#Huawei #Tech4Good #tezkor
❗️ Xushxabar. Tech4Good global tanlovida O‘zbekiston sovrinli o’rinni egalladi.
🏆 Sakkiz nafar o‘zbekistonlik talabalardan tashkil topgan “Techno Mind” jamoasi global Tech4Good tanlovida “Aquatibia” loyihasini taqdim etib, Silver Award mukofotiga sazovor bo‘ldi. Global musobaqaning finali O‘zbekiston, Jazoir, Singapur, Italiya, Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, Braziliya va Namibiyalik o‘nta jamoa ishtirokida 2024-yil 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Jo'rabekov Bobur “Techno Mind” jamoasi a'zosi.
🎉 Talabamiz bilan faxrlanamiz va unga kelajakda yanada yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz!
🗒 Ma'lumot o'rnida: Tech4Good — Seeds for the Future flagman ta'lim dasturi doirasidagi tanlov bo'lib, ilk marta 2021-yilda talabalarni raqamli texnologiyalar orqali ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishga jalb qilish hamda startap g'oyasini tijorat uchun foydali loyihaga aylantirish maqsadida o'tkazilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM