TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
2.95K subscribers
5.99K photos
732 videos
31 files
823 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
#TATU
#Litsey
#Olimpiada

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o’quvchisi Habibullayev Azamat Xasan o’g’li "Informatika va Axborot texnologiyalari" bo'yicha shahar olimpiadasida 1-o'rinni qo'lga kiritib Olimpiadaning Respublika bosqichiga yo’llanma oldi.

Ushbu yutuq bilan Muhammad al-Xorazmiy homidagi Toskent axborot texnologiyalari universiteti rektori tabriklab, Habibullayev Azamat Xasan o’g’liga kelgusi musobaqalarda yuksak g‘alabalar tilab qoldilar.
#TATU
#Akademik_litsey
#Olimpiada

Joriy yilning 22-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litseyida “May-2022 M.Usmonov” Matematika fanidan olimpiada o‘tkazildi.

Olimpiadada jami 60 nafar o'quvchi qatnashib, natijalarga ko'ra g'oliblar aniqlandi:
🥇o'rin Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahridan Aytjanova Gulayin 10 000 000 so'm
🥈Buxoro viloyati Peshku tumanidan Istamov Farhod 7 500 000 so'm
🥉Andijon viloyati Shahrixon tumanidan Turdiboyev Shukurullo 5 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Maqsad yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ilm-fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan rag‘batini oshirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, jahon miqyosida Vatanimiz dovrug‘ini keng taratgan ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalashdir

👉Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Akademik_litsey
#Olimpiada

Matematika fanidan o'tkazilgan “May-2022 M.Usmonov” olimpiadasidan videolavha.🎥
#g'alaba #olimpiada #TATU

To‘rt nafar iqtidorli o‘zbekistonlik o‘quvchilar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida O'zbekiston tarixida ilk bor g‘alaba qozonib, 2 ta bronza va sharafli ishtirok (Honourable mention) diplomiga sazovor bo'lishdi.

🏆G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

🟢Dilyorbek Valijonov - bronza medali;

🟢Dilshodbek Xo‘jayev  - bronza medali;

🟢Sunnatov Asilbek - Honourable mention diplomi bilan taqdirlanishdi.

👨‍🏫 Ilk bor terma jamoa a’zolarini tayyorlash uchun xalqaro trener jalb qilindi. Informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Sunnatullo Xojiyev tomonidan 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida o‘quvchilar tayyorlanishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

📊Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.

🎉O‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir a’zosini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ICPC #Olimpiada

👩‍💻Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiadaning saralash bosqichi o‘tkazildi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining O‘zbekistondagi dastlabki saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa official.contest.yandex.com platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etildi. Qatnashuvchi jamoalarga 13 ta masala va ularni yechish uchun 5 soat vaqt ajratildi. 

💻 Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan jami 14 ta jamoasi xalqaro ishtirok etdi. Shuningdek, Universitetning Farg‘ona filialidan 7 ta jamoa, Urganch filialidan 5 ta jamoa, Samarqand filialidan 9 ta jamoa, Nurafshon filialidan 1 ta jamoa ishtirok etishdi.

🏆 Mazkur olimpiadaning dastlabki saralash bosqichida Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Code of Duty (Jamshidxon Qodirov, Davlatbek Mirakilov, Quvonchbek Umurzoqov) jamoasi jami 9 ta masala yechishdi va Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida eng yuqori natijani ko‘rsatishdi. 

🔜Olimpiadaning kelgusi bosqichi va dastlabki saralashdan o‘tgan jamoalar haqida tez orada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

👍 Olimpiadaning kelgusi bosqichlarida jamoalarga omad tilaymiz.

@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_talabasi
#olimpiada

Xalqaro informatika olimpiadasi sovrindorlarining mentor-treneri taqdirlandi.

🏆Iqtidorli o‘zbekistonlik o‘quvchilar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida O‘zbekiston tarixida ilk bor g‘alaba qozonib, 2 ta bronza va sharafli ishtirok (Honourable mention) diplomiga sazovor bo‘lishdi. Ushbu g‘oliblarga mentor-trenerlik qilgan TATU, AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti, 130-22 guruh talabasi Miroqilov Davlatbek so‘ngi rusumdagi noutbuk bilan taqdirlandi.

📄 Ma’lumot uchun, 2026-yilda O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ICPC #Olimpiada

👨‍💻 Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi va kontest doirasida IT Park Cup tanlovi bo'lib o'tdi.

👨‍💻 Musobaqa official.contest.yandex.com platformasida 5 soat davomida o'tkazildi, jami 12 ta masala berildi va 15 ta jamoa yarim finalga yo'llanma oldi.

💻 Eng quvonarlisi, ularning 9 tasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarining terma jamoalaridir.

🏆TATUning yarim finalga yo'llanma olgan jamoalar quyidagilar:

1-Code of Duty (Umurzoqov Quvonchbek, Miroqilov Davlatbek, Qodirov Jamshidxon)
Murabbiy: Abdukarimov S.
2-Algo Experts (Qarshiyev Asadbek, Jaxongir Qayumjonov, Jalolov Ibrohim) Murabbiylar: Qodirov Z.Hojiyev S.
3-IMA (Ahmadjonov Ibrohim, Ma'rufjonov Azizbek, Muhammadjafar Zokirov) Murabbiylar: Hojiyev S. Qodirov Z.

👏Ushbu jamoalarga 2023-yil dekabr oyida Qozog'istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalida omad tilab qolamiz.

Natijalarni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ICPC #Olimpiada #taqdirlash

👨‍💻 “ICT Week – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education” forumida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.

💻 Xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida 1- o'rinni olgan TATUning Code of Duty jamoasi (Umurzoqov Quvonchbek, Miroqilov Davlatbek, Qodirov Jamshidxon) 60 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

👏 Jamoamizga 2023-yil dekabr oyida Qozog'istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalida omad tilab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada #OMOUS

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari Xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlari bo'lishdi.

👥 Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasida talabalar oʻrtasida matematika boʻyicha ochiq fan olimpiadasi (Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS)) bo‘ldi. Ushbu xalqaro fan olimpiadasining alohida (yakka) bahslarida Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari Isroilov Javohir , Sindarov Asadbek 3-o'rin, bronza medali sohibi bo'ldilar va Teshabayev Ixtiyor, Saxadinov Muzaffar munosib qatnashib umumjamoa hisobida g'olib bo'ldilar.

🗒 Ma'lumot uchun: OMOUS-2024ga AQSh, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Bolgariya, Ispaniya, Meksika, Indoneziya kabi davlatlarning yetakchi universitetlaridan 500 nafardan ortiq matematiklar qatnashdi. OMOUS-2024 ning asosiy vazifasi ilmiy va amaliy bilimlar almashinuvi, rivojlanish va oʻzaro tushunish katalizatoriga aylanadigan qulay muhitni yaratish, butun dunyo universitetlari talabalari va oʻqituvchilarini birlashtirishdir. Xalqaro olimpiadaning rasmiy tili turkman va ingliz tillarida amalga oshirildi.

🎉 Talabalarimizning keyingi o‘qish va ishlarida zafarlar tilab qolamiz. Yutuqlar bardavom bo‘lishiga tilakdoshmiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #olimpiada #informatika_axborot_texnologiyalari

4-bosqich talabalari diqqatiga !!!


📣 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqich bitiruvchi 4-kurs talabalari o‘rtasida 2024-yil 1-10-iyun kunlari oralig‘ida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi tashkil etilayotganini ma’lum qilamiz.

🗒 Olimpiadada ishtirok etish istagi bor 4-kurs talabalari joriy yil 30-mayga qadar olimpiada.edu.uz elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

G‘oliblar magistraturaga imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM