TATU rektori Baxtiyor Maxkamov
2.92K subscribers
6.03K photos
743 videos
31 files
824 links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov
Download Telegram
#rektorlarforumi #Belarus #hamkorlik

Joriy yilning 23-24-oktyabr kunlari Belarus davlatining Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🗒 Mazkur forumda TАTU va Belarus davlatining 4 ta yetakchi universitetlari hisoblangan Baranovich davlat universiteti, Belarus davlat texnologiya universiteti, Vitebsk davlat universiteti va Grodno davlat universitetlari bilan akademik mobillilik, birgalikda xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik, professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun stajirovka hamda malaka oshirishni tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, forum doirasida Belarusiya davlatining yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda TATU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, jumladan, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan qoʻshma dastur va ilmiy loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM