TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
2.95K subscribers
5.99K photos
735 videos
31 files
823 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
#tadbir #Yoshlar_Ittifoqi #taqdirlash #hisobot

O'zbekiston yoshlar ittifoqining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang'ich tashkilotining yillik yakuniy hisobot tadbiri bo'lib o'tdi.

🗒Tadbirda davomida universitetimiz Yoshlar kengashi yil davomida olib borgan faoliyati haqida hisobot berdi. Oliygohimiz Yoshlar ittifoqining eng faol va jonkuyar talaba-yoshlari universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

✈️ https://t.iss.one/taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash #sport #1oktyabr #futbol

1-Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan 23-24-sentyabr kunlari o'tkazilgan– universitetimiz erkak professor-oʼqituvchilar oʼrtasida mini-futbol sporti bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasida g'olib jamolarni taqdirlash marosimidan fotolavha.

🏆 Ikki kun davomida o'tkazilgan musobaqa natijasiga ko'ra:
1-o'rin Dasturiy injiniring fakulteti jamoasiga;
2-o'rin AKT sohasida kasb ta'limi fakulteti jamoasiga;
3-o'rin AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti jamoasiga nasib etdi.

🏆Gʼolib boʼlgan jamoaga Rektor kubogi nasib etdi. Shuningdek barcha g'olib ishtirokchilar albatta qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.

https://t.iss.one/taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1oktyabr #voleybol #musobaqa #taqdirlash

📣Yaqinlashib kelayotgan 1-Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan, universitetimizda ish faoliyatini olib borayotgan professor-oʼqituvchilar uchun bir qator bayram tadbirlari va sport musobaqalarini oʼtkazish rejalashtirilgan bo'lib, “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festival doirasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida 🤾‍♀️ ayol professor-o'qituvchilar oʼrtasida 26-sentabr kuni volleybol bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi.

🏆 O'tkazilgan musobaqa natijasiga ko'ra:
🥇-o'rin Kompyuter injiniring fakulteti jamoasiga;
🥈-o'rin AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti jamoasiga;
🥉-o'rin Televizion texnologiyalar fakulteti jamoasiga nasib etdi.

🎁Gʼolib boʼlgan jamoaga Rektor kubogi nasib etdi. Shuningdek barcha g'olib ishtirokchilar albatta qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_ligasi #taqdirlash #sport

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yuqori saviyada o‘tkazib kelinayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalarining mini-futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat turlari bo'yicha taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

⚽️ Bellashuv yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi, mini-futbol bo'yicha:
🥇Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 1- o‘rin ;
🥈Televizion texnologiyalari fakulteti 2-o‘rin ;
🥉AKT sohasida Kasb ta’limi fakulteti 3-o‘rinni egaladilar.

🏐 Voleybol bo'yicha:
🥇 Radio va mobil aloqa fakulteti 1-o'rin;
🥈 AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-o'rin;
🥉 Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 3-o'rinni egalladi.

🏓 Stol-tennis bo'yicha:
🥇 Jo‘raqulov Iftixor Davlat o‘g‘li
(Kiberxavfsizlik fakulteti) 1-o'rin;
🥈 Marufkhonov Ismatillokhon Ikromkhon o‘g‘li (Dasturiy injiniring fakulteti) 2-o'rin;
🥉 Imambayev Qanat Quandiq o‘g‘li
(Televizion Texnologiyalari fakulteti) 3-o'rinni egalladi.

Shaxmat
🥇 Latipov Suxrob Yoqub o‘g‘li
(Kiberxavfsizlik fakulteti) 1-o'rin;
🥈 Jumanov Rustam Abduxalil o‘g‘li (Kompyuter injiniringi fakulteti) 2-o'rin;
🥉 Toxirov Anvar Shuxrat o‘g‘li (Dasturiy injiniring fakulteti) 3-o'rin.

🎁 G'olib bo'lgan jamoalar va qatnashchilar diplom hamda esdalik so'vg'alarini qabul qilib oldilar.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ICPC #Olimpiada #taqdirlash

👨‍💻 “ICT Week – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education” forumida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.

💻 Xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida 1- o'rinni olgan TATUning Code of Duty jamoasi (Umurzoqov Quvonchbek, Miroqilov Davlatbek, Qodirov Jamshidxon) 60 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

👏 Jamoamizga 2023-yil dekabr oyida Qozog'istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalida omad tilab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#etirof #taqdirlash #REU #xushxabar

Bugun G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining (RIU) Toshkent shahridagi filiali Kengashi qarori bilan RIUning "Faxriy professori" unvoni hamda esdalik nishoni bilan taqdirlandim.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#etirof #taqdirlash #Kookmin #xushxabar

Xalqaro e'tirof!

🗓 Joriy yilning 18-aprel kuni Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri bo'lgan Kookmin universiteti tomonidan Kookminning "Faxriy professori" unvoni bilan taqdirlandim.

▶️ Mazkur taqdirlash marosimidan videolavha.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha #taqdirlash #Kings_award_for_excellence

📹 “King’s Award for Excellence 2024” Taqdirlash marosimidan videolavha

Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kollejida bo‘lib o‘tgan Oksford mukofotlari klubining “King’s Award for Excellence 2024” taqdirlash marosimida Ozbekiston OTMlari ichida ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Texnologik ta’lim” yo‘nalishida mukammallik mukofoti bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan tashkilotlar va rahbarlar to’g’ridan-to’g’ri Oksford mukofotlari klubi (Oxford Awards Club)ning to’laqonli a’zosi sifatida tan olinadi. Bu esa, endilikda universitetimizning Britaniya oliy ta’lim muassasalari va har qanday yo‘nalishdagi tashkilotlari bilan kuchli Networking aloqalarini kafolatlaydi.

O‘zbekiston-Buyuk Britaniya Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi bo‘lib Oksford mukammallik mukofotini qo‘lga kiritilishi universitetimizning nafaqat Buyuk Britaniya, balki dunyo miqyosida boshqa har qanday yo‘nalishdagi tashkilotlar tomonidan munosib tan olinishiga hissa qo‘shadi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#Digital #taqdirlash_marosimi

Bugun, 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligida Vazirlik hamda soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👥 Mazkur tadbirda Vazirlik rahbariyati, hududiy boshqarmalari, viloyatdagi tizim tashkilot va korxona vakillari qatnashdi.

Unda soha rivojiga ulkan hissasini qo'shib kelayotgan bir qancha soha xodim va rahbarlari e'tirof etildi. Ular qatorida Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Professor Baxtiyor Maxkamov, Inson resurslari (HR) bo'limi boshlig'i Begmatova Ziyoda, TATU Samarqand filiali O'quv ishlari bo'yicha direktori o'rinbosari Yakubjanova Dilfuza Vazirlik Faxriy yorlig'i bilan taqdirlanishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#futbol
#kubok
#taqdirlash

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari o‘rtasida o‘tkazilayotgan TATU ko‘chma kubogi musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi.

🏆 Natija:
🥇 TATU;
🥈 Nurafshon filiali;
🥉 Samarqand filiali.

🏟 Musobaqada mag'lublar bo'lmadi. Jamoalar bir-birilari bilan zavqli o'yinlar olib borishdi. Do'stona muhit va fikr almashish ayni maqsadlarga musobaqa orqali erishildi. Barchamiz bir butun TATUmiz va birga rivojlanamiz!!!

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#Live #THE #taqdirlash

🚨 Ayni vaqtlarda Yangi O’zbekiston Universitetida dunyoning nufuzli “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Central Asia University Forum” bo’lib o’tmoqda.

⭐️ Xabaringiz bor, THE (Times Higher Education) xalqaro reytingida ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyo universitetlari xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-5 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-3 o‘rinni egallagan edi.

Shu munosabat bilan, universitetimizga ilk bor THE (Times Higher Education World University Rankings 2025) tomonidan tadqim etilgan maxsus sertifikatni universitetimiz rektori B.Maxkamov qabul qilib oldilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live #THE #taqdirlash

🚨 Ayni vaqtlarda bo‘lib o‘tayotgan
Central Asia University Forum” dan videolavha.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM