TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
3.24K subscribers
6.38K photos
818 videos
32 files
865 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #ochilish_marosimi

👁 “TUIT Bright Future Week” haftaligiga Vazir tashrif buyurdi

Joriy yilning 24-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif Universitet A binosining yangi ta'mirdan chiqqan "Foye" qismining tantanali ochilish marosimidan boshlandi. So'ngra, boshqa ta’mirlangan binolar holati ko'zdan kechirildi.

🔵 Shuningdek, universitetning ta’lim, ishlab chiqarish va tadqiqot integratsiyasi asosida yangi tashkil etilib, jihozlangan laboratoriyalari bilan tanishdi. Shu bilan birga, Universitetda tashkil etilgan Inkubatsiya markazi faoliyati, u yerda talabalar va tadqiqotchilarning innovatsion ishlanmalari hamda g‘oyalari bilan tanishildi.

◀️ Shundan so‘ng Vazir “TUIT Bright Future Week” haftaligi ishtirokchilarini tabriklash va g‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha #tashrif

🖼️ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga tashrifidan fotolavha.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga tashrif buyurdi.

🗒 Tashrif mobaynida Institutdagi kursantlar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy hamda o‘quv laboratoriyalar bilan tanishtirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa mutaxassisliklarida harbiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy hamda innovatsion yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari yana bir bor muhokama qilindi va kelgusi rejalar kelishib olindi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #tashrif

💬 Kuni kecha, 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Akademik olimlar bilan uchrashuv” tadbirining navbatdagi mehmoni bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Reymov Axmed Mambetkarimovich "Hayotiy tajribalari, ilm yo‘llaridagi faoliyati" bilan o'rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o'rtasida akademik, ilmiy-tadqiqot va xalqaro yo'nalishlarda yaqindan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, malakali kadrlar tayyorlashda o'zaro ko'maklashishni ko'zda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shundan so'ng Axmed Mambetkarimovich TATU da talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #tashrif

Akademik bilan uchrashuvdan videolavha

💬 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Akademik olimlar bilan uchrashuv” tadbirining navbatdagi mehmoni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Reymov Axmed Mambetkarimovich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #muhandislik_maktabi

Bugun, 8-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Karimjonov Rustam Olimjon o'g'li hamda "Oʻzbektelekom" AK boshqaruv raisi Xasanov Nazirjon Nabijanovich  tashrif buyurdi.

💬 Tashrif davomida universitetda "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda "Muhandislik maktabi"ni tashkil etish bo'yicha muhokama o'tkazildi.

🗒 Xususan, universitet hududida "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining o'quv laboratoriya xonalarini tashkil etilishi jarayonlari ko'zdan kechirildi, ishlab chiqarish bilan o'qish tizimini integratsiyalashni yangi bosqichga olib chiqish, ikki fakultet talabalarini rejalashtirilgan muhandislik maktabida tayyorlash masalalari muhokama etildi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #KOICA
#delegatsiya

KOICA kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori Janob Shin Myon Sopom boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (TATU) tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a'zolariga universitetning zamonaviy muhandislik maktabi, ilmiy laboratoriyalar va ularda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar taqdim etildi.

Ushbu uchrashuvda TATUda KOICA grant mablag'lari hisobidan loyihani amalga oshirish bosqichlari, xalqaro tajriba asosida zamonaviy ta'lim yo'nalishlarini yaratish imkoniyatlari, shuningdek, ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishni birlashtirishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish (Industry-academia cooperation) muhokama qilindi. Shuningdek, keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi va yangi loyihalar ustida birgalikda ishlash to'g'risida kelishuvga erishildi.

🗒 Ma'lumot uchun, universitet hozirda 2022-2027-yillarga mo'ljallangan, KOICA grant mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan "TATU da biznes-IT sohasida innovatsion ta'lim tizimini yaratish" loyihasini amalga oshirmoqda.



#визит #KOICA
#делегация

Делегация во главе с директором представительства KOICA в Узбекистане господином Шин Мён Соп посетила Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми (ТУИТ).

В ходе визита членам делегации была представлена современная инженерная школа университета, научные лаборатории и проводимые в них научные исследования и разработки.

💬 На данной встрече обсуждались этапы реализации проекта, осуществляемого в ТУИТ за счет грантовых средств KOICA, возможности создания современных образовательных направлений на основе международного опыта, а также реализация новых проектов, направленных на интеграцию образования, научных исследований и производства (Industry-academia cooperation). Также обсуждались вопросы дальнейшего сотрудничества и достигнута договоренность о совместной работе над новыми проектами.

🗒Для справки: В университете в настоящее время реализуется проект «Создание инновационной системы образования в сфере бизнес-ИТ в ТУИТ», рассчитанный на 2022-2027 годы и финансируемый за счет грантовых средств KOICA.

✈️ @taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #õrganish

👥 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorlik holati, ta’lim sifati va samarasi, o‘quv laboratoriyalar, talabalarga yaratilgan qulayliklar, talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash kabi ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

🗒 Shuningdek, “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati bilan tanishildi hamda universitet yotoqxonalariga birma-bir kirib, barcha qavatlardagi xonalarda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar o‘rganildi. Ma’naviyat xonasi, kutubxona, kompyuter texnikalari, tibbiyot xonasi, talabalarga maishiy xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘rib, tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Qatarning yetakchi Hamad bin Halifa universiteti rektori, "Qatar Foundation" hamda Qatar milliy tadqiqot jamgʻarmasi rahbari doktor Ahmad Hasna tashrif buyurdi.

💬 Uchrashuvda Sun'iy intellekt sohasida malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash, professor-o'qituvchilar hamda talabalar o'rtasida  malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish va ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kelishildi.

🙋 Tashrif davomida mehmonlar universitetda tashkil etilgan ilg‘or muhandislik maktablari, ilmiy laboratoriyalar, inkubatsiya va media markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

🗒Ma’lumot uchun: Hamad bin Halifa universiteti (HBKU) Qatardagi yetakchi davlat universitetlaridan biri bo’lib, 2010-yilda “Qatar Foundation” tomonidan tashkil etilgan. Dunyoning eng kuchli universitetlar bo‘yicha QS World University Rankings reytingida 183-o‘rinni egallagan.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#fotolavha #tashrif

6-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig’i Abdullayev A’zam Abdushukurovich, Boshliq o'rinbosari Chorshanbiyev Jasur Xurramovich hamda Raqamli texnologiyalar sohasida nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Ashirbayev Ermat Azimovich tashrif buyurishdi.

💬 Uchrashuvda professor-o'qituvchilar va mutaxassislar uchun almashinuv dasturlarini hamda malaka oshirish kurslari dasturlarini ishlab chiqish, hamkorlikda laboratoriya tashkil etish va unda soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash, talabalar o'rtasida  malaka oshirish dasturlarini amalda tadbiq etish va ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kelishildi.

🙋 Tashrif davomida mehmonlar universitetda tashkil etilgan ilg‘or muhandislik maktablari, ilmiy laboratoriyalar, inkubatsiyа va media markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM