#Maqola
#Yangi_Õzbekiston
📰 Bugun, 2024-yil 4-aprel kuni Yangi O'zbekiston gazetasining 67 (1128) - sonida "Texnologiya bugunniki, mutaxassis kelajakniki" nomli maqolam chop etildi.
👁 Maqolani o'qish
❤ @taturektori
#Yangi_Õzbekiston
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #delegatsiya
✅ Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Tailandning Walailak universiteti prezidenti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
🗒 Mazkur tashrif ikki universitet o'rtasidagi dastlabki aloqalarini o'rnatish va istiqbolli hamkorlik yo'nalishlarini muhokama etishga juda qulay imkoniyatni yaratib beradi. Kelgusida professor-o'qituvchilar, hodimlar va talabalar o'rtasida almashinuv dasturlari, ilmiy-amaliy konferensiyalarni birgalikda tashkil etishni maqsad qilgan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yishga kelishib olindi.
Shuningdek, joriy yil Tailandda 10-13-iyun kunlari Times Higher Education tomonidan tashkil etilayotgan Global Barqarorlik yetakchilari sammiti (Global Sustainability Leaders’ Summit) doirasida TATU delegatsiyasining Walailak universitetiga tashrif buyurish va hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirildi.
📌 Ma'lumot uchun: Walailak universiteti o'zining tadqiqot faoliyati va biotexnologiya, atrof-muhit fanlari va qayta tiklanadigan energiya kabi turli yo'nalishlarga qaratilgan tadqiqot markazlari bilan mashhur fan, texnologiya va innovatsiyalarga yo'naltirilgan keng qamrovli davlat universiteti hisoblanadi.
✈️ @tuituz_official
Shuningdek, joriy yil Tailandda 10-13-iyun kunlari Times Higher Education tomonidan tashkil etilayotgan Global Barqarorlik yetakchilari sammiti (Global Sustainability Leaders’ Summit) doirasida TATU delegatsiyasining Walailak universitetiga tashrif buyurish va hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektorqabuli
💻 Bugun, 4-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#тафаккур
🤔 Биз ўйлаётган ўй фикрларимиз ва сўзлаётган сўзларимиздан ташкил топганмиз. Шундай экан фойдаланаётган сўзларингизга эътиборли бўлинг.
«Менга бўлаверади» деманг, «Менга энг яхшиси керак» денг.
«Чарчадим» эмас, «Дам олишим керак» денг.
«Айбдорман» деманг, «Бу менга тажриба бўлди» деб айтинг.
«Вақтим йўқ» эмас, «Кейинроқ бажараман» денг.
«Ҳаракат қиламан» эмас, «Бажара оламан» денг.
«Мен бунга лойиқ эмасман» деманг, «Мен энг яхшиларига лойиқман» денг.
«Ҳаммаси яхши» ни ўрнига, «Менда ҳаммаси зўр» деб айтинг.
✈️ @taturektori
«Менга бўлаверади» деманг, «Менга энг яхшиси керак» денг.
«Чарчадим» эмас, «Дам олишим керак» денг.
«Айбдорман» деманг, «Бу менга тажриба бўлди» деб айтинг.
«Вақтим йўқ» эмас, «Кейинроқ бажараман» денг.
«Ҳаракат қиламан» эмас, «Бажара оламан» денг.
«Мен бунга лойиқ эмасман» деманг, «Мен энг яхшиларига лойиқман» денг.
«Ҳаммаси яхши» ни ўрнига, «Менда ҳаммаси зўр» деб айтинг.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stipendiya #STEM
📣 E'lon: Britaniya Kengashining stipendiya dasturi
Britaniya Kengashi fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida ayollar imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish maqsadida “Women in STEM” global stipendiya dasturini ishga tushirmoqda. Dastur turli mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda STEM boʻyicha salohiyat va taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan.
📌 Dastur tafsilotlari:
O‘zbekistonlik nomzodlar 2024-2025 o‘quv yilida Buyuk Britaniyaning to‘rtta universiteti: Krenfild universiteti, Sent-Endryus universiteti, Glazgo universiteti, Stirling universitetida magistratura dasturlarida o‘qish uchun stipendiya olish uchun ariza topshirishga taklif qilinadi.
🗓 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 30-aprel.
О'qishning boshlanishi: 2024-yil oktyabr.
Dastur haqida toʻliq maʼlumotni British Council veb-saytida topishingiz mumkin: Britaniya Kengashining STEM sohasida ayollar uchun stipendiyalari.
📌 Ushbu dastur ayollarni STEM sohasida martaba orttirishga ilhomlantirish va ularning muvaffaqiyatli ta'limi va rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratish uchun mo'ljallangan.
Britaniya Kengashi fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida ayollar imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish maqsadida “Women in STEM” global stipendiya dasturini ishga tushirmoqda. Dastur turli mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda STEM boʻyicha salohiyat va taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan.
O‘zbekistonlik nomzodlar 2024-2025 o‘quv yilida Buyuk Britaniyaning to‘rtta universiteti: Krenfild universiteti, Sent-Endryus universiteti, Glazgo universiteti, Stirling universitetida magistratura dasturlarida o‘qish uchun stipendiya olish uchun ariza topshirishga taklif qilinadi.
О'qishning boshlanishi: 2024-yil oktyabr.
Dastur haqida toʻliq maʼlumotni British Council veb-saytida topishingiz mumkin: Britaniya Kengashining STEM sohasida ayollar uchun stipendiyalari.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik
🎉 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ma'muriyati, xodimlari va talabalari nomidan O'zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar vaziri - Sherzod Xotamovich Shermatovni tavallud ayyomlari bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Vatan ravnaqi yo'lida mehnat qilayotgan Sherzod Xotamovichga mustahkam sog'liq, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va omonlik tilaymiz!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🎉 От имени команды и студентов Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми сердечно поздравляем министра цифровых технологий Республики Узбекистан - Шерзода Хотамовича Шерматова с днём рождения!
Желаем Шерзоду Хотамовичу, трудящемуся на благо Родины, крепкого здоровья, семейного спокойствия, мира и благополучия!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👑 Bugun Amir Temur tavalludiga 688 yil toʻldi
Amir Temur tavallud topgan kun arafasida 1402-yil Anqara yaqinida bo‘lib o‘tgan jang sahnasi qayta tiklandi.
🎞 Amir Temur, uning o‘g‘illari Shohruh Mirzo va Mironshoh, shuningdek, 20 yoshli nabirasi Abu Bakr Mirzolarning tasvirlari sun’iy intellekt — Midjourney yordamida qayta tasvirlandi.

#tafakkur
Ko'ngil...
Odam hamma narsaga to'yishi mumkin. Boylikka... Amalga... Shon-shuhratga... Xudoning o'zi kechirsinku, hatto... hayotga ham... Qarib churiganida "Omonatingni ola qol, Yaratgan Egam", deydiganlar chin dildan gapiradi...
Odam hamma narsaga to'yishi mumkin. Faqat bir narsaga - Mehrga to'ymaydi. Bu masalada shoxu gado barobar.
Xolbuki, dunyoda bundan arzon narsa yo'q. Bir og'iz shirin So'z, bir chimdim Mehr kimni o'ldiribdi! Biz esa shuni ham birbirimizdan ayaymiz...
🖌 O'tkir Hoshimov
@taturektori

#RektorForum2024
#live
Xalqaro forum start oldi
Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi start oldi.
“2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashmoqda.
Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Xalqaro anjumanni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning salmoqli natijalariga to‘xtaldi.