yoshlari - kelajak bunyodkorlari Qarshi-2024" forumining 2- kunida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan 35 km uzoqlikda Miroqi shaharchasida joylashdan go'zal va manzarali Hisorak suv ombori hududi bo'ylab ekskursiya bo'lib o'tdi.

"TATU yoshlari-kelajak bunyodkorlari – Qarshi-2024" forumi doirasida tashkil etilgan Etnofest musobaqalari hamda TATU va filiallar o'rtasida bo'lib o'tgan osh pishirish musobaqasi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Amir Temur tomonidan qurdirilgan, Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik, tarixiy obida bo'lmish - Oqsaroyga bundan tashqari, Shamsiddin Kulol maqbarasi kabi ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkil etildi.

O'ylaymizki, bunday tadbirlar yoshlarimizni, professor-o'qituvchilarimizni bir maqsad yo'lida birlashtirgan holda ularni intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqishiga xissa qo'shadi, aql-zakovati, kuch-g‘ayratini, kelajakka ishonchini, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #IT #hamkorlik

Kuni kecha, 25-iyul kuni O’zbekiston va Turkiya davlatlari yetakchi korxona va tashkilotlari, ta’lim muassasalari o’rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgan, O’zbekiston-Turkiya biznes forumi tashkil etildi. Mazkur forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati ishtirok etib,  Turkiyaning yetakchi IT kompaniyalari bilan yangi istiqbolli hamkorliklarni yo’lga qo’ydi.

📊 Forum davomida O'zbekiston va Turkiya yetakchi biznes vakillari ishtirok etib, ular o’rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, MIA Teknoloji, Bilkent cyberpark va GaziTechnopark bilan TATU o'rtasida muhokamalar bo'lib o'tdi, hamkorlik aloqalari o'rnatildi va anglashuv memorandumlari imzolandi. Bunda, IT-loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish, IT bozoriga oid ma'lumotlar almashinuvi, o'zaro manfaatlarini hisobga olgan holda xalqaro hamkorlik muhitini yaratish belgilab olindi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#forum

Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi


27-sentyabr kuni  Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM  rahbarlari ishtirok etmoqda. 

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy taʼlim kengashi raisi Odil Abdurahmonov,   Turkiya Oliy taʼlim kengashi (YÖK) rahbari Erol Özvar, Istanbul texnika universiteti rektori  Hasan Mandal ochib berdilar.

Ta'kidlash joizki, soʻngi yillarda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida hamkorlik aloqalari mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik koʻlami kundan-kunga kengayib bormoqda. Hozirda oliygohlar oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomalari soni 150 tadan oshdi.

Soʻnggi 3 yil davomida 800 nafarga yaqin oʻzbekistonlik oʻqituvchi va tadqiqotchilar Turkiyaga malaka oshirish, stajirovka, seminar va treninglarga yuborildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi oliygohlarda oʻquv jarayonini tashkil etishga 500 nafardan ortiq turkiyalik oʻqituvchilar jalb etildi. Joriy oʻquv yilida universitetlarimiz oʻrtasida tashkil etilgan Double degree qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 600 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

Forum doirasida ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.
#forum #TATU #hamkorlik

📶 Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston va Turkiya Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi bo’lib o’tmoqda.

🖋 Mazkur forum doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Turkiya davlatining Firat universiteti o’rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish, o‘zaro o‘quv hamda seminarlar tashkil etish, birgalikda ta’lim sifatini oshirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni yo’lga qo’yishni nazarda tutgan hamkorlik shartnomalar imzolandi.

🗒 Ma'lumot uchun:
Fırat Universiteti — davlat universiteti bo'lib, Turkiyaning Elazig shahrida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilgan va nomi Elazig yaqinidagi Furot daryosiga atab qo'yilgan. Universitet sharqiy Turkiyaning asosiy akademik muassasalaridan biri bo‘lib, 12 ta fakultet, 4 ta institut, davlat konservatoriyasi, 3 ta kasb-hunar maktabi va 21 ta ilmiy tadqiqot markaziga ega. Universitet ilmiy va texnologik taraqqiyotga katta eʼtibor beradi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #forum

📶 Ayni vaqtlarda Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi bo'lib o'tmoqda.

Forumda har ikki davlat tomonidan 30 ga yaqin nufuzli oliygohlar rektorlari ishtirok etishmoqda.

🎞 Forumning ochilish marosimini quyidagi link orqali kuzatib borish mumkin: https://www.youtube.com/live/nCzKasxvwoU?si=8FoBw3IJHdB_HLZ3

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#forum #live #TATU #sport

🎥 Hozirgina Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari ishtirokidagi Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda 24-26-fevral kunlari bo'lib o'tadigan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostidagi “Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari – Bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashadi – Samarqand-2025” forumiga start berildi.

🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi hamda 14-fevral kuni tashkil etilgan Yoshlar bilan muloqot davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan mazkur yirik forum Samarqand shahrida TATU hamda uning hududiy filiallaridan 1000 ga yaqin faol, iqtidorli va sportsevar talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni jamladi.

🟢 Forum doirasida “Team Building”, “Ochiq muloqot”, Sport musobaqalari, “Zakovat”, “TATU lider qizlari – Digital girls” seminar-treningi, “Balli qizlar” tanlovi, “Sumalak sayli”, “Karaoke batl”, “Gulxan shousi” va boshqa bir qator madaniy tadbirlar tashkil etiladi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soğlom_inson_soğlom_millat #forum
#sport

📶 Ayni vaqtlarda “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostidagi forum doirasida sport musobaqalari – futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soğlom_inson_soğlom_millat
#forum #sport #fotolavhalar
#TATU_yoshlari
#Yangi_Ŏzbekiston

📸Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostidagi forum doirasida sport musobaqalari – futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bellashuvlaridan fotolavhalar.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #rektor_va_yoshlar_uchrashuvi #forum

TATU Samarqand filialida rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

   Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar, xususan, ayni kunlarda yuqori saviyada bo'lib o'tayotgan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostidagi forum ishtirokchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.

    Ma’lumki, joriy yilning 14-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazilgan muloqotida bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

    Uchrashuvda ayni shu yig‘ilishda yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, yoshlar bilan ishlash tizimida yuz berayotgan o’zgarishlar haqida so’z bordi.

    Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan talabalar ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.

💬 Muloqot davomida talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tinglandi. Bu borada ularga qancha yordam, koʻmak zarur boʻlsa, qoʻllab-quvvatlashga doim tayyor ekanligimiz bildirildi.

Tadbir yakunida “Islom Karimov” davlat stipendiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” hamda “Muhammad al-Xorazmiy” stipendiyalarini qo'lga kiritgan talabalarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#forum #live #TATU #taqdirlash

🎥 Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari ishtirokida “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostidagi “Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari – Bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashadi – Samarqand-2025” forumida turli musobaqa va tanlovlarda g’olib bo’lganlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

⭐️ Marosimni jonli efirda kuzatish uchun havola

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #forum #sport #TATU_yoshlari #Sogʻlom_inson_sogʻlom_millat #TATU_OAV_nigohida #Uzb24

    Joriy yilning 24-26-fevral kunlari ichki turizmni yanada rivojlantirish, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish, ularning jamoaviy ishlash qobiliyatini yuksaltirish hamda sportchi talabalar salmog’ini oshirish maqsadida Samarqand shahrida TATU hamda uning hududiy filiallaridan mingga yaqin iqtidorli va sportsevar talabalarni, professor-o'qituvchilar hamda eng faol xodimlarni o'zida jamlagan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashdi - Samarqand 2025” forumi tashkil etildi.

🙋‍♂️ Shu haqida O'zbekiston 24 telekanalining Maxsus reportaj ruknida maxsus ko'rsatuv tayyorlanib efirga uzatildi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Forum #IchkiTurizm
#Soğlom_inson_soğlom_millat
#Urganch_2025

📶 Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 250 ga yaqin talaba-yoshlar, professor-o'qituvchilar va hodimlar "Olimpiya ruhi - ilhom manbai, Paralimpiya cheksiz iroda!" shiori ostida "Sog'lom inson - sog'lom millat - Urganch 2025" forumi tomon Xorazmga yo'l oldilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm #TATU_yoshlari #sayohat #ArdaKhiva #IchanQala #forum #BirJamoa_birOila

🤔 "Jamoa bilan safar – hamjihatlik va ruhiy yuksalish sari yo‘l!" shiori ostida Xiva shahridagi tarixiy-ma’naviy maskanlar bo'lgan “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi va Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan bunyod etilgan “Arda Xiva” turizm majmuasiga sayohat uyushtirildi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM