Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
🇺🇿8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan bayram-taqdirlash marosimidan videolavha.
🇺🇿Видеоролик праздничной церемонии награждения памятным знаком "30-летие Конституции Узбекистана", посвященной 8 декабря-Дню принятия Конституции Республики Узбекистан.
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari xalqaro dasturlash musobaqasi NEERC finali (ICPC yarim finali)da yuqori natijalarni qayd etganligi uchun kecha, 19-dekabr kuni munosib taqdirlandilar.
✔️Eslatib o'tamizki, shu paytgacha O'zbekistondagi OTMlar ichida bu kabi nufuzli tanlovlarda qatnashib diplom olish juda qiyin bo'lgan. Faxr bilan aytishimiz mumkinki, aynan bizning universitetimiz talabalari musobaqada o'z bilim va intellektual salohiyatlarini namoyish qilgan holda, yuqori natijalarni qayd etdilar.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
💻Студенты Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми вчера, 19 декабря, были достойно награждены руководством университета за высокие результаты в финале международного конкурса программирования NEERC (полуфинал ICPC).
✔️Напомним, что до сих пор в вузах Узбекистана было очень сложно получить диплом, участвуя в таких престижных конкурсах. С гордостью можно сказать, что именно студенты нашего университета превосходно продемонстрировали свой познавательный и интеллектуальный потенциал на конкурсе.
✅Bugun, 8-may kuni Toshkent shahridagi IT-park majmuasi hududida joylashgan Vazirlikning yangi binosida 7 may-Aloqachilar kuni munosabati bilan, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yoʻlida faoliyat yuritayotgan, sohaning rivojlanishiga oʻzlarining salmoqli hissalarini qo'shib kelayotgan bir guruh soha xodimlarini taqdirlash tadbiri bo'lib o'tdi.
📄Ushbu tadbirda oliygohimiz hamda uning filiallari rahbarlari hamda xodimlari turli mukofotlar bilan munosib taqdirlandilar.
"O'z kasbining ustasi" belgisi bilan:
🟢Abdullayeva ZiyodaNabiyevna - TATU Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi;
🟢Raximboyev Xikmat Jumanazarovich - TATU Urganch filiali Kompyuter injiniringi fakulteti dekani.
🟢Kenjayeva Muhayyo Norqulovna - TATU Qarshi filiali Xo'jalik bo'limi farroshi.
"Faxriy yorliq" bilan:
🟢Aripdjanova Hayotxon Nabievna- TATU Farg'ona filiali Axborot resurs markazi komplektlash bo'limi boshlig'i;
🟢Xatamov Artur Pulatovich- TATU Mobil aloqa texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi.
“Yangi O‘zbekiston ta’limi – Urganch 2023” ta’lim forumi
✅Bugun Yoshlar oyligi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish doirasida TATU va uning filiallari o‘rtasida “TATU Zakovat ligasi”ning final bosqichining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
🏆 «TATU Zakovat ligasi»ning final bosqichi natijalari:
❗️Bunday bilim musobaqalarini o'tkazishdan asosiy maqsad o'z ustida tinimsiz izlanayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash shuningdek, sohada mukammal bilim egalari sifatida kamol topshirlarida ko'maklashish.
🎉G'oliblar pul mukofotlari hamda diplom-sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
✅O'zbekiston yoshlar ittifoqining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang'ich tashkilotining yillik yakuniy hisobot tadbiri bo'lib o'tdi.
🗒Tadbirda davomida universitetimiz Yoshlar kengashi yil davomida olib borgan faoliyati haqida hisobot berdi. Oliygohimiz Yoshlar ittifoqining eng faol va jonkuyar talaba-yoshlari universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
✅1-Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan 23-24-sentyabr kunlari o'tkazilgan– universitetimiz erkak professor-oʼqituvchilar oʼrtasida mini-futbol sporti bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasida g'olib jamolarni taqdirlash marosimidan fotolavha.
🏆Ikki kun davomida o'tkazilgan musobaqa natijasiga ko'ra: 1-o'rin Dasturiy injiniring fakulteti jamoasiga; 2-o'rin AKT sohasida kasb ta'limi fakulteti jamoasiga; 3-o'rin AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti jamoasiga nasib etdi.
🏆Gʼolib boʼlgan jamoaga Rektor kubogi nasib etdi. Shuningdek barcha g'olib ishtirokchilar albatta qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.
📣Yaqinlashib kelayotgan 1-Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan, universitetimizda ish faoliyatini olib borayotgan professor-oʼqituvchilar uchun bir qator bayram tadbirlari va sport musobaqalarini oʼtkazish rejalashtirilgan bo'lib, “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festival doirasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida 🤾♀️ ayol professor-o'qituvchilar oʼrtasida 26-sentabr kunivolleybol bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi.
🏆 O'tkazilgan musobaqa natijasiga ko'ra: 🥇-o'rin Kompyuter injiniring fakulteti jamoasiga; 🥈-o'rin AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti jamoasiga; 🥉-o'rin Televizion texnologiyalar fakulteti jamoasiga nasib etdi.
🎁Gʼolib boʼlgan jamoaga Rektor kubogi nasib etdi. Shuningdek barcha g'olib ishtirokchilar albatta qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.
🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yuqori saviyada o‘tkazib kelinayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalarining mini-futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat turlari bo'yicha taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
⚽️ Bellashuv yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi, mini-futbol bo'yicha: 🥇Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 1- o‘rin ; 🥈Televizion texnologiyalari fakulteti 2-o‘rin ; 🥉AKT sohasida Kasb ta’limi fakulteti 3-o‘rinni egaladilar.
🏐 Voleybol bo'yicha: 🥇 Radio va mobil aloqa fakulteti 1-o'rin; 🥈AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-o'rin; 🥉Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 3-o'rinni egalladi.
🏓 Stol-tennis bo'yicha: 🥇Jo‘raqulov Iftixor Davlat o‘g‘li (Kiberxavfsizlik fakulteti) 1-o'rin; 🥈Marufkhonov Ismatillokhon Ikromkhon o‘g‘li(Dasturiy injiniring fakulteti) 2-o'rin; 🥉 Imambayev Qanat Quandiq o‘g‘li (Televizion Texnologiyalari fakulteti)3-o'rinni egalladi.
👨💻 “ICT Week – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education” forumida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichidag'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.
💻 Xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida 1- o'rinni olgan TATUning Code of Duty jamoasi (Umurzoqov Quvonchbek, Miroqilov Davlatbek, Qodirov Jamshidxon) 60 million so'm pulmukofoti bilan taqdirlandi.
👏 Jamoamizga 2023-yil dekabr oyida Qozog'istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalida omad tilab qolamiz.
BugunG.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining (RIU) Toshkent shahridagi filiali Kengashi qarori bilan RIUning "Faxriy professori" unvoni hamda esdalik nishoni bilan taqdirlandim.
🗓 Joriy yilning 18-aprel kuniJanubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri bo'lgan Kookmin universiteti tomonidan Kookminning "Faxriy professori" unvoni bilan taqdirlandim.
📹“King’s Award for Excellence 2024” Taqdirlash marosimidan videolavha
Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kollejida bo‘lib o‘tgan Oksford mukofotlari klubining “King’s Award for Excellence 2024” taqdirlash marosimida O‘zbekiston OTMlari ichida ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Texnologik ta’lim” yo‘nalishida mukammallik mukofoti bilan taqdirlandi.
Ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan tashkilotlar va rahbarlar to’g’ridan-to’g’ri Oksford mukofotlari klubi(Oxford Awards Club)ning to’laqonli a’zosi sifatida tan olinadi. Bu esa, endilikda universitetimizning Britaniya oliy ta’lim muassasalari va har qanday yo‘nalishdagi tashkilotlari bilan kuchli Networking aloqalarini kafolatlaydi.
O‘zbekiston-Buyuk Britaniya Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi bo‘lib Oksford mukammallik mukofotini qo‘lga kiritilishi universitetimizning nafaqat Buyuk Britaniya, balki dunyo miqyosida boshqa har qanday yo‘nalishdagi tashkilotlar tomonidan munosib tan olinishiga hissa qo‘shadi.
✅ Bugun, 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligida Vazirlik hamda soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
👥 Mazkur tadbirda Vazirlik rahbariyati, hududiy boshqarmalari, viloyatdagi tizim tashkilot va korxona vakillari qatnashdi.
⭐ Unda soha rivojiga ulkan hissasini qo'shib kelayotgan bir qancha soha xodim va rahbarlari e'tirof etildi. Ular qatorida Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Professor Baxtiyor Maxkamov, Inson resurslari (HR) bo'limi boshlig'i Begmatova Ziyoda, TATU Samarqand filiali O'quv ishlari bo'yicha direktori o'rinbosari Yakubjanova Dilfuza Vazirlik Faxriy yorlig'i bilan taqdirlanishdi.
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari o‘rtasida o‘tkazilayotgan TATU ko‘chma kubogi musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi.
🏆 Natija: 🥇 TATU; 🥈 Nurafshon filiali; 🥉 Samarqand filiali.
🏟 Musobaqada mag'lublar bo'lmadi. Jamoalar bir-birilari bilan zavqli o'yinlar olib borishdi. Do'stona muhit va fikr almashish ayni maqsadlarga musobaqa orqali erishildi. Barchamiz bir butun TATUmiz va birga rivojlanamiz!!!
🚨 Ayni vaqtlarda Yangi O’zbekiston Universitetida dunyoning nufuzli “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Central Asia University Forum” bo’lib o’tmoqda.
⭐️ Xabaringiz bor, THE (Times Higher Education) xalqaro reytingida ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyo universitetlari xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-5 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-3 o‘rinni egallagan edi.
✅ Shu munosabat bilan, universitetimizga ilk bor THE (Times Higher Education World University Rankings 2025) tomonidan tadqim etilgan maxsus sertifikatni universitetimiz rektori B.Maxkamov qabul qilib oldilar.