TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
3K subscribers
6.13K photos
753 videos
31 files
835 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
#RektorForum2024
#live

Xalqaro forum start oldi

Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi start oldi.

“2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashmoqda.

Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Xalqaro anjumanni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning salmoqli natijalariga to‘xtaldi.
#Oxford_Awards_club #live

💻 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oksford mukofotlari klubi (Oxford Awards Club) safiga qo'shilish uchun ariza topshirgan bo'lib, shu kunga qadar 100 dan ortiq nufuzli universitetlar ichida TATU 1-bosqichdan o'tib, klubga a'zolik tanloviga qo'yildi.

📹 Ayni damda Buyuk Britaniyaning London shahrida King’s College London universitetida Oxford Awards Club hay'ati tomonidan ovoz berish orqali Universitetimizni ushbu klubga a'zo bo'lishi ko'rib chiqilmoqda.

🗒Ma'lumot uchun:Oxford Universiteti & Kollej Qo'mitasi va London malaka oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan Oxford Awards Club butun dunyo bo‘ylab jamiyat, biznes va ta’lim sohasida boshqarilib kelayotgan tashkilotlarga e’tibor qaratadi va samaradorligi, operatsion mukammalligi, strategiyasi va inson resurslari jarayonlarini hisobga olgan holda malaka va baholash jarayoni orqali taniqli ijtimoiy va ta’lim tizimlari hamda ta'lim muassasalarini o'z safiga qabul qiladi.

🤝 Universitetimizni qo'llab-quvvatlashda hamda bizni kuzatishda davom eting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #live #TATU_SF #ochilish_marosimi

📹 Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining "Kompyuter injiniringi" fakultetida 400 o'ringa mo'ljallangan yangi talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

🎤 Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov ochib berib, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari zarurligini ta'kidlab o'tdi.

🎉 Shundan so'ng Rustam Karimjonov, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i Aziz Nasimov hamda filial rahbarlari bilan birgalikda yangi TTJ ni ochib berdik.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#live #HOK #TATU #Kibersport

🔥Navbatdagi G'alaba!

🌍 Ayni kunlarda O'zbekiston sharafini Xalqaro Kibersport arenalarida ximoya qilib kelayotgan TATU jamoasi Evrosiyo iqtisodiy Ittifoqi (Eurasian economic union EEU) mintaqasi tarkibiga kiruvchi Xorvatiya, Gruziya, Vengriya, Slovakiya, Gretsiya, Polsha, Chexiya kabi 27 ta davlatlar terma jamoalari ishtirokidagi kibersportning Honor of Kings Open Series 2024 Split 1 turi bo'yicha Xalqaro musobaqasida ishtirok etib kelmoqda.

📈 Ikkita ketma-ket g'alabadan so'ng Jamoamiz musobaqaning 1/4 final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live #my_future_job

📹 Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan "My future job training" haftaligining 2-kuni bo'lib o'tmoqda.

Unda EeDen LLC, Silk road Professionals, Gcore, Coursera kabi yirik kompaniya vakillari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etishmoqda. Shuningdek Gcore kompaniyasi vakillari tomonidan, ishga joylashish istagida bo’lgan talabalar bilan suhbatlar tashkil etilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #UNICORN #Digital_girls

📹 Universitetimizning katta faollar zalida sovrin jamg'armasi 1,2 mlrd. so'mni tashkil qilgan TUIT bright future week tanlovlar haftaligi doirasidagi tashkil etilgan "UNICORN" startap loyihalar tanlovi hamda “TUIT Digital Girls” xakatonining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

“TUIT Digital Girls” xakatoni
mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ilmiy yechim izlab topishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, hamda raqamli texnologiyalarni tadbiq etgan holda ularning yechimlarini taklif etishda ayollarning faol ishtirokini taʼminlash, yangi innovatsion IT mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqishlari uchun ularning tashabbuslari va takliflariga eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida oʻtkaziladigan musobaqa.

Unicorn - maqsadi jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, universitetdagi iqtidorli talabalarni aniqlash, talaba yoshlar orasida robototexnika, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, biznes jarayonlarini yangi g‘oyalar va innovatsiyalar asosida tijoratlashtirish bo‘yicha startap loyihalarni rivojlantirish, talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish hamda rag‘batlantirishdan iborat bo'lgan startap loyihalar tanlovi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha #live

📷 Jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, universitetdagi iqtidorli talabalarni aniqlash, talaba yoshlar orasida robototexnika, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, biznes jarayonlarini yangi g‘oyalar va innovatsiyalar asosida tijoratlashtirish bo‘yicha startap loyihalarni rivojlantirish, talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish hamda rag‘batlantirishni maqsad qilgan - "3I: Idea, invention and innovation" talabalar ishlanmalari va g'oyalari tanlovidan fotolavha.

📍 TATU hamda uning hududiy filiallari talabalarining 200 ga yaqin ishlanmalari bilan tanishish istagida bo'lganlarni Oliygohimiz yangi sport zalida bo'lib o'tayotgan ko'rgazmaga taklif etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM